Xitoy tili oʻ qitishda“Rolli oʻ yinlar” va “Zig-zag” interfaol usullarining ahamiyati




Download 117.72 Kb.
bet12/18
Sana09.06.2022
Hajmi117.72 Kb.
#23346
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Bog'liq
xitoy tilida oqitishda interfaol usullarning roli (1)

Xitoy tili oʻ qitishda“Rolli oʻ yinlar” va “Zig-zag” interfaol usullarining ahamiyati.




―Dunyoda xitoy tilini rivojlanishiga turtki boʻ lgan omil, shubhasiz, xitoy iqtisodining rivojlanishi va butun jahon iqtisodiga kirib borishi boʻ ldi. Hech birimizga sir emaski, oxirgi yillarda xitoy tilini oʻ qitish shiddat bilan rivojlanib bormoqda.‖17 Shunday ekan, xitoy tili darslarini puxtaoʻ rgatish, oʻ quvchi-talabani darsga nisbatan qiziqishi, faolligini ta‘minlash maqsadida xitoy tili darslarida oʻ z samarasini koʻ rsata oladigan bir nechta interfaol usullarni tahlil qilamiz.
Interfaol usullar ichida oʻ ziga xos bir qancha ijobiy jihatlari bilan ajralib turadigan ―Rolli oʻ yinlar‖ interfaol usuli XX asrning 70-yillaridachet tillarini oʻ rgatishda qoʻ llanila boshladi. Bu esa oʻ qitishda turli usullardan foydalanish oʻ z samarasini bera boshladi ya‘ni koʻ z bilan koʻ rish, quloq bilan eshitish xotirani yanada mustahkamlab, oʻ quv jarayoniga nisbatan qiziqish va faollikni oshirdi.
Roli oʻ yinlar - ishbilarmonlik yoki rolli(vaziyatli) oʻ yinlar – muammoli vazifaning bir turidir. Faqat bu oʻ rinda, matnli material oʻ rniga oʻ quvchilar tomonidan rollar oʻ ynaladigan hayotiy vaziyat sahnalashtiriladi.18
Rolli oʻ yinlar metodi shundan iboratki, oʻ quvchi, oʻ zi uchun notanish boʻ lgan, turli xil harakterli inson obraziga qalban kirishib ketadi. Oʻ zi uchun notanish boʻ lgan, turli xil harakterdagi rollarni oʻ ynashlari asosida ularning dunyoqarashlari, fikr-mulohazalari, nimalar haqida oʻ ylaydilar, ularning nozik tabiati haqida oʻ quvchilar keng tushunchaga ega boʻ ladilar. Oʻ yinda asosan oʻ quvchilarga tugallanmagan muammoli sahna koʻ rinishi (vaziyat) rollari beriladi. Oʻ quvchilar ushbu muammoli rollarni mustaqil ravishda oxiriga yetkazib, rol oʻ ynashlari shart.



17崔永华,杨寄州。―汉语课堂教学技巧‖。北京。2002. 1 页
18http://en.m.wikipedia.org/wiki/Roleplay_simulation
Rolli oʻ yinlarni dars mashgʻ ulotlarida oʻ tkazishda quyidagi ishlarni amalga oshiramiz:

      1. Muammoli tugallanmagan sahna koʻ rinishni (vaziyatni) tanlab olamiz. Hayotda juda koʻ p muammoli koʻ rinishlar uchraydi, rolli oʻ yinlarni oʻ tkazishda bular biz uchun tayyor material boʻ lib xizmat qilishi mumkin. Ular oʻ ziga xos xususiyatlarga ega boʻ lib, uning yechimini topish oʻ ziga yarasha murakkab kechadi. Masalan: sudda guvohlik; xira, shilqim, yelim inson bilan sotuvchi oʻ rtasidagi muloqot; ijaraga olingan uy haqqini toʻ lash vaqtini belgilashdagi masala yuzasidan uy egasi bilan boʻ layotgan tortishuv va hokazolar. Quyida bir qator misollar bilan tushuntirib oʻ tamiz:

― ―Egizaklar‖ rolli oʻ yini. Bunda ikki sherikning biriga vazifa beriladi. Siz – maktabning badiiy san‘at toʻ garagi a‘zosisiz. Mashhur aktyor boʻ lishni orzu qilasiz. Teatrning barcha janrlari ishqibozisiz. Ikkinchi oʻ quvchiga vazifa beriladi. Siz boʻ lajak aktyorning sinfdosh eng yaqin doʻ stisiz. Siz uning har bir gapiga taqlid qilasiz. Sizlarni egizaklar deb atashadi.

  • 我对京剧感兴趣。Wo dui jingju gan xingqu.(Men operaga qiziqaman.)

  • 我也对京剧感兴趣。Wo ye dui jingju gan xingqu.(Men ham operaga qiziqaman.)

Shu tarzda dialog davom etadi. Bunda birinchi oʻ quvchinining gapini takkrorlash orqali ikkinchi oʻ quvchining soʻ z boyligi, salohiyati oshib boradi.
―Intervyu‖ rollioʻ yini. Birinchioʻ quvchigavazifaberiladi. Siz – ―Madaniyat‖ nomli gazeta muxbirisiz. Teatrdan keyin uni yoningizdagi sherigingiz bilan tahlil qiling. Ikkinchi oʻ quvchiga vazifa beriladi. Siz – siz mashhur teatr tanqidchisisiz. Bu spektakl sizga unchalik maqul tushmadi.

  • 您喜欢上了这个戏剧吗?Nin xihuan shangle zhe ge xijuma? (Sizga bu teatr yoqdimi?)

  • 没有那么喜欢, 我不太喜欢了跳舞。Mei you name xihuan, wo bu tai xihuanle tiaowu.(Unchalik emas. Menga undagi raqslar yoqmadi.)

Dialog shu tarzda davom etadi. Bunda oʻ quvchi-talaba ma‘lum bir sohaga tegishli yangi soʻ zlarni oʻ zlashtirib boradi.
―Pantomimo‖ rolli oʻ yini. Guruhdagi oʻ quvchi talabalar kamida beshtadan iborat kichik guruhlarga boʻ linadi. Bir guruhdan ishtirokchi chiqib soʻ zsiz imo- ishoralar bilan harakat koʻ rsatadi, bu harakatlar turli narsa, sohaga oid boʻ lishi mumkin, masalan, kasb yoki hayvon, mashhurlar va boshqalar. Boshqa guruh ishtirokchilari buni javobini topishlari va xitoycha nomini aytishlari kerak boʻ ladi.‖19 Sotuvchi va injiq xaridor sahnasini keltirib oʻ tamiz(sotuvchi – S, xaridor – X
harfi bilan belgilab ketiladi):
S: 你好!欢迎您!Ni hao! Huanying nin! (Salom ! Xush kelibsiz!) X: 你好!Ni hao! (Salom!)
S: 你要哪类的衣服?Ni yao na leide yifu? (Sizga qaysi turdagi kiyim kerak?)
X: 请你尽量给我看合适的、样子好看的、颜色明亮的衣裙. Qing ni jinliang gei wo kan heshide, yangzi hao kande, yanse mingliangde yiqun.
(Iloji boricha xushbichim, yengil, yorqin rangdagi koʻ ylaklarizdan koʻ rsatsangiz.) S: 这种红色的衣裙很合适你. Zhe zhong hongsede yiqun hen heshi ni.



19Леонтьев А.А. Психологические предпосылки раннего овладения иностранным языкам // Иностранные языки в школе. – 1985. № 5.
(Mana bu qizil rangdagi koʻ ylak sizga mos keladi.)
X:不行,我对红色有过敏. Bu xing, wo dui hongse you guomin. (Yoʻ q, qizil rangdan allegiyam bor, kiyaolmayman.)
S: 那么你看一下这种黄色的衣裙?又明亮又好看. Name ni kan yi xia zhe zhong
huangsede yiqun?
(Unda mana bu sariq rangdagi koʻ ylakchi? Ham yorqin rang ham xushbichim. )
X: 不行,不喜欢这件衣裙袖,我不喜欢这种宽袖的衣裙. Bu xing, bu xihuan huan zhe jian yiqun xiu, wo bu xihuan zhe zhong kuan xiude yiqun.
(Yoʻ q, buni yengi yoqmadi, bunaqa keng yengli koʻ ylaklarni yoqtirmayman.)
S: 这种很合适你!请你看粉色的衣裙。我觉得这件会符合你的口味吧。Zhe
zhong hen heshi ni! Qing ni kan fensede yiqun. Wo juede zhe jian hui fuhe nide kou meiba.
(Mana bu koʻ ylak aynan siz uchun! Pushti koʻ ylakni koʻ ring. Sizning didingizdagi koʻ ylak deb oʻ ylayman.)
X: 行,我喜欢。这就是我喜欢的衣服。就买这件。我很感谢不管我太人性你都
帮忙。Xing, wo xihuan. Zhe jiu shi wo xihuande yifu. Jiu mai zhe jian. Wo hen ganxie bu guan wo tai ren xing ni dou bangzhu.
(Ha, menga yoqdi. Aynan men xohlagandek ekan. Shunisini sotib olaman. Injiqligimga qaramay menga koʻ ylak tanlashda yordam berganingiz uchun rahmat!)
Bu vaziyatda sotuvchining zakovatiga, sabriga a‘lo baho bilan qarash kerak boʻ ladi. Sababi, u ish faoliyatidan kelib chiqib, vazminlik bilan oʻ z ishini a‘lo darajada bajardi, narsasini ustalik bilan injiq insonning koʻ ngliga yoʻ l topgan holda sota oldi. Xaridor ham oʻ zining injiqligini notoʻ gʻ ri ekanligini his qilgandek boʻ ldi. Bu tarbiyaviy jihatdan ham yuksak baholanadi. Oʻ quvchilarni hayotda
murosali boʻ lishga, oʻ z soʻ z boyliklariga sotuvchi va xaridor oʻ rtasida boʻ lgan suhbat soʻ zlarini ham kiritib qoʻ yishga erishildi.
Nihoyat, muammoli sahna koʻ rinishi (vaziyat) orqali oʻ quvchilarda dildan suhbatlashish, muloqot qila bilish, yechimi hal qilingan masalani asoslab bera olish, oʻ z mustaqil fikrini asoslash, himoya qila olish kabilar shakllanadi.

      1. Tayyorgarlik koʻ rish. Oʻ quvchilar muammoli sahna koʻ rinish (vaziyat) bilan tanishib chiqadilar. Ular oʻ yin rollarini boʻ lib oladilar hamda oʻ z rollari ustida mashq qiladilar, ishlaydilar.

      2. Oʻ quvchilarni rollarga tanlab olish.Oʻ qituvchi oʻ quvchilarga rollarni boʻ lib berish huquqiga ega yoki oʻ quvchilarga rollarni oʻ zlari tanlab olishlariga imkon yaratib berishi hamda ba‘zi bir rolga oʻ quvchilarni tashqaridan jalb qilishi mumkin.

      3. Oʻ yinni oʻ tkazish. Oʻ quvchilar oʻ zlariga boʻ lib berilgan rollarni oʻ z mustaqil fikr-gʻ oyalaridan kelib chiqib, oʻ sha inson hayotda qanday yoʻ l tutardi, shular haqida fikr mulohaza yuritib oʻ ynaydilar. Oʻ qituvchi oʻ yin davomida tomoshabin sifatida boʻ ladi. Ayrim hollardagina oʻ yinga aralashishi mumkin. Bunday vaziyatlarda qisqa, aniq va loʻ nda harakat qilish kerak boʻ ladi.

      4. Muhokama. Rolli muammoli oʻ yinlar muhokama qilinadi va baholanadi. Oʻ yin ishtirokchilari, tamoshabinlar oʻ yinlarini tahlil qilish, muhokama qilish imkoniyatiga ega boʻ ladilar. Tahlil savollari quyidagilardan iborat boʻ lishi mumkin:

  • Siz oʻ z oʻ ynagan rolingizdan nimalarni oʻ rgandizgiz?

  • Umuman oʻ yindan hamda undagi rollardan nimalarni sezdingiz, his qildingiz?

  • yin hayotiy, haqiqiy boʻ ldimi? Hayotga oʻ xshahsligi bormi?20



Tilni oʻ qitishda ―Rolli oʻ yin‖ metodining ahamiyati shundaki, oʻ quvchilar tomonidan hayotiy vaziyatning har xil shart-sharoitlarini sahnalashtirish orqali



20Ziyamuhamedov.J.T. ―Xitoytilio‘qitishmetodikasi‖. T.: TDSHI. 2010, - B .250
koʻ rsatib beruvchi metoddir. Rolli oʻ yinlarning ishbop oʻ yinlardan farqli tomoni baholashning olib borilmasligidadir. Rolli oʻ yinda ham ishbop oʻ yin kabi muammoni yechish boʻ yicha ishtirokchilarning birgalikda faol ish olib borishlari yoʻ lga qoʻ yilgan. Rolli oʻ yinlar oʻ quvchilarda shaxslararo muomala malakasini shakllantiradi.
Birinchi bosqichda oʻ zlashtirgan talabalar uchun yangi soʻ zlardan kichik suhbat quradilar. M: ―Tanishuv‖, ―Salomlashuv‖, ―Oila‖, ―Doʻ stlar‖ va b. Bu mavzular talabalarni rol oʻ ynab suhbat qurishi xitoy tilini oʻ rganishida nutqini yuqori darajada boʻ lish, mativatsiyasini shakllantirish va xitoy tiliga qiziqishini oshiradi.
Ikkinchi bosqichda oʻ zlashtirgan talabalarni rolli oʻ yinlar ularni yana bir bosqich yuqoriga olib chiqadi, leksik qatlamga qadam tashab, mutaxasislik bilan bogʻ liqligini koʻ rsatadi. M:talaba oʻ quv muassasasi, oʻ qishi, kelajakdagi kasbi, sayohat qilish yoʻ nalishlari haqida boʻ ladi.
Uchinchi bosqichda oʻ zlashtirgan talabalarni rolli oʻ yinlar professional darajaga olib chiqadi. M: konferensiyani olib borish, delegatsiyani qabul qilish, shartnoma tuzish va b.Bu bosqichda oʻ zlashtirgan talabalar egallagan bilimlarini ishga solishadi,bunda ishbilarmon doʻ sti yoki hamkori bilan ishbilarmonlik suhbatini olib boradi. Bu ayniqsa yuqori kurs talabalar uchun qiziq.
―Rolli oʻ yin‖ metodini olib borish uchun oʻ qituvchi oldindan maxsus tayyorgarlik koʻ rishi lozim. Zero, tayyorlangan «Rolli oʻ yin» metodi:
-eshitish va tinglashni oʻ rgatadi;

-erkin operativ suhbatga tayyorlaydi;


-tabiiy xulqni kamchiliklardan nari qiladi;


-talabalarni xitoy tiliga qiziqtiradi va amaliyotni oʻ taydi Rolli oʻ yinlar metodi muhim metodologik vazifalarni bajaradi:



  • Talabalarni ogʻ zaki nutqqa psixologik tarafdan tayyorlaydi;




  • Xitoy tilida tabiiy holda koʻ p qoʻ llaniladigan til materialini bilib oladi;




  • Kerakli tanlangan nutq variantiga tayyor qiladi.

“Rolli oʻ yin‖ metodi tilda grammatik, leksik, fonetik va orfografik qismlarga boʻ lib nutq malakasida oʻ rnini belgilab beradi. Ma‘lumki, ishtirokchilar grammatik struktura tuzayotganda koʻ p marta qaytarish hodisasiga duch kelinadi. Bunda grammatikaga oid leksik oʻ yinlariga, mantiqiylari nutq fundamentini ―qurishda‖ yordamlashadi.


―Rolli oʻ yin‖ metodining afzallik tomonlari:

-oʻ quv jarayonida oʻ quvchilarda motivatsiya (qiziqish)ni shakllantirishga yordam beradi;


- oʻ quvchilarda shaxslararo muomala malakasini shakllantiradi;

-xitoy tilida nazariy bilimlarni amaliyotda qoʻ llay olishni oʻ rgatadi;


-oʻ quvchilarda berilgan vaziyatni ―xitoycha‖ tahlil qilish malakasi shakllanadi.




―Rolli oʻ yin‖ metodining kamchilik tomonlari:



  • koʻ p vaqt talab etiladi;




  • oʻ qituvchidan katta tayyorgarlikni talab etadi;




  • oʻ quvchilarning oʻ yinga tayyorgarligi turlicha daraja boʻ lishi mumkin;




  • barcha oʻ quvchilarga rollar taqsimlanmay qolishi mumkin.

Mazkur rolli oʻ yinlar interfaol usuli xitoy tili darslarida ikki tomonlama ham oʻ qituvchi ham oʻ quvchiga teng foyda olib keladi. O`qitish mazmuni yaxshi o`zlashtirishga olib keladi. O`z vaqtida o`quvchi-o`qituvchi-o`quvchilar orasida


ta`limiy aloqalar o`rnatiladi.O`qitish usullari ta`lim jarayonida turli xil ko`rinishlarda kechadi. (yakka, juft, guruh, katta guruhlar). O`quv jarayoni o`quv ehtiyojini qondirish bilan yuqori motivasiyaga ega bo`ladi.O`zaro axborot berish, olish, qayta ishlash orqali o`quv materiali yaxshi esda qoladi.O`quvchida o`zaro muloqotga kirishish, fikr bildirish, fikr almashinish ko`nikmalari shakllanadi.Har bir o`quvchining o`zi mustaqil fikr yurita olishga, ishlashga, mushohada qilishga olib keladi.Interfaol usulda o`tilgan darslarda o`quvchi faqat ta`lim mazmunini o`zlashtiribgina qolmay, balki o`zining tanqidiy va mantiqiy fikrlashini ham rivojlantiradi. Oʻ quvchilar oladigan foyda haqida biz yuqorida ta‘kidlab oʻ tdik, ya‘ni oʻ quvchining fikrlashi, dunyoqarashi, soʻ z boyligining ortib borishi nafaqat ona tilida balki, xitoy tilida ham yuksalib boradi. Bu jarayonda metodikada mavjud boʻ lgan ikki maqsad: tarbiyaviy va umumta‘limiy maqsad baravar amalga oshadi. Shu borada oʻ qituvchining ham yutuqlari haqida keltirib oʻ tamiz. Avvalambor, oʻ qituvchi darsini toʻ gʻ ri tashkillashtirishiga, dars jarayonini qiziqarli oʻ tishiga, oʻ quvchilarning vaqti samarali oʻ tishiga erishiladi. Bunday holatda oʻ qituvchiga boʻ lgan hurmat yanada oshadi. Sababiki, darsni qiziqarli tashkillashtirgan oʻ qituvchi barchaning koʻ nglidan baravar joy oladi. Dars oxirida esa yuqori natijalarga erishiladi. Avval ana‘naviy usulda oʻ quvchi oʻ nta soʻ z yodlagan boʻ lsa, bu interfaol usulda oʻ zlashtiriladigan soʻ zlar miqdori ikki baravarga oshadi. Darsning sifat koʻ rsatkichi yuqori darajaga koʻ tariladi deb ayta olamiz.
Xitoy tili oʻ qitishda oʻ zining foydali jihati bilan ahamiyatga ega bir qator interfaol usullar sirasidan oʻ rin oluvchi yana bir interfaol usul bu – ―Zig-zag‖ usulidir. ―Bu oʻ qitish usulining asl nomi―Siniq chiziq‖ ya‘ni ―Zig-zag‖ usulining kelib chiqishiga nazar tashlaydigan boʻ lsak, Aronson 1980, Djonson va Xorubek 1990, Kagan 1990 yillarda bu usulni ilk bor qoʻ llashgan. Aslida bu usul ancha yillar
mobaynida qoʻ llanilgan, lekin bu nom ostida emas.‖21Bu usul ―Arra‖ usuli ham deb atalgan. Vaqt oʻ tgan sari ―Zig-zag‖ nomi bilan atala boshlagan.
Bu usul jamoaviy oʻ qitish metodi boʻ lib, har bir ta‘lim oluvchi guruhga berilgan umumiy topshiriqning bir qismi hisoblangan individual topshiriq olishdan iborat. Shuning hisobiga shaxsiy javoblar (mas‘uliyat) sohasi shakllanadi va ta‘lim olish motivatsiyasi oshadi. Ushbu usul ta‘lim oluvchilar guruhi barcha a‘zolari faolligini ta‘minlab, shu bilan birgalikda bilim olish uchun hamkorlik munosabatlarini yaratadi. Ushbu usul ta‘lim oluvchilarga qisqa vaqt davomida koʻ proq oʻ quv materiallarini oʻ rganib chiqishga imkon beradi. Mazkur metod quyidagi ketma- ketlikda oʻ tkaziladi:
1.Material tanlab olib, uni mantiqiy tugallangan qismlarga ajratamiz (4-6qism). 2.Tanlangan materialning qismlari soniga mos ravishda 4-6 kishilik guruhlar
tuzamiz. Bu guruhning har bir a‘zosiga u oʻ rganadigan materialning qismiga mos raqamni beramiz.

  1. Materialni oʻ rganish uchun taqsimlab chiqamiz.

  2. ‖Ekspert‖ guruhlarni tuzib olamiz. Ekspert guruhlar- bu bir xil vazifa olgan ta‘lim oluvchilar guruhi (masalan, birinchi qismni olgan ―A‖ guruhi a‘zosi, huddi shu birinchi qismni olgan ―V‖ guruhi a‘zosi bilan uchrashadi). Hamkor –ekspertlar materiallarini birgalikda oʻ qib, oʻ rganadilar, uni bayon etishning samarali usullarini va yangi guruhlaridagi sheriklari materialni qanday tushunganliklarini tekshirish uchun nazorat savollarini rejalashtiradilar, oʻ z guruhlarida taqdimotni tayyorlaydilar. 5.Ta‘lim oluvchilar oʻ zaro oʻ rganish va tekshirish uchun oʻ z guruhlariga qaytadilar. Bu yerda ular bir-birlarini ketma-ket oʻ rganilgan material bilan tanishtiradilar. ―Ekspert‖ vazifasi – guruhning har bir a‘zosi materialning oʻ ziga berilgn qismni oʻ zlashtirishidan iborat. Guruhning vazifasi: har kim butun mavzuni

toʻ liq oʻ zlashtirishi kerak.



21http://cyberleninka.ru/article/n/urok-zigzag.
6.Tushunganliklarini tekshiramiz va yakun yasaymiz. Barcha guruh uning har bir a‘zosi materialni toʻ liq oʻ zlashtirishgajavob beradi. Soʻ ngra guruhning alohida a‘zosini oʻ z bilimlarini turli usullar bilan namoyon etishlarini soʻ rash mumkin. Nazorat turlari : ekspertlar taqdimoti, yozma ishlari, savollarga javoblar, test topshiriqlari.
Bu usulni yana quyidagi tartibda ham oʻ tkazish mumkin. Buning uchun doskaning markaziga kalit soʻ zi yoziladi (darsning mavzusi). Birinchi raqamlarning a‘zosi chiqib, oʻ zining klasterini iladi va uni e‘lon qiladi. Buni toʻ ldirishda unga 2,3,4,5-raqamli ishtirokchilar yordam berishlari mumkin. Soʻ ngra ikkinchi raqamlarning a‘zosi chiqadi va unga yordamchi boʻ lib 1,3,4,5-raqamlar yordamga chiqadi. Natijada butun bir mavzuning grafik koʻ rinishi yoritiladi. Bu esa mavzuni muhokama qilishda va materiallarni mustahkamlashda, yangi olingan bilim va koʻ nikmalarni oldingi olingan bilim va koʻ nikmalar bilan taqqoslashda qulaylik tugʻ diradi.
Avvalambor, bu usul til oʻ rganishda judayam muhim ahamiyatga ega ekanligi
bilan ajralib turadi. Bu usulning oʻ quvchi – talabalarga boʻ lgan foydali jihatlari haqida soʻ z yuritadigan boʻ lsak,ularni darsga boʻ lgan qiziqishlarini oshiradi, ogʻ zaki nutqni rivojlantiradi, kelajakda oʻ z fikrini yetarli darajada tushuntirib bera olish qobiliyatini shakllantiradi. Bu usul bilan dars oʻ tish ham grammatikani mustahkamlash, ham mamlakatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy ahvolidan ham habardor boʻ lish imkonini yaratadi, eng muhimi bilishdan tashqari oʻ quvchi – talaba oʻ zi fikr yuritib, boshqalarga yetkazib berish qobiliyatini, soʻ z boyligini oshirib, nutqini ravon qilishga yordam beradi.Oʻ qituvchiga boʻ lgan ijobiy jihatlari esa ta‘lim beruvchi bir vaqtning oʻ zida barcha oʻ quvchi-talabalarini darsga jalb qilib oladi hamda ularni guruhlarda ishlashga, hech bir oʻ quvchini nazoratdan chetda qolmasligiga erishadi. Eng asosiysi qimmatli boʻ lgan vaqt tejali.

    1. Download 117.72 Kb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Download 117.72 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xitoy tili oʻ qitishda“Rolli oʻ yinlar” va “Zig-zag” interfaol usullarining ahamiyati

Download 117.72 Kb.