237
Elektr uskuna qobig‘idagi yerga nisbatan kuchlanish:
q
o
q
n
f
u
R
R
R
z
z
U
U
1
, V (10.3)
Neytralning yerga nisbatan kuchlanishi
q
o
o
n
f
o
R
R
R
z
z
U
U
1
, V (10.4)
Nol simining bir necha bor takroriy zaminlanishining ahamiyati
shundan iboratki, qisqa tutashuv vaqtida elektr uskuna qobig‘iga
o‘tgan kuchlanish miqdorini pasaytirish.
Ayniqsa nol simi uzilgan
bo‘lsa buning ahamiyati katta bo‘ladi. Nol simini bir necha bor
takroriy zaminlanishi qobiqqa o‘tgan kuchlanishni yana ham
pasaytirishga sabab bo‘lib xavfsizlikni oshiradi.
Nollashdan
asosiy maqsad, bir faza elektr uskunaning qobig‘iga
tekkanda maksimal tok himoyasining ishlashini ta’minlashdir. Buning
uchun qisqa tutashuv toki himoyaning ustavka tokidan ancha katta
bo‘lishi kerak.
ETQ talablariga muvofiq qisqa tutashuv toki yaqin joylashgan
himoya vositalarining ustavka tokidan kamida 3 marta katta bo‘lishi
kerak. Shu bilan birga nol simining to‘liq o‘tkazuvchanligi
faza simi
qarshiligining 50% dan kam bo‘lmasligi kerak. Nol simining ulangan
joylari ishonchli bo‘lishi va har bir elektr uskunaning qobig‘idan
manbaning neytraligacha uzluksizlik ta’minlanishi kerak.
Shuning uchun nol simining himoyalanayotgan qobiqqa bo‘lgan
ulanishlari payvandlangan bo‘lishi kerak. Nol simi barcha zaminlan-
gan metall konstruksiyalar bilan ulanadi (suv,
yonuvchi va portlovchi
aralashmalar quvurlari bundan istisno). Nol simining uzluksizligini
ta’minlash uchun unga saqlagich yoki avtomat uzgich o‘rnatish man
qilinadi. Bir fazali iste’molchilar qobiqlarini nollash alohida
o‘tkazgich (yoki kabelning bitta simi) orqali amalga oshiriladi va uni
ishchi tok o‘tkazgichi vositasida qo‘llash mumkin emas.
238
Nol simi, 200 m dan uzoqroq tarmoqlarning
oxirida va uzunligi
500 m tarmoq va shoxobchalarning o‘rtasida takroriy zaminlanishi
lozim.
Transformatorning yoki generatorning neytrali ulanadigan
zaminlagichlarning qarshiligi 4 Om dan,
takroriy zaminlagichlarning
qarshiligi 10 Om dan oshmasligi lozim. Manbaning quvvati 100 kVA
va undan kam bo‘lsa. Neytral zaminlagichning qarshiligi 10 Om dan,
takroriy zaminlagichlarning qarshiligi 30 Omdan oshmasligi lozim.