10.10–rаsm. Kuchlаnish ko‘rsatuvchi:
1) ko‘rsatuvchi dаstаgi; 2) izolyatsiyalоvchi qismi; 3) ishchi qismi
(kоrpus, signаl lаmpаsi, kоndensаtоr)
Himoyalovchi qurilmalar va ta’mirlash ishlari uchun moslamalar
elektr himoya vositalarga qo‘shimcha bo‘lib, dielektrik qo‘lqoplar,
etiklar,
rezinali
gilamchalar,
poyandozlar,
tagliklar
va
izolyatsiyalovchi farfor izolyatorlar, maydonchalar, teleskopik
vishkalar, himoyalovchi bo‘limlar va hokazo kiradi.
Yerga ulash qurilmalari to‘suvchi himoya vositalari bo‘lib,
o‘chirilgan elektr uskunalarida va tarmoqlarida ta’mirlash vaqtida
qo‘llaniladi. Tarmoqdagi kuchlanishni yanglishib ulab yuborilgan
vaqtida asqotadi. Bu qurilmalar maxsus o‘tkazgichlar va keskichlar
yordamida tok o‘tkazuvchi qismlarga tutashtirib yer bilan ulanadi.
Ularni qisqa tutashuv toki va termik bardoshlilik asosida egiluvchan
mis simdan tayyorlanadi. Simni diametri kamida 25 mm
2
dan kam
bo‘lmasligi lozim.
234
Olib yuriladigan yerga ulash qurilmasini quyidagi ketma–
ketligida o‘rnatiladi: oldin yerga ulagich o‘tkazgichini qurilmaga
biriktiriladi, keyin fazali o‘tkazgichlarga o‘tkazgich yordamida
ulanadi. Yerga ulash qurilmani olinayotgan (yig‘ishtirilayotgan) vaq-
tida teskari ketma–ketligida bajariladi. Barcha ishlarni operator
himoyalovchi shtanga, dielektrik qo‘lqop va oyoq tagidagi himoya-
lovchi gilamcha yoki etik yordamida bajarish lozim.
10.2. Himоyaviy nоllаsh
Konchilik korxonalarining elektr ta’minoti tizimida neytral
yerdan izolyatsiyalangan va neytrali yerga ulangan uch fazali
o‘zgaruvхchan tok tarmoqlari qo‘llaniladi.
Elektr manbaidagi generatorning yoki kuch transformatorining
neytrali yerga ulanmagan yoki qarshiligi katta bo‘lgan apparatlar
orqali ulangan bo‘lsa, bunda neytrali yerdan izolyatsiyalangan elektr
tarmoq deyiladi. Elektr manbaidagi generatorning yoki kuch
transformatorining neytrali yerga bevosita yoki qarshiliklari kichkina
bo‘lgan apparatlar orqali ulangan bo‘lsa bunda neytrali yerga ulangan
elektr tarmoq deyiladi. Neytrali yerdan izolyatsiyalangan tarmoqlar
fazalaridan birining yerga ulanib qolishini (maxsus o‘lchashlarsiz)
payqash imkoniyati bo‘lmaydi.
Neytrali yerga ulangan tarmoqlar fazalaridan birining yerga
ulanib qolishi bir fazali qisqa tutashuv bo‘ladi, elektr tarmoqni avtomat
ravishda o‘chirishga olib keladi.
Neytrali yerdan izolyatsiyalangan tarmoqlar fazalaridan biriga
odam tegib ketsa bu hol xavfsiz bo‘lishi bilan birga xavfli bo‘lishi
mumkin. Ayniqsa tegish kuchlanishi liniya kuchlanishiga tenglashsa
bu hol eng xavfli bo‘ladi.
Neytrali yerga ulangan tarmoqlar fazalaridan biriga odam tegib
ketsa unga faza kuchlanishi ta’sir qiladi, bu hol tarmoqning liniya
kuchlanishi 127 V va undan yuqori bo‘lganda doim xavfli hisoblanadi.
Portlash yoki yong‘in kelib chiqishi nuqtai nazaridan qaralganda
neytrali yerga ulangan tarmoq neytrali yerdan izolyatsiyalangan
tarmoqqa nisbatan ancha xavfli hisoblanadi. Bunga sabab bir fazali
qisqa tutashuvda doim uchqun yoki elektr yoyi hosil bo‘ladi. Shundan
235
kelib chiqib yagona xavfsizlik qoidalari talablariga muvofiq yer osti
lahimlarida neytrali yerga ulangan tarmoq qo‘llash mumkin emas.
Yuqorida aytilganlardan xulosa qilinganda konchilik korxona-
larining elektr ta’minoti tizimida uch fazali o‘zgaruvchan tok
tarmoqlarining quyidagi keltirilgan turlari qo‘llaniladi.
Kuchlanish 1000 V gacha bo‘lgan tarmoqlarda:
– neytrali yerdan izolyatsiyalangan tarmoqlar yer osti kon korxo-
nalari lahimlarida, ochiq kon korxonalari ishlab chiqarish xududida
qo‘llaniladi;
– neytrali yerga ulangan to‘rt simli tarmoqlar yer osti va ochiq
kon korxonalarida yerning yuzasida qo‘llaniladi. Bu turdagi
tarmoqlarda bir vaqtda ikki miqdordagi faza va liniya kuchlanishidan
foydalanish imkoniyati bor.
Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan tarmoqlarda:
– neytrali yerga ulangan tarmoqlar – kuchlanishi 110 kV va
undan yuqori tarmoqlarda;
– neytrali yerdan izolyatsiyalangan tarmoqlar – kuchlanishi 35
kV gacha bo‘lgan tarmoqlarda.
Neytrali yerga ulangan tarmoqlarda elektr uskunalarni mahalliy
zaminlash amalda elektr tokidan shikastlanish xavfini kamaytiradi.
Shu sababli elektr uskunalarning tuzilishi qoidalari ETQ talabiga ko‘ra
elektr uskunalarning qobiqlari manbaning neytrali bilan ishonchli
metalli bog‘langan bo‘lishi kerak. Bu bog‘lanish nol simi orqali
amalga oshiriladi va nollash bo‘ladi.
Odamlarni tok urishidan himoyalash uchun konchilik korxona-
larida bir qancha tadbirlar bilan bir qatorda izolyatsiyaning shikastla-
nishi natijasida kuchlanish o‘tib qolishi mumkin bo‘lgan elektr
uskunalarning metall qobiqlari elektr qurilmalarning elementlarini
zaminlash yoki nollash choralari qo‘llaniladi.
Himoyaviy nollash deb elektr uskunalarning kuchlanish ostida
bo‘lmagan va tasodifan kuchlanish o‘tib qoladigan qismlarini bir
necha bor takroriy zaminlangan nol simi bilan ulab qo‘yishga aytiladi.
Nollangan bitta fazaning qobiqqa tegishi bir fazali qisqa
tutashuvni hosil qiladi. Bundan tashqari nollash qobiqqa o‘tgan
kuchlanishni pasaytiradi.
Himoyaviy nollash neytrali yerga ulangan past kuchlanishli to‘rt
simli uch fazali o‘zgaruvchan tok tarmoqlarda qo‘llaniladi. Nollashda
236
elektr uskunalarning qobiqlari zaminlagichlar bilan emas, nol simi
bilan ulanadi.
I
q
I
q
I
q
I
z
I
z
Z
f
R
o
I
z
R
q.z
Z
n
|