Dastgohni sozlashda paydo bo„ladigan xatoliklar




Download 8,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/123
Sana20.05.2024
Hajmi8,1 Mb.
#244991
TuriУчебник
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   123
Bog'liq
Darslik Safoev ТМТ 2017 (Lotincha)

2.7 Dastgohni sozlashda paydo bo„ladigan xatoliklar. 
Dastgohni sozlashda keraklik o„lchamni olish uchun kesuvchi asbob ishlov 
berilayotgan yuzaga nisbatan ma‟lum bir vaziyatni egallashi (sozlanish) kerak. Ish 
jarayonida kesuvchi asbobining eyilishi hamdastgohni qayta sozlashga olib keladi.
Sozlash va qayta sozlashdan maqsad-partiyadagi barcha detallarning 
o„lchamlarini joizlik maydoni ichida olishdir.Kesuvchi asbobni har bir almashtirishda 
uni bir xil holatda o„rnatib bo„lmaydi, u ishlov berilayotgan detallar partiyalari uchun 
turlicha bo„ladi. Asbobni ikki holatlari orasidagi masofa yoki uni holatlarini eyilishini 
dastgohni sozlash xatoligi deyiladi. Sozlash xatoligi kattaligi dastgohni sozlashni 
bajarish usuliga bog„liq bo„ladi va maksimal minimal sozlanadigan o„lchamlar farqi 
ko„rinishida bo„ladi. Sozlash xatoligi kattaligi sozlovchi malakasi hamda 
qo„llaniladigan o„lchov asbobi va andozalarni aniqligi bilan aniqlanadi. 
Namuna detallari bo„yicha sozlash bajarilganda sozlash xatoligi ushbu usulga 
xos bo„lgan hisoblash noaniqligi funksiyasi ham bo„ladi va sozlash aniqligiga ishlov 
berilgan detallarni o„lchash orqali baho beriladi. Odatda olingan o„lchamlarni o„rta 
arifmetigini berilgan sozlashda ishlov berilgan detallar partiyasi uchun o„lchamlarni 
markazi deb qabul qiladilar. Sozlovchini vazifasi-mumkin qadar bu guruhlash 
markazini sozlanuvchi o„lchamga to„g„ri keladigan nuqta bilan mos keltirishdir. 
Agarda namuna detallar o„lchamlarini hisoblangan o„rta arifmetigi sozlanuvchi 
o„lchamdan farq qilsa, u holda sozlovchi asbob holatini limb yoki boshqa qurilma 
yordamida rostlaydi. 
Umumiy holda sozlash xatoligini quyidagicha aniqlash mumkin: 
his
rost
lch
o
К
С
2
2
2
'
2







bu erda: 
lch
o
'

-namuna detallarini o„lchash xatoligi; 
rost

-kesuvchi asbob holatini rostlash xatoligi; 
his

-kesuvchi asbobni siljishini hisoblash usulini xatoligi; 
K=1-1,2-o„lchash va rostlash xatoliklari taqsimoti qonunini me‟yorli qonundan 
og„ishi. 


61 
Chekka va me‟yorli kalibrlar qo„llagan holda namuna detallar bo„yicha 
dastgohni sozlash nisbatan kam ishlatiladi, bu usul nisbatan noaniq va ko„p 
miqdordagi namuna detallarni talab etadi[9]. 
Kesuvchi asbobni andoza bo„yicha o„rnatish odatda frezerli va tokarli 
dastgohlarni sozlashda qo„llaniladi. Shup yordamida moslama korpusida 
mahkamlangan andoza tekisligi va freza tishi orasidagi masofani tekshiradilar. S hup 
bo„yicha o„rnatish aniqligi ishchi malakasi, freza tishlarini radial tepishi kattaligi 
hamda andoza va shupni tayyorlash aniqligi va eyilish darajasiga bog„liq bo„ladi. 
Andoza bo„yicha sozlash dastgohni ishlamay turgan holatida bajariladi va bu 
andoza o„lchamlarini tayyorlashda hisobga olinadi. 
Andoza bo„yicha sozlash xatoligi quyidagicha aniqlanadi: 
r
o
asb
tay
an
К
С
'
.
.
2
2





Andozalarni tayyorlash xatoligi 10-20 mkm, asbobni o„rnatish xatoligini esa 20-
25 mkm. atrofida bo„ladi, u holda sozlash xatoligi 25-60 mkm. bo„ladi. Ba‟zi hollarda 
kesuvchi asbobni ishlov berilayotgan tayyorlamadan olib ketish va yana avvalgi 
holatga qo„yish kerak bo„ladi, bu qattiq yoki indikatorli tayanchlar yordamida 
bajariladi. Oddiy sharoitlar uchun qattiq tayanch bo„yicha o„rnatish xatoligi 
20-50 mkm.ni tashqil etadi, malakali ishchi uni 10-20 mkm.gacha kamaytirishi 
mumkin. 
Xulosa qilganda, namuna detallar bo„yicha sozlashda yuqori aniqlik 
ta‟minlanadi, ammo ko„p mehnat sarflanadi (ba‟zi hollarda umumiy vaqtni 
20%gacha), namuna detallarni bir qismi brakka chiqariladi. Shuning uchun bu usul 
nisbatan oddiy sozlanadigan dastgohlar uchun qo„llaniladi. 
Andoza bo„yicha sozlashda nisbatan kam mehnat sarflanadi, aniqlikni 
muntazam chiqishini ta‟minlaydi, yuqori malakali ishchilarga hojat qolmaydi.

Download 8,1 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   123




Download 8,1 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Dastgohni sozlashda paydo bo„ladigan xatoliklar

Download 8,1 Mb.
Pdf ko'rish