• Asoslash va asoslar.
  •  Tayyorlamani moslamaga o„rnatish xatoligi




    Download 8,1 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet27/123
    Sana20.05.2024
    Hajmi8,1 Mb.
    #244991
    TuriУчебник
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   123
    Bog'liq
    Darslik Safoev ТМТ 2017 (Lotincha)

    2.9 Tayyorlamani moslamaga o„rnatish xatoligi. 
    Tayyorlamalarni avvaldan sozlangan dastgohlarda moslamaga o„rnatib ishlov 
    berishda o„rnatish xatoligi sodir bo„ladi. 
    O„rnatish xatoligi (

    o„
    ) deb moslamaga o„rnatilgan tayyorlamaning holatini 
    talab qilingan holatdan farq qilishiga aytiladi.
    O„rnatish xatoligi asoslash xatoligi (

    a
    ), qisib maxkamlash xatoligi (

    K
    ) va 
    moslamaning xatoligidan (

    M
    ) tashqil topadi, ya‟ni
    2
    2
    2
    '
    м
    к
    a
    o








    Tayyorlamalarni asoslash xatoligini ko„rib chiqishdan avval detallarni asoslash 
    va asoslar mavzusiga to„xtalib o„tamiz 


    65 
    Asoslash va asoslar. 
    Detallarni kesib ishlashda ular dastgohda kesuv asbobiga 
    nisbatan shu ishni bajarish uchun kerak bo„lgan holda o„rnatilishi kerak. 
    O„rnatishda ikki masalani echish kerak: tayyorlamani asoslash yordamida 
    keraklik holatga keltirish va maxkamlash yordamida uning qo„zg„almasligiga 
    erishish. Bu ikki masala siljishi mumkin bo„lgan yo„nalishda tayyorlamaga 
    tayanchlar qo„yish va tayyorlamani shu tayanchlarga qisib maxkamlash yordamida 
    echiladi. 
    Detal tayyorlash jarayonida tayyorlamaning keraklik holati uni asoslash 
    yordamida amalga oshiriladi. 
    Asoslash-bu tayyorlama yoki maxsulotni tanlangan koordinata tizimiga 
    nisbatan talab qilingan holatga keltirishdir.
    Asoslash uchun tayyorlamaning asos yzalari (qisqacha aytganda asoslari) 
    xizmat qiladi. 
    Asos-bu tayyorlama yoki maxsulotni asoslashda ishlatiladigan va ularga 
    tegishli bo„lgan yza (a) yoki shu vazifani bajaruvchi yzalar majmuasi (a‟), o„qlar (b) 
    va nuqtalardir (b‟) (2.11-rasm) 
    2.11- rasm. Asos turlari 
    1-asoslar, 2- tayyorlama qismlari 
    Asoslash maxsulotlarini yaratishning barcha jarayonlarida kerak bo„ladi: 
    loyixalashda, kesib ishlashda, o„lchashda hamda maxsulotni yig„ish davrida. SHuning 
    a) 
    b` 
    b) 
    a` 


    66 
    uchun bajariladigan ishiga qarab mashinasozlikda quyidagi uch xil asos qo„llaniladi: 
    loyixa asos, texnologik asos va o„lcham asos. 
    Loyixa asos-bu detali yoki qismning mashinadagi holatini aniqlaydigan asosdir. 
    Loyixa asoslar asosiy (a) va yordamchi (b) bo„lishi mumkin. Asosiy loyixa 
    asos – bu detali yoki qismning yuzalari bo„lib, ular shu detali yoki qismning 
    mashinadagi holatini aniqlaydi. Yordamchi loyixa asos – bu detal yoki qismning 
    yuzalari bo„lib, ular shu detal yoki qismga birlashtiriladigan (yig„iladigan) boshqa 
    detallarning holatini aniqlaydi. 
    Texnologik asos-bu tayyorlamaga ishlov berish uchun uning dastgohdagi 
    holatini aniqlaydigan asosdir. 
    Texnologik asos bo„lib detal ning tekis yuzalari, tashqi va ichkisilindr 
    shaklidagi yuzalar va boshqalar xizmat qiladi. Texnologik asoslar asosiy va sun‟iy 
    bo„lishi mumkin. 
    2.12-rasm Loyiha asoslari 


    67 
    2.13-rasm. Texnologik asoslar.
    1-tayyorlama, 2-moslama 
    Asosiy texnologik asos deb detalning ishlov berish uchun o„rnatishda 
    ishlatiladigan yuzalariga aytiladi va bu yuzalar mashinada uning boshqa detallari 
    bilan tutashgan bo„ladi[8]. 
    Sun‟iy texnologik asos deb detalni asoslash uchun sun‟iy ravishda xosil 
    qilingan yzalarga aytiladi. Sun‟iy asoslar tayyorlama (detal) shakli uni moslamada 
    qulay, ishonchli va o„zgarmas ravishda o„rnatishga imkon bermaydigan xollarda 
    qo„llanadi. Sun‟iy asoslar faqat detalni o„rnatish uchun hosil qilinadi va ular 
    mashinada uning boshqa detallari bilan tutashmaydi. Sun‟iy asoslarga markaz 
    teshiklar, turbina kuraklarida sun‟iy xosil qilinadigan yordamchi quymalar va 
    boshqalar kiradi. 
    O„lcham asos- bu tayyorlama yoki detalning ma‟lum o„lchamlarini o„lchashda 
    ishlatiladigan asosdir. Masalan, 2.14–rasmda ko„rsatilgan detalni frezalashda “m” va 
    “n” o„lchamlarini o„lchash kerak bo„ladi, “m” o„lchami uchun o„lcham asos bo„lib 
    “A” yuza, “n” o„lchami uchun esa “B” yuza xizmat qiladi. 


    68 
    2.14-rasm O„lcham asoslari 

    Download 8,1 Mb.
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   123




    Download 8,1 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Tayyorlamani moslamaga o„rnatish xatoligi

    Download 8,1 Mb.
    Pdf ko'rish