2.10 Tayyorlamani moslamaga o„rnatish xatoligini tashkil etuvchilar.
Asoslash xatoligi.
Tayyorlamani moslamaga o„rnatishda o„lcham asosi bilan
texnologik asosning bir-biriga to„g„ri, mos kelmasligi natijasida asoslash xatoligi
xosil bo„ladi.
75
Asoslash xatoligi deb tayyorlamaning o„lcham asosidan ishlov berish uchun
o„rnatilgan kesuvchi asbobga qadar bo„lgan eng katta va eng kichik masofalarning
ayirmasiga aytiladi[7].
Asoslash xatoligi qandaydir mujmal, noaniq son bo„lmay, u xar bir o„lcham
uchun qo„llanilgan asoslash sxemasiga bog„liq ravishda aniqlanadi, ya‟ni asoslash
sxemasi o„zgarishi bilan o„lchamning asoslash xatoligi ham o„zgaradi.
Moslamada bir partiyadagi tayyorlamalarni frezalashda A va e o„lchamlari
uchun asoslash xatoligi nolga teng (
a a
=0 va
a e
=0), chunki bu o„lchamlar uchun
o„lcham va texnologik asoslar bir-biriga to„g„ri keladi. B o„lchami uchun esa asoslash
xatoligi C o„lchashmining joizligiga teng (
a v
= TD
C
), chunki bu holda texnologik
asos o„lcham asosiga to„g„ri kelmaydi.
2.18– rasm. Detallni asoslash sxemasi
Partiyadagi tayyorlamalarning C o„lchamning o„zgarishi (joizlik maydonida)
o„lcham asosining vaziyatini shu joizlik maydonida o„zgarishiga olib keladi
(2.18-rasm).
2.19-rasmda silindrsimon tayyorlamani prizmaga o„rnatib ishlash sxemasi
ko„rsatilgan. Ikkita aylana bilan partiyadagi tayyorlamalarning eng katta va eng
kichik o„lchamlari berilgan.
76
2.19-rasm. Silindrsimon tayyorlamani prizmaga o„rnatish
Bunday o„rnatishda barcha o„lchamlar uchun o„lcham va texnologik asoslar bir-
biriga to„g„ri kelmaydi, h
1
o„lchamini olishda asoslash xatoligini o„lcham asosidan
(A
/
va A
//
) o„rnatilgan asbobga qadar bo„lgan masofadan (A
```
) topiladi.
ah1
= OA` - OA``
OA` = OC`+ C`A` =
2
`
`
Sin
K
C
+ C`A` =
1
2
1
2
Sin
D
MAX
Shunga o„xshash:
1
2
1
2
``
Sin
D
OA
MIN
Demak
1
2
1
2
1
Sin
TD
ah
Bu erda, TD – tayyorlama diametring joizligi,
- prizmaning burchagi.
Shu tariqa h
1
va h
2
o„lchamlarining ham asoslash xatoliklarini topish mumkin.
1
2
1
2
2
Sin
TD
ah
;
2
1
2
3
Sin
TD
ah
.
77
Ma‟lumotnomalarda xar xil shakldagi tayyorlamalarni asoslash shemalari uchun
asoslash xatoliklarini xisoblash formulalari berilgan.
Asoslash xatoligi o„lchamlarning aniqligiga va yuzalarning fazoda joylashish
aniqligiga ta‟sir qilib, ularning shakl aniqligini o„zgartirmaydi. Asoslash xatoligini
yo„q qilish uchun o„lcham va texnologik asoslarni bir-biriga to„g„ri keltirish,
texnologik asos bo„lib xizmat qiladigan yuzalar aniqligini oshirmoq kerak.
Maxkamlash xatoligi tayyorlamalarni moslamada maxkamlashda qisish kuchi
ta‟sirida ularning holati o„zgarishi mumkin (surilishi, burilishi, ezilishi). Tayyorlama
holatining o„zgarishi esa shu moslamada tayyorlangan detallar o„lchamlarining
o„zgarishiga olib keladi.
Maxkamlash xatoligi (
K
) deb qisish ta‟sirida o„lcham asosi bilan kesuvchi
asbobiga qadar bo„lgan masofalarni tayyorlamaning siljishi xisobiga, o„zgarishiga
aytiladi
Maxkamlash xatoligi qiymati moslama qisish mexanizmining tuzilishi va
holatiga, qisish kuchining yo„nalishiga; texnologik yuzalar holatiga bog„liq bo„ladi.
2.20–rasmda ko„rsatilgan sxemada qisish kuchi (Q) ta‟sirida A o„lchami uchun
maxkamlash xatoligi nolga teng emas (
q
0), vaxolanki E o„lchami uchun
K
= 0,
chunki E- ning o„lcham asosi kuch ta‟sirida gorizontal yo„nalishdasiljimaydi.
O„lcham asos asosan, moslamaning deformatsiyalanishi ta‟sirida kuch ta‟sir qilgan
tomonga siljiydi.
2.20– rasm. Tayyorlamani mahkamlash xatoligi
78
Tayyorlama–moslama tayanchi o„rtasidagi siljishni qo„yidagicha ifodalash
mumkin.U = CQ
n
bu erda; S – tayyorlama materiali, uning g„adir-budurligini xisobga oluvchi
koeffitsient.
Q – qisish kuchi (tayanchga ta‟sir etuvchi kuch), n – daraja ko„rsatkichi (birdan
kichik).
Ishlov berish jarayonida qisish kuchi Q
min
dan Q
max
ga o„zgaradi, bu esa
maxkamlash xatoligi ta‟sirida partiyadagi detallarning o„lchamini o„zgarishiga
(eyilishiga) olib keladi.
Maxkamlash xatoligini xavo va suyuqlik yordamida qisuvchi moslamalar
qo„llash, qisish kuchi yo„nalishini to„g„ri tanlash xisobiga kamaytirish mumkin.
Qisish kuchi tayyorlamaning asos yuzasini moslamaning tayanchlariga bosib turishi
kerak. Agar qisish noto„g„ri bo„lsa yoki tayyorlamada shakl va fazoviy xatoliklar
bo„lsa, unda tayyorlama qisish kuchi ta‟sirida burilib yoki siljib ketishi mumkin.
Bunday maxkamlangan tayyorlama ishlov berish natijasida yuzalar paralelligi yoki
noperpendikulyarligi kelib chiqadi.Fazoviy xatoligi bo„lgan tayyorlamani moslamaga
o„rnatib kesish sxemasi 2.21–rasmda ko„rsatilgan. Qisish kuchi ta‟siridan tayyorlama
O nuqtasi atrofida buriladi va natijada asos yuzasi (1) ko„tarilib ishlov berilayotgan
yuza pastki yuzaga nisbatan noparalell bo„lib qoladi.
2.21 – rasm. Siquvchi kuch ta‟sirida tayyorlamani siljishi
|