62
detallarining noaniq ishlanishidan, dastgohni yig„ish jarayonida hosil bo„ladigan
xatoliklardan va detallarning eyilishidan kelib chiqadi.
Xar bir metall qirquvchi dastgohlar bir nechta qismlardan tashqil topadi. ba‟zi
qismlar ishlanayotgan tayyorlama bilan, boshqalari
esa kesuvchi asbob bilan
bog„langan bo„ladi. Dastgohni yig„ish jarayonida hosil bo„ladigan qismlarning
bir-biriga nisbatan joylashish xatoligi unda ishlanayotgan detalning aniqligiga ta‟sir
qiladi. Dastgohning geometrik xatoligi ishlov berilayotgan detal sirtlarining
joylashishiga (fazoviy aniqlik) va shakliga (shakl aniqligi) ta‟sir qiladi.
Dastgohlarni tayyorlash va yig„ish xatoliklari dastgohlarni
geometrik aniqligini
tekshirish joizliklari va usullarini, ya‟ni yuklangan holdagi aniqligini belgilovchi
me‟yorlar bilan cheklanadi.
Quyida o„rtacha o„lchamdagi umumiy qo„llanishdagi dasgohlarni ba‟zi
geometrik aniqliklari (mm.da) tasnifi keltirilgan:
-tokarli va frezerli dastgohlar shpindelini radial tepishi -0,01-0,015
-shpindeldagi konussimon teshik tepishi:
-tokarli va frezerli dastgoh (opravka uzunligi 300dan)-0,02
-vertikal-parmalash dastgohi (opravka uzunligi 100-300mm)-0,03-0,05
-shpindellarni yonli (o„qli) tepishi-0,01-0,02
-tokarli va bo„ylama – randalash dastgohlari yo„naltiruvchilari to„g„ri chiziqligi
va paralelligi:
-1000mm uzunlikda -0,02
-butun uzunligi bo„yicha -0,05-0,08
Keltirilgan ma‟lumotlar me‟yorli aniqlikdagi (H guruhi dastgohlari)
7-9 kvalitet o„lcham aniqligida o„rtacha o„lchami tayyorlamalarga
ishlov beruvchi
dastgohlarga tegishli. Nisbatan yuqori aniqlikdagi dastgohlarni geometrik xatoligi
kam, ularni tayyorlashdagi mehnat sarfi ko„p bo„ladi va me‟yorli aniqlikdagi
dastgohlarga nisbatan foizda bu ko„rsatgichlar qo„yidagicha bo„ladi:
63
Dastgohlar
Xatolik
Mehnat
sarfi
-me‟yorlianiqlikdagi (Hguruhi)
100
100
-yaxshilangananiqlikdagi (Pguruhi)
60
140
-yuqorianiqlikdagi (Vguruhi)
40
200
-o„ta yuqori aniqlikdagi (A guruhi)
25
280
-o„ta aniq dastgohlar (C guruhi)
16
450
Dastgoh
geometrik noaniqligidan kelib chiqadigan xatoliklarni quyida
keltiriladigan misollar bilan izohlash mumkin:
a) dastgoh shpindelini tepishi mavjudligi unga o„rnatilgan tayyorlama yuzasiga
ishlov berishda ham yuza tepishini keltirib chiqaradi (2.10-rasm, a)
a – rasm
b)
Detalni
markazlarga
qo„yib
ishlov
berishda
ikkala
markazning
o„qdoshmasligi (2.10b – rasm) silindr o„rniga konussimon yuzani keltirib chiqaradi.
b – rasm
v)Agar shpindel o„qi bilan bo„ylama yo„naltiruvchilar paralell bo„lmasa (2.10v–
rasm) u holdakonussimon detal kelib chiqadi.
64
2.10-rasm. Dastgoh geometrik
noaniqligiga misollar
Bo„ylama yo„naltiruvchilar to„g„ri chiziqmasligi esa detalning diametrini
o„zgarishiga olib keladi. (2.10 v-rasm). Parlamash dastgohida shpindel o„qining stol
satxiga perpendikulyar bo„lmasligi teshik o„qining og„ishiga olib keladi[7].
Dastgohda eyilish natijasida katta tirqishli birikmalarning bo„lishi ishlov
berilayotgan detalning aniqligini kamaytiradi.
Dastgoh ishchi yuzalarini, masalan
yo„naltiruvchilarini eyilishi notekis boradi, bu esa dastgoh ayrim qismlarini o„zaro
joylashuvini
buzilishiga va oqibatda, tayyorlamaga ishlov berishdagi qo„shimcha
xatoliklarni bo„lishiga olib keladi.
Dastgohlarni noto„g„ri montaj qilish, ular o„rnatiladigan fundamentlarini
cho„kishi
dastgohni ayrim qismlari, masalan stollari yoki yo„naltiruvchilarini
deformatsiyalanishiga va oqibatda yana tayyorlamaga ishlov berishdagi qo„shimcha
xatoliklarni keltirib chiqaradi.