partiyasi xuddi o„sha dastgohda, faqat yangitdan sozlanganda ishlov berilgandagi
o„lchamlarni yoyilish egri chizig„i chizilsa, ikki bir xil, amma bir-biriga nisbatan
abtsisa o„qi yo„nalishida siljigan egri chiziqlar olamiz. Bu siljishni kattaligi (
C)
dastgohni sozlash xatoligini ifodalaydi va uni kattaligi birinchi va ikkinchi
88
sozlashdagi o„lchamga o„rnatilgan asbob holatlaridagi farqqa teng bo„ladi(2.27 –
rasm).
2.27- rasm. Dastgohni sozlash xatoligini taqsimlanishiga tasiri
Ishlab chiqarish jarayonini kuzatish asosida qurilgan eyilish egri chiziqlarini
taxlili tasodifiy va tizimli xatoliklarni ta‟sirini aniqlash imkonini beradi. Yoyilish egri
chizig„ini tasnifini faqat ko„p miqdordagi ishlov berilgan detallarni o„lchash asosida
aniqlash mumkin. Yoyilish egri chiziqlari detalga ishlov berish aniqligini
tasniflaydi[12].
Gaus qonuni, asosan, 8,9 va 10-kvalitetlar va ulardan qo„polroq kvalitetlar
aniqligida
tayyorlamalarga
mexanik
ishlov
berishda
xaqqoniy
bo„ladi.
Mashinasozlikda aniqlikni statistik usulda tekshirishda qo„llaniladigan boshqa
qonunlarning qisqacha mazmuni quydagilardan iborat:
Teng tomonli uchburchak (Simpson) qonuni. 7- va 8- kvalitet aniqligi, ba‟zi
xollarda esa 6–kvalitet o„lcham aniqligi bo„yicha detallarga ishlov berishda
o„lchamlarni taqsimlanishi, ko„pchilik xollarda, Simpson qonuniga bo„ysunadi va uni
grafik ifodasi teng tomonli uchburchak ko„rinishida bo„ladi (2.28– rasm).
O„lchamlarini eyilish maydoni:
9
,
4
6
6
z
89
2.28–rasm. Teng tomonli uchburchak qonuni
Bu holda ham o„lchamlarni o„rta kvadratik og„ishi
yuqorida keltirilgan
formula yordamida aniqlanadi.