• 8.2.2. Ikki vannali oshlash usuli
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro muhandislik-texnologiya instituti temirova m. I., Musayev s. S




    Download 1,97 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet125/133
    Sana09.12.2023
    Hajmi1,97 Mb.
    #114619
    1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   133
    Bog'liq
    CHARM VA MO’YNA TEXNOLOGIYASI

    Po‘stinbop terilarni oshlash. 
    Po‘stinbop terilarni ishlab chiqishda asosan bir vannali oshlash 
    usuli qo‘llaniladi.
    Mo‘yna terilardan po‘stinbop terilarni oshlashning farqi shuki, 
    po‘stinbop terilar uchun charm va mo‘yna mollari xususiyatlari 
    umumlashadi. Po‘stinbop terilarni oshlashda mo‘yna terilarga 
    qaraganda kontsentratsiyali va asosli xrom tuzlari ishlatiladi.
    Amalda po‘stinbop terilarni oshlashda pikellashdan so‘ng, teri 
    yotqiziladi. Oshlash barkasda olib boriladi. Oshlashning oxiri 
    pishish harorati bilan aniqlanadi, u ham bo‘lsa 72
    0
    S dan kam 
    bo‘lmasligi kerak. 
    Oshlashdan keyin yarimmahsulotlar barkasdan olinadi va 
    taxtali javonlarga yaxshilab yozib, 6–15 soat yotqizishga qo‘yiladi. 
    Soch qoplami bosiluvchan qo‘y terilari yoyish mashinasida taraladi, 
    so‘ng navlanadi, qora va rangli bo‘yash uchun partiyalar 
    g‘aramlanadi.
    Qo‘y terilarni oshlashda, ishlab chiqarish jarayonlarida 
    pikellash bilan oshlashni qo‘shib ham olib boriladi. Bunda, sul’fat 
    kislota va natriy xlorid eritmasiga 40 % asoslikdagi xrom ekstrakti 
    qo‘shiladi. Pikellash oshlashning muddati 18 soat. Oshlashning 
    oxirida pishish harorati aniqlanadi, u ham 78
    0
    С dan kam bo‘lmasligi 
    kerak. 
    8.2.2. Ikki vannali oshlash usuli 
    Ikki vannali oshlash ikki: xromlash va qaytarilish eritmalarida 
    olib boriladi.
    Oldin teri to‘qimasiga dixromat va mineral kislota eritmalarida 
    ishlov beriladi. Teri to‘qimasi dixrom kislotani singdirgandan so‘ng, 
    shimilgan kislota oqsillar bilan bog‘lanadi, buning oqibatida 
    dermaning pishish harorati 1–2
    0
    С ga oshadi, bunday dermani 
    quritganda esa, uning strukturasida qisman g‘ovaklik saqlanib 
    qoladi. Xrom eritmasidagi mineral kislota, dixrom kislota hosil 
    qilishga olib keladi.
    Xromli vannaning kontsentratsiyasiga bog‘liq holda eritmada 
    polikislotalar 
    komplekslari 
    hosil 
    bo‘lib, 
    bu 
    polikislotalar 
    zarrachalari oqsilning asosli azotli guruhlari bilan reaksiyaga 


    184 
    kirishib, qo‘shni molekulalar zanjirlarini bog‘lashi mumkin va bu 
    bog‘lanish sxemasi quyidagicha: 
    R
    HOOC
    N
    H
    COOH
    O
    Cr
    H
    NH
    R
    O
    Cr
    H
    COOH
    NH
    R
    /
    \
    \
    /
    2
    \
    /
    2
    2
    7
    2
    2
    2
    7
    2
    2
    2




    Dixromat kislota oqsillar bilan ancha mustahkam bog‘lanadi. 
    Xromlangan soch va teri to‘qimasini uzoq muddat yuvish dixrom 
    kislotaning bir qism miqdorini kamayishiga olib keladi.
    Oqsillarga dixrom kislotaning singishi, dixromat, ayniqsa 
    monoxromatga nisbatan ancha yuqori. Teri to‘qimasi dixrom 
    kislotaga qaraganda 30 marta kam monoxromatni singdiradi. 
    Dixromatdan dixrom kislota olish uchun, zarur kislotaning 
    miqdori quyidagi tenglama orqali aniqlanadi: 
    K
    2
    Cr
    2
    O
    7
     + 2HCI 
     H
    2
    Cr
    2
    O
    7
     + 2KCI 
    Bu tenglamaga muvofiq, 294 kaliyli xrompikning zarra 
    massasiga 73 zarra massasidagi (z.m.) suvsiz xlorid kislotasi talab 
    qilinadi. Amalda esa kislota kam sarf bo‘ladi, buning sababi shuki, 
    eritmadagi ortiqcha xlorid yoki sul’fat kislotalar, dixrom kislotani 
    oqsillarga singishini kamaytiradi.
    Xromlash jarayonining tugagani teri to‘qimasining zich 
    joyidan kesib qaralganda, u tekis to‘q sariq rangda bo‘lishi orqali 
    aniqlanadi. Bu jarayon 3–4 soat davom etadi. 
    Xromlangan yarimmahsulotga natriy giposul’fit va xlorid 
    kislota eritmasida ishlov beriladi. Bunda, kollagen tolalarida, 
    dixrom kislota qaytarilishi natijasida xrom oksidining asosli 
    birikmalari hosil bo‘ladi, ya’ni kollagenning asosli guruhlari bilan 
    murakkab 
    xrom 
    komplekslari 
    hosil 
    bo‘ladi. 
    Yuqorida 
    aytganimizdek dixrom kislota kollagenning aminoguruhi bilan 
    bog‘langan edi. Shu sababli, bu erda hosil bo‘lgan xrom asosli 
    birikmalari, xuddi shu guruhlar bilan bog‘lanishi yuzaga keladi 
    (ya’ni xrom anion komplekslari orqali).
    Bundan tashqari, xromning qaytarilishidan natriy sul’fat, 
    oltingugurt, natriy tetra- va pentationatlar hosil bo‘ladi. SHunga 
    bog‘liq ravishda xrom komplekslarining hosil bo‘lishiga ham ta’sir 
    etadi. Kislotaning natriy giposul’fitga ta’siri oqibatida quyidagi 
    tenglama bo‘yicha oltingugurt hosil bo‘ladi:
    Na
    2
    S
    2
    O
    3
     + H
    2
    SO
    4
     = Na
    2
    SO
    4
     + SO
    2
     + S + H
    2

     


    185 
    Ortiqcha kislotalar va natriy giposul’fitni kiritishni kamaytirib 
    oltingugurt chiqimini tartibga solish mumkin.
    Oltingugurt (IV) oksidi dixrom kislotaga xuddi qaytaruvchi 
    sifatida ta’sir ko‘rsatadi. Xromning qaytarilish reaksiyasiga asosan 
    oltingugurt to‘rt oksidi asosiy rolni o‘ynaydi, biroq bunda boshqa 
    reaksiyalar ham amalga oshadi. Shu sababli bitta tenglama bilan 
    dixrom kislotani qaytarilish jarayonini izohlab bo‘lmaydi. Bundan 
    tashqari, qaytarilishga natriy giposul’fit va kislota miqdorlarining 
    munosabati, eritma kontsentratsiyasi, kislotaning quyish tezligi va 
    quyilish tartibi hamda harorat ta’sir ko‘rsatadi. 

    Download 1,97 Mb.
    1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   133




    Download 1,97 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro muhandislik-texnologiya instituti temirova m. I., Musayev s. S

    Download 1,97 Mb.
    Pdf ko'rish