Xrom tuzlari bilan mo‘ynani oshlash jarayoni Jarayon kimyosi, qonuniyati, jarayonga ta’sir etuvchi omillar
xuddi xrom oshlovchi birikmalar bilan oshlashni amalda olib
borilishi mavzudagidek, lekin mo‘yna terilarini oshlash, o‘zining
asosiy xususiyatlariga ega.
Charm va mo‘ynani oshlashning asosiy farqlari 1. Mo‘ynani oshlashda xrom tuzlari terini ag‘darma tomonidan
ichkariga kiradi yoki singadi, bunga asosiy sabab, bu uning yuz
qatlamida epidermisi borligi hisoblanadi.
2. Xrom tuzlarining bir qismi jun bilan ham singadi, lekin u
kollagenga nisbatan 20 marta xrom tuzlarini kam singdiradi.
3. Mo‘ynani oshlash ko‘proq murakkab sharoitda amalga
oshiriladi sababi, pikellash, charmni kul suvida yuvish-yumshatish
jarayonlariga nisbatan oshlashga yomon tayyorlaydi.
Mo‘yna terilari tayyor holatda yaxshi xususiyatlarga ega
bo‘lishi uchun oshlashda quyidagilarga (tarkibiy qismlarga) ega
bo‘lishi kerak:
1) mo‘yna terisining oshlashdan so‘ng pishish harorati –65–
75
0
С
2) xrom oksidining miqdori 0,6–1,2 % bo‘lishi kerak.
Mo‘ynani oshlashdan oldin unga ishlov berish xarakteri
o‘rganiladi. Masalan, achitqi suvlari bilan ishlov berilgan terilar,
pikellangan terilarga nisbatan oshlashga yaxshi tayyorlangan. Agar
kuchli pikellash o‘tkazilgan bo‘lsa, qo‘shimcha, neytrallash
jarayonini o‘tkazish zarur bo‘lib qoladi.
Mo‘ynani xrom usuli bilan oshlash olib borilishining texnologik xususiyatlari Mo‘yna terilarining dermasini cho‘ziluvchanligini, yumshoqli-
gini, plastikligini saqlash maqsadida xrom tuzlarini past
kontsentratsiyali eritmalari ishlatiladi. Hamda asosligi past, suyuqlik
koeffitsienti katta ishlatiladi. Shunday qilib, Cr
2
O
3
ning
188
kontsentratsiyasi 0,9–2,0 g/l atrofida bo‘ladi (charm uchun 20 g/l)
asosligi 18–30 % S.K–7–10 (charm uchun 0,7–1,0).
Dermaning pishish harorati 65–75
0
С ga etsa, oshlash tugaydi
(charm uchun qaynashga sinash).