O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro muhandislik-texnologiya instituti temirova m. I., Musayev s. S




Download 1,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/133
Sana09.12.2023
Hajmi1,97 Mb.
#114619
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   133
Bog'liq
CHARM VA MO’YNA TEXNOLOGIYASI

Oshlash jarayonining nazorati 
Xrom usuli bilan oshlash jarayonining nazorati, teri 
to‘qimasining va terilarning pikellanish darajasidan va ishlatilgan 
pikel eritmasining tahlilidan boshlanadi. Bundan tashqari, 
oshlashdan oldin tayyorlangan xrom ekstrakti tahlil qilinadi, ya’ni 
xromning to‘liq qaytarilganligi, asosligi, xrom oksidining miqdori, 
kompleks ion zaryadi belgisi va loyqalanish sonlari aniqlanadi.
Oshlash jarayonining nazorati barabanga solingan xrom 
ekstraktining miqdorini hisobga olish bilan boshlanadi va uni solish 
tartibi, oshlovchi eritma harorati, suyuqlik koeffitsienti (S.K) 
aniqlanadi. Keyin esa xrom birikmalarining teri dermasiga 
diffuziyasi tekshiriladi, ya’ni teri to‘qimasining zich qismlari va 
mo‘yna terilarini kesganda, derma strukturasining rangini o‘zgarishi 
– vaqti-vaqti bilan tekshirilib turiladi. Natriy karbonatni solishdan 
oldin oshlovchi eritmadagi xrom oksidi va asoslik miqdori 
aniqlanadi. 
Oshlashning oxirida: charmda oshlanganlik darajasi va 
terining pishish harorati tekshiriladi. 
 
8.2.3. Xrom tuzlari bilan mo‘ynani oshlash. 
Tayyor mo‘ynaga qo‘yiladigan ekspluatatsion talablar 
Mo‘yna terilari tayyor holatda plastiklik, yumshoqlik, 
cho‘ziluvchanlik, to‘liqlilik xususiyatlariga ega bo‘lishi kerak va bu 
xususiyatlarga mo‘yna terilari pikellashda, achitqi suvlarida ishlov 
berishda ega bo‘ladi. 
Lekin tayyor mo‘yna bundan tashqari, bir qator ekspluatatsion 
talablarga javob berishi kerak:
1) nam ta’siriga chidamli bo‘lishi; 
2) issiqlik ta’siriga chidamli bo‘lishi; 
3) tarkibidagi kislota tayyor mo‘ynaning oqsil tuzilishini 
buzmasligi va boshqalar. 
Bu talablar oshlash jarayoni yordamida amalga oshiriladi. 
Charmni oshlashda boshqa talablar, mo‘yna oshlashda boshqa 
talablar qo‘yiladi.


187 
Mo‘yna terilarni oshlashda oldinlari o‘simlik oshlovchilari 
ishlatilgan bo‘lsa, hozirda uch valentli xrom tuzlari ishlatilmoqda, 
kamroq hollarda formaldegid oshlovchi moddalar ishlatiladi. 

Download 1,97 Mb.
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   133




Download 1,97 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro muhandislik-texnologiya instituti temirova m. I., Musayev s. S

Download 1,97 Mb.
Pdf ko'rish