180
osongina boshqa ligandlar bilan o‘rin almashadi. Bu ligandlar
nafaqat teri oqsilining guruhlari, balki
dikarbon kislotalar anioni
ham bo‘lishi mumkin. Shu sababli dikarbon kislotalarni xrom
oshlovchi birikmalariga qo‘shib ishlatish, ularni kollagen bilan
bog‘lanishini oshiradi.
Niqoblashda xrom kompleksda labil (kuchsiz) bog‘langan
guruhlar soni ortadi va ular kollagenning funksional guruhlari bilan
osongina o‘rin almashadi.
Shunday qilib, kompleksda labil
guruhlarning soni qancha ko‘p bo‘lsa, xrom birikmalari shuncha
ko‘p kollagen bilan bog‘lanadi. Ishlab chiqarish sharoitida
o‘tkazilgan tajribalar shuni ko‘rsatadiki,
niqoblovchi moddalar
sifatida qo‘llanilgan natriy ftalat va formiat oshlashda yaxshi
natijalarni berdi. Keyingi yillarda niqoblovchi moddalardan
sul’foftal kislota tuzlari va ba’zan urotropin ishlatilmoqda. Asosli
xrom sul’fatning 1 mol xromiga 2 mol gacha formiat yoki 0,5 mol
natriy ftalat qo‘shilsa,
charmni sifati oshib, ishlatilgan eritmada
xromning miqdori kamayadi. Niqoblovchi moddalar oshlashdan
oldin, ba’zan o‘rtasida xrom ekstraktiga eritilgan holda qo‘shiladi.
Quruq oshlash. Ba’zan quruq oshlash qo‘llanilib, unda
pikelsiz teri to‘qimasi, xrom oksidining kontsentratsiyasi 40–50g/l
va suyuqligi kam bo‘lgan (teri to‘qimasining massasiga nisbatan
30%, ya’ni S.K–0,3) eritmada oshlanadi.
eritma bir martaga
barabanga solinadi. Kam kontsentratsiyali eritma bilan quruq
oshlashning farqi, bunda oshlash usulining muddati qisqaradi va
oshlovchidan to‘liqroq foydalaniladi.
Quruq oshlash usuli oshlovchilarning diffuziyasiga yordam
beradi, sababi kontsentrlangan xrom tuzlari eritmalarida molekulyar
massasi katta bo‘lgan zarrachalar suyultirilgan eritmalarga nisbatan
kam miqdorda hosil bo‘lishi hisoblanadi. Asosli xrom birikmalarda
ichki sferaga SO
4
2-
guruhining
kirishida neytral va anion
komplekslar hosil qiladi. Shuning uchun quruq oshlashda,
suyultirilgan eritmalar bilan oshlashga nisbatan, charm yuza sirtini
tortilish xavfi kamayadi, shu nuqtai nazardan quruq oshlash usulida
pikelsiz teri to‘qimasini to‘liq kulsizlantirishga
erishish talab
qilinadi.