174
kamayadi. Bu xrom birikmalarining tarkibi va asoslik darajasini
o‘zgarishiga hamda oqsillarning karboksil
va azot tarkibli asos
guruhlarining aktivligiga bog‘liq deb tushuntiriladi.
Ma’lumki, oqsilning karboksil guruhini xrom kompleks ichki
sferasiga ion holatda kirishi va
ularning ionlanish darajasi
sistemaning pH ga bog‘liq. Sistemada pH ning miqdorini 3 dan 5ga
oshirish oqsilning karboksil guruhlari dissotsialanish darajasini 75
%dan 100 %gacha oshiradi. Bu esa o‘z navbatida ionsiz
aminoguruhlarning hosil bo‘lishiga imkon beradi. Buning natijasida
xrom oshlovchi birikmalarning oqsillar bilan bog‘lanishi oshadi.
Shunday qilib, xrom oshlovchi birikmalarni bog‘lanishiga
nordonlangan teridan va xrom oshlovchi
birikmalardan eritmaga
o‘tgan umumiy kislota miqdori ta’sir ko‘rsatadi (19-rasm).
19-rasm Teri to‘qimasi kukunini xrom birikmalari bilan bog‘lanishiga umumiy
nordonlikka ega bo‘lgan eritmada ishlov berish muddatiga bog‘liqligi:
1–0,28; 2–0,4; 3–0,7; 4–0,8.