• Teri to‘qimasining nordonligi
  • Xrom komplekslarining o‘zgarishi.
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro muhandislik-texnologiya instituti temirova m. I., Musayev s. S




    Download 1,97 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet117/133
    Sana09.12.2023
    Hajmi1,97 Mb.
    #114619
    1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   133
    Bog'liq
    CHARM VA MO’YNA TEXNOLOGIYASI

    Oshlovchi 
    zarrachalar 
    o‘lchami
    Xrom 
    birikmalari 
    zarralarining o‘lchami diffuziyalanish tezligiga ta’sir etadi. 
    eritmalarning asosligi oshishi bilan diffuziyalanish tezligi kamayadi, 
    chunki olifikatsiya tufayli oshlovchi zarralar qiymati oshaveradi. 
    Shu sababli, xrom oshlovchi eritmaning pH miqdorini oshishi 
    diffuziya tezligini pasaytiradi. Amaldagi xrom birikmalari bilan 
    oshlashdan ma’lumki, asosligi 30 %li eritmaning diffuziyalanish 
    tezligi asosligi 50 % bo‘lgan eritmanikidan yuqori. Bunday holatda 
    albatta, diffuziya tezligiga oshlovchi birikmalar zarrachalarning 
    o‘lchami ta’sir ko‘rsatadi. Ma’lumki, asosligi 33 % bo‘lgan xrom 
    sul’fat birikmalarining molekulyar massasi 796 bo‘lsa, asosligi 50 
    % niki 947.
    Teri 
    to‘qimasining 
    nordonligi. 
    Kollagenni 
    pikellash 
    jarayonida qisman uning kislotaga to‘yinishi, xrom oshlovchi 
    birikma-larini derma strukturasiga diffuziyalanish tezligini oshiradi.
    Oshlashning 
    boshlanishida, 
    kislota 
    oqsillarning 
    asosli 
    guruhlarini o‘rab (blokirovka) oladi va bunda oshlovchi 
    eritmalarning asosligi pasayishi bilan xrom birikmalari bilan 
    oqsillar o‘rtasida bog‘lanish kamayadi, diffuziya esa tezlashadi.
    Dermaga xrom oshlovchi birikmalarining diffuziyasini 
    normallashtirish uchun pikellashdan so‘ng teri to‘qimasining 


    172 
    nordonligi pH = 4,5–5,5; mo‘yna terilarining eng qulay nordonlik 
    miqdori pH = 3-3,5 oralig‘ida bo‘lishi kerak.
    Xrom komplekslarining o‘zgarishi. Oshlash jarayonida xrom 
    komplekslarining o‘zgarishi, oshlovchi xrom birikmalarining 
    diffuziyalanish 
    tezligiga 
    katta 
    ta’sir 
    ko‘rsatadi. 
    Bir 
    xil 
    kontsentratsiya va pH qiymatda, oshlashda ishlatilgan va 
    ishlatilmagan xrom eritmalarining diffuziyasi turlicha ekanligi, 
    ya’ni ishlatilgan eritma diffuziyasining tezligi juda sekinligi 
    tajribada aniqlangan. Ishlatilgan eritmalarda xrom komplekslarning 
    o‘lchami ancha katta bo‘ladi, chunki ular oshlovchi eritmada 
    bo‘lgan oqsillarning gidroliz mahsulotlari bilan bog‘lanadi.

    Download 1,97 Mb.
    1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   133




    Download 1,97 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro muhandislik-texnologiya instituti temirova m. I., Musayev s. S

    Download 1,97 Mb.
    Pdf ko'rish