170
joylashib olgan bu xrom kislota sul’fit kislota yoki giposul’fit bilan
xromning olti valentli birikmasidan uch
valentli birikma holatiga
qaytariladi. Ikkinchi vannada xromni qaytarishda giposul’fit
ishlatildi. Derma strukturasida esa, xromning asosli sul’fat
birikmalari hosil bo‘ladi. Bu jarayonda birinchi vannada
xromlangan teri to‘qimasining rangi sariq holatda bo‘lgan bo‘lsa,
ikkinchi vannada uning rangi ko‘k-yashil rangga aylanadi.
Texnologiyada shuning uchun bunday usul bilan oshlash ikki
vannali oshlash deb nom olgan.
1983 yildan boshlab xromning (III) valentli asosli tuzlari bilan
oshlash qo‘llanila boshlandi. Teri to‘qimasini
xrom birikmalari
bilan ishlov berish bir vannada olib borilgani uchun, bu usul bir
vannali oshlash usuli deb nom olgan. 1897 yildan boshlab,
xrompikni shakar bilan qaytarish yo‘li
bilan xromning uch valentli
asosli birikmalarini olish mumkin bo‘ldi. Oshlash jarayoni esa,
bundan keyin ikki vannada emas, balki bir vannada olib boriladigan
bo‘ldi. Shundan so‘ng bir vannada oshlash uchun teri to‘qimasi
bevosita xrom eritmasi (xrom sharbati) bilan ishlov berila
boshlandi. Bir vannali oshlash usuli ikki vannali oshlash usulidan
oddiyligi bilan farq qilib, ikki vannali oshlash usulini siqib chiqardi.