• Kollagen funksional guruhlari bilan xrom birikmalarining hosil qilgan bog‘lanishlari to‘g‘risida olimlar fikri
  •  Xrom oshlovchi birikmalar bilan kollagen o‘rtasida hosil




    Download 1,97 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet112/133
    Sana09.12.2023
    Hajmi1,97 Mb.
    #114619
    1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   133
    Bog'liq
    CHARM VA MO’YNA TEXNOLOGIYASI

    7.6. Xrom oshlovchi birikmalar bilan kollagen o‘rtasida hosil 
    bo‘lgan bog‘lanishlarning tabiati va o‘zaro ta’sir mexanizmi. 
    Kollagendagi funksional guruhlar 
    Xrom oshlovchi birikmalar bilan kollagen o‘rtasidagi 
    bog‘lanishlar tabiatini o‘rgangan tadqiqotchilarni ko‘rsatishicha, 
    xrom oshlovchi birikmalar bilan oshlash reaksiyasi kimyoviy 
    reaksiya bo‘lib, bunda kimyoviy birikmalar hosil bo‘lar ekan. 
    Kollagenning funksional guruhlariga:
    karboksil - COOH, 
    aminoguruhlar -NH
    2

    guanidin
    2
    |
    NH
    NH
    C
    NH



    imino guruhlar -
    NH
    /
    \
    spirtli gidroksil guruhlar -OH, 
    fenolli gidroksil guruhlar -OH, 
    peptid guruhlar -NH-CO- kiradi. 
    Kollagen oqsilida mavjud bo‘lgan turli xil funksional guruhlar 
    xrom birikmalari bilan bog‘lanishda ularning qaysi biri bilan va 
    qanday darajada bog‘lanishini o‘rganishda qiyinchiliklar tug‘diradi. 
    Shu sababli, bu jarayonni o‘rgangan tadqiqotchilar kollagen bilan 
    bog‘langan xrom birikmalariga u yoki bu funksional guruhlarning 
    roli haqida turli xil xulosalar keltiradilar.
    Kollagen funksional guruhlari bilan xrom birikmalarining hosil 
    qilgan bog‘lanishlari to‘g‘risida olimlar fikri 
    1913 yil olim Povarnin G.G. kollagenning -COOH va -NH

    funksional guruhlari xrom oshlovchi birikmalari bilan bog‘lanadi 
    deb fikr bildirgan.


    165 
    E.Stiasning nazariyasiga asosan, xrom oshlovchi zarrachalari 
    polipeptid zanjiridagi -NH-CO- peptid guruhi bilan bog‘lanishi 
    ko‘rsatildi. Boshqa mualliflar kollagenni azot kislotasi bilan ishlov 
    berib, kollagenni aminsizlashdi va aminsizlangan kollagen 
    xromning kation va anion komplekslari bilan bog‘lanishi 
    kamayganligini ko‘rsatishdi. Bu esa o‘z navbatida xrom 
    oshlovchilar kollagenning amin guruhlari bilan bog‘lanishini 
    isbotlab berdi. 
    Amin guruhining bog‘lanishda ishtirok etishini yana o‘rganish 
    maqsadida, kollagen dastavval formaldegid bilan ishlov berildi
    so‘ngra esa kation va anion xrom komplekslar bilan ishlov berildi. 
    Olingan natijalar shuni ko‘rsatdiki, bunda ham kation, ham anion 
    xrom komplekslari kollagen bilan kam bog‘langan. Bunga sabab, 
    formaldegid kollagenning amino guruhi bilan bog‘lanish hosil 
    qilishidadir. 

    Download 1,97 Mb.
    1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   133




    Download 1,97 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Xrom oshlovchi birikmalar bilan kollagen o‘rtasida hosil

    Download 1,97 Mb.
    Pdf ko'rish