Titan tuzlari bilan kollagen o‘rtasidagi bog‘lanishlar




Download 1,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/133
Sana09.12.2023
Hajmi1,97 Mb.
#114619
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   133
Bog'liq
CHARM VA MO’YNA TEXNOLOGIYASI

Titan tuzlari bilan kollagen o‘rtasidagi bog‘lanishlar 
Titan tuzlari bilan kollagen o‘zaro bog‘lanish nazariyasi 
asoslari shuni ko‘rsatadiki, titan tuzlari bilan kollagen bog‘lanishlar 
hosil qiladi. Buni titan tuzlari bilan ishlov berilgan charmning 
pishish haroratidan bilish mumkin.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, titan oshlovchi moddalar 
kollagenning -OH, NH
2
, -COOH, -CO-NH- guruhlari bilan 
bog‘lanar ekan.
Hozirgi vaqtda titan oshlovchi birikmalari yakka holda oshlash 
jarayoni uchun ishlatilmaydi. Ular boshqa kompleks hosil 
qiluvchilar 
bilan 
birgalikda 
ishlatiladi. 
Titan 
oshlovchi 
birikmalarning oshga to‘yintirish xususiyati yaxshi bo‘lganligi 
sababli, ular poyabzalning ostki qismi uchun charm ishlab 
chiqarishda qo‘llanilib kelinmoqda.
Xrom, sirkoniy va alyuminiy oshlovchi bilan oshlashda 
kollagen molekulasini tashkil qilgan polipeptid zanjirlari yon qutbli 
guruhlari orasida va molekulalararo yon zanjirlari orasida "tikilish" 
hosil bo‘ladi. Bu esa charmning pishish haroratini oshirishi bilan 
tasdiqlanadi. Titan oshlovchi komplekslar bilan kollagenning turli 
funksional 
guruhlari 
o‘rtasidagi 
bog‘lanish 
asosan 
titan 
komplekslari tarkibiga va tuzilishiga bog‘liq bo‘ladi.
Titan oshlovchi komplekslari tarkibi, oshlash xususiyati 
tuzilishi sirkoniy oshlovchi komplekslariga o‘xshaydi. Shuning 
uchun aytish mumkinki, titan komplekslari kollagen bilan sirkoniy 
komplekslari bilan qanday bog‘lanishlar hosil qilgan bo‘lsa, 
shunday bog‘lanadi deb, xulosa chiqarish mumkin. 
Kollagen modelini ammoniy titanilatsul’fat bilan ishlov 
berilganda 
(barqarorlashtirilgan 
va 
barqarorlashtirilmagan), 
tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, titan oshlovchilar kollagenning -OH, -
NH
2
, -COOH, -CO-NH- guruhlari bilan kimyoviy bog‘lanishlar 
hosil qilar ekan, bu esa yuqorida keltirgan xulosamizni tasdiqlaydi.

Download 1,97 Mb.
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   133




Download 1,97 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Titan tuzlari bilan kollagen o‘rtasidagi bog‘lanishlar

Download 1,97 Mb.
Pdf ko'rish