Geteropoliyadroli oshlovchi kompleks birikmalarning amalda




Download 1,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/133
Sana09.12.2023
Hajmi1,97 Mb.
#114619
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   133
Bog'liq
CHARM VA MO’YNA TEXNOLOGIYASI

 
Geteropoliyadroli oshlovchi kompleks birikmalarning amalda 
qo‘llanilishi 
Masalan, agar charmga issiqlikka yuqori chidamlilik kerak 
bo‘lsa, kompleks aralashma tarkibidagi xromning miqdorini 
ko‘proq olish kerak, yumshoqlik kerak bo‘lsa, alyuminiy miqdorini, 


161 
to‘liqlilik berishda sirkoniy atomlarning miqdorini ko‘proq olish 
kerak bo‘ladi. 
AKB tayyorlashning oshlash uchun muhim ekanligi hozirgi 
kunda sir emas. Tarkibida Cr(III), Ti(IV), Fe(III), Zr(IV), Al(III), 
Ti(IV) bo‘lgan aralash oshlovchi komplekslar yakka holda olingan 
kompleks oshlovchi birikmadan tubdan farq qiladi.
AKB xromning Cr(VI) birikmalarini Cr(III) valentli birikmaga 
qaytaruvchi va sul’fat kislota ishtirokida alyuminiy, sirkoniy, titan 
tuzlari yordamida qaytarishda hosil bo‘ladi. Qaytaruvchilar sifatida 
uglevodlar, vodorod peroksidi, glitserin, oltingugurt gazi va 
boshqalar ishlatiladi. Ma’lum asoslikdagi AKB olishda sarf 
bo‘ladigan kislota miqdori alyuminiy, sirkoniy, titan va mineral 
tuzlar bilan reaksiyaga kirishgan kislota miqdori ham hisobga 
olinadi. Cr(III) va Zr(IV) orasidagi bog‘lanishi, ularning qaytarilish 
reaksiyasi boshlanguncha, ya’ni erishda amalga oshadi. Bunda 
eritma rangi och qizil rangdan jigarrangga o‘tadi. Bu esa ularning 
koordinatsion bog‘lanishidan darak beradi. Bu bog‘lanish 
Cr(VI)ning Cr(III)ga qaytarilish davrida ham saqlanib qoladi. 
Bundan tashqari, aralash kompleks birikmani olish uchun 
xrom, sirkoniy, titan va alyuminiy sul’fatlarini natriy yoki ammoniy 
sul’fatlar ishtirokida bug‘lantiriladi. Bu usul bilan quruq oshlovchi 
olinadi. 
Shu usul bilan, ya’ni aralash xromsirkoniy kompleksni 
quyidagicha tasvirlash mumkin: 
Zr(OH
4

 SO
4
 
 nH
2
O + H
2
SO
4
 + Na
2
SO
4
 + Cr(OH)SO
4
 
 
AKBni sintez qilishlar bo‘yicha ko‘pgina muvaffaqiyatlarga 
erishilgan. Masalan, xromsirkoniy aralash kompleks birikmasi 
kristall holatda ishlab chiqilgan. Bu birikmaning tarkibi:
Na
2
O  3ZrO  Cr
2
O
3
 4SO
3
 12H
2
O,
uning 2Na
+
[Zr
3
Cr
2
(SO
4
)
4
(OH)
12
6H
2
O] 
ko‘rinishidagi dinatriy birikmasi holatidagi kompleks anioni ham 
mavjud. 
AKB suyuqlik pH ini oshirishga va suyultirishga barqaror 
hisoblanadi. Masalan, sirkoniy sul’fati uchun pH=2,3 da loyqalanish 
nuqtasi hisoblansa, birgalikdagi xromsirkoniy oshlovchining 
loyqalanish nuqtasi pH=3,3 hisoblanadi. eritmada sirkoniy va xrom 
sul’fatning 
miqdorini 
o‘zgarishidan 
kationli 
va 
anionli 


162 
komplekslarning miqdori ham bog‘liq ravishda o‘zgaraveradi. 
Sirkoniy sul’fatning miqdorini oshirish bilan anion kompleks ionlar 
miqdori oshaveradi. Shunga o‘xshash o‘zgarishlar xromtitan aralash 
kompleks birikmalarda kuzatiladi.
Aralash oshlovchi komplekslarning hosil bo‘lishi sirkoniy, 
alyuminiy, titan (xromning qatnashuvisiz) komplekslari orasida 
amalga oshadi. Ko‘prik sifatida -OH guruhi qatnashadi. Barqaror 
kompleks birikma olish uchun metall komplekslarning munosabati 
Al:Zr = 4:1 va undan ortiq bo‘lishi kerak. Agar ular miqdori kam 
olinsa, kompleksning barqarorligi pasayadi.
Texnologik xususiyatlar bo‘yicha aralash komleks oshlovchi 
birikmalar boshqa anorganik oshlovchilardan farq qilib, ular teri 
to‘qimasiga yaxshi singadi, derma qatlamlariga tekis yoyilib, 
charmga yuqori gidrotermik barqarorlik beradi hamda ishlab 
chiqariladigan charmning hajm jihatdan maydoni ham oshadi. 
Cr
2
O
3
:ZrO
2
1:4 munosabatdagi va asosligi 10–33 % bo‘lgan 
xromsirkoniy oshlovchi bilan qoramollarning og‘ir vaznli terilaridan 
olingan poyabzalning ustki qismi uchun charmning strukturasi 
mustahkam bo‘ladi. Cr
2
O
3
: ZrO
2
munosabatdagi miqdor qancha 
oshaversa, derma qatlamlariga yoyilish shuncha tekis bo‘laveradi.
Poyabzalning ostki qismi uchun charm ishlab chiqarishda 
oshlashni 6–7 mol ZrO
2
ga 1 mol Cr
2
O
3
ishlatilgan oshlovchini 
qo‘llash taklif etiladi. Bunda tagcharm o‘ziga kerakli bo‘lgan 
xossalarga ega bo‘ladi. 
Poyabzalning ustki qismi uchun charm ishlab chiqarishda 
Cr
2
O
3
:ZrO
2
=1,5–4,0 molyar munosabatdagi miqdor maqsadga 
muvofiqdir.
Kelgusida qo‘llaniladigan birikmaning tarkibi alyuminiy, titan 
va sirkoniy tuzlaridan iborat geteropoliyadroli komplekslarni 
ishlatish yaxshi natijalarni beradi. Bularni poyabzalning ham ustki 
ham ostki qismi uchun charm ishlab chiqarishda qo‘llash 
mumkinligini ko‘rsatdi. Bu aralash oshlovchi birikmalar yaxshi 
strukturalovchi va to‘ldiruvchi xususiyatlarga ega. Ayniqsa, shuni 
ta’kidlash lozimki, bu geteropoliyadroli birikmalar alyuminiy bilan 
kollagen orasidagi bog‘lanish mustahkamligini oshiradi va alohida 
alyuminiy oshlovchi birikmaning suv ta’sirida oshsizlanishini 
bartaraf etadi. Ul’tra-binafsha va infraqizil nurlar spektroskopiya, 
strukturani rentgen va derivatograf tahlili yordamida alyumotsirkon 


163 
va alyumotitan oshlovchi birikmalarni o‘rganilganda, tahlillar shuni 
ko‘rsatdiki, alyuminiy atomi bilan sirkoniy yoki titan orasidagi 
bog‘lanish gidrokso va okso guruhlar orqali bo‘lar ekan. Bu 
bog‘lanishlar quyidagi sxemada keltirilgan: 
| | | 
SO
4
SO
4
HO OH...Al--- 
| | | / \ | 
Zr OH...Al... Ti Ti 
| | | \ / | 
OH OH OH SO
4
| | | 
Al Al
Alyumotsirkon kompleks Alyumotitan kompleks 
Qoramollar teri to‘qimasini oshlashda qulay va afzal 
natijalarni quyidagi metall oksidlari hisobida munosabatidagi 
miqdor yordamida amalga oshirish mumkin ekan: 
Cr
2
O
3
 : ZrO
2
(1:0,3) - (1:0,5) 
Bunday munosabatda terining pishish haroratga chidamliligi 
yuqori bo‘lib, terining topografik qismlariga yaxshi to‘liqlilik berar 
ekan. Bitta xrom oshlovchi bilan oshlashdan, aralash kompleks 
birikmalar bilan oshlashning farqi yana shundaki, bunda nordonlash 
(pikellash) jarayonini o‘tkazish zarurati bo‘lmaydi va bunda 
asoslikni oshirish urotropin yoki yog‘lash-oshlash jarayonini 
qo‘shib ishlov berish yordamida amalga oshiriladi. Ya’ni qattiq 
charm olish uchun AKB bilan oshlashdan oldin 1,5 soat teri 
to‘qimachilik ammoniy sul’fat bilan ditsiandiamid, urotropin yoki 
mochevina qo‘shib ishlov berish kerak bo‘ladi. 
Geteropoliyadroli birikmalarni o‘rganish, xrom birikmalarni 
ishlatishni kamaytirib undan voz kechishga ham olib kelishi 
mumkin. Taraz texnologiya instituti professori Madiev U.K. 
tomonidan shu narsa aniqlanganki, alyuminiy va sirkoniy 
oshlovchilardan alyumosirkoniyli, alyumotitanli komplekslar olish 
mumkin ekan. 
AKB ni mo‘yna ishlab chiqarishda qo‘llash mumkin. Masalan, 
qo‘y mo‘ynasini aralash xromsirkoniyli kompleks birikmalar bilan 
oshlashda yaxshi natijalarga ega bo‘lish mumkin (har xil 


164 
munosabatda Cr
2
O
3
: ZrO
2
). 2 mol Cr
2
O

ga 1 mol ZrO
2
munosabatdagi AKB bilan qo‘y po‘stinni oshlashda uning teri 
to‘qimasi yuqori fizik-mexanik xossalarga ega bo‘lar ekan. 
Xrom usuli bilan oshlangan qo‘y charmiga nisbatan 
xromsirkonli usul bilan oshlangan qo‘y charmi yuqori yuza qatlam 
mustahkamligiga, cho‘ziluvchanlikka, suv ta’siriga chidamliligi va 
maydoni bo‘ylab katta chiqish normasiga ega bo‘lishi bilan ajralib 
turadi. 

Download 1,97 Mb.
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   133




Download 1,97 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Geteropoliyadroli oshlovchi kompleks birikmalarning amalda

Download 1,97 Mb.
Pdf ko'rish