• Geteropoliyadroli oshlovchi kompleks birikmalar haqida tushuncha
  • Geteropoliyadroli kompleks oshlovchi birikmalar




    Download 1,97 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet110/133
    Sana09.12.2023
    Hajmi1,97 Mb.
    #114619
    1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   133
    Bog'liq
    CHARM VA MO’YNA TEXNOLOGIYASI

     
    7.5.Geteropoliyadroli kompleks oshlovchi birikmalar. 
    Geteropoliyadroli oshlovchi kompleks birikmalarning 
    qo‘llanilishi 
    Hozirgi vaqtda dunyo miqyosida, aralash mineral kompleks 
    birikmalarni oshlash jarayonlarida qo‘llash keng qo‘lamda amalga 


    160 
    oshirilayapti. Ayniqsa, qoramol terilaridan (og‘ir vaznli) charm 
    olishda ularni qo‘llash yaxshi natijalar berayapti. Aralash mineral 
    kompleks oshlovchi birikmalarning oshlash xususiyati yuqori 
    bo‘lib, ularning to‘ldirish unumdorligi yuqori bo‘ladi. Bundan 
    tashqari, charmni silliqlashga yaxshi tayyorlab berish bilan bir 
    qatorda, terining yumshoq joylarida bu birikmalarni qo‘llash juda 
    yaxshi natijalarni berishi tajribalarda aniqlangan. 
    Kompleks hosil kiluvchilarning munosabatini o‘zgartirish 
    bilan birga charm yoki mo‘ynaning alohida xususiyatlarini oshirish 
    imkoni tug‘ildi.
    Geteropoliyadroli oshlovchi kompleks birikmalar haqida 
    tushuncha 
    Geteropoliyadroli oshlovchi kompleks birikmalar deb shunday 
    birikmalarga aytiladiki, bu birikmalar ko‘p yadroli bo‘lib, ular 
    tarkibida bitta emas, balki bir necha turli xil markaziy ionlar bo‘ladi. 
    Turli metallar ionlari bir-biri bilan ma’lum bir atom yoki atomlar 
    guruhi bilan bir butun bog‘langan bo‘ladi. Bu atomlar ko‘prik 
    vazifasini o‘taydi. Bularga misol qilib: OH
    -
    , NH
    2
    , O
    -2
    , CH
    3
    COO
    -

    SO
    4
    -2
    va boshqa guruhlarni olish mumkin. 
    Geteropoliyadroli oshlovchi kompleks birikmalar tarkibiga 
    Cr(III), 
    Zr(IV), 
    Al(III), 
    Ti(IV) 
    metall 
    ionlari 
    kiradi. 
    Geteropoliyadroli oshlovchi kompleks birikmalarni aralash 
    kompleks birikmalar (AKB) deb ham yuritiladi. Oshlovchi 
    eritmalarda aralash oshlovchilarning markaziy ionlari bir-biri bilan 
    kimyoviy bog‘ orqali bog‘langan bo‘lsa, bunday holatda ular 
    kombinatsiya usulida oshlashdan farqi shundaki, yarimmahsulotni 
    bu usul bilan oshlash bir bosqichli oshlashda amalga oshadi. 
    Oshlash jarayonida yarimmahsulot aralash oshlovchini tashkil 
    qilgan metall komplekslarning xususiyatlariga qarab o‘z xossalarini 
    o‘zgartiradi.

    Download 1,97 Mb.
    1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   133




    Download 1,97 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Geteropoliyadroli kompleks oshlovchi birikmalar

    Download 1,97 Mb.
    Pdf ko'rish