178
qo‘shiladi. Teri to‘qimasini oshlashda, oshlanganlik ro‘y berguncha
oshlash olib borish zarur, mo‘yna yarimmahsuloti uchun esa, kerakli
pishish haroratiga etguncha oshlash olib boriladi.
Xom ashyoning turi va og‘irligiga qarab, xrom birikmalari
bilan oshlash turli xil variantlarda olib boriladi. Birinchi variantda
xrom birikmalari bilan oshlash ikki asosli eritma yordamida amalga
oshiriladi. Pikellash jarayoni tugashida, teri to‘qimasining pH
qiymati 4–4,5 bo‘lishi kerak. Suyuqlik koeffitsienti oshlashda 0,7–
0,8 bo‘lishi kerak. Pikellash tugashi bilan barabanga (24–27 %)
asoslik-dagi oshlovchi birikma va xrompik eritmasi solinadi. 1,5–2
soat oshlashdan keyin, asosligi 47–50 % bo‘lgan xrom eritmasi, 20
daqiqa oralig‘i bilan uch marta natriy sul’fit solinadi. Oshlash
jarayoni tugagandan so‘ng oshlanganlik aniqlanadi, ya’ni oshlangan
charmning pishish harorati aniqlanadi. Bunda dermaning tortilishiga
ruxsat etilmaydi. Bu variant bo‘yicha
oshlashdan keyin charm
yarimmahsulotini yotqizish 12 soatdan kam bo‘lmaydi.
Ikkinchi variant bo‘yicha oshlash harorati 28–37
0
С, suyuqlik
koeffitsienti – 0,4, muddati 7 soat. Birinchi variantdagidek, bunda
ham oshlash ikki asosli eritmada (33 va 50 %) olib boriladi.
Ikkinchi variantning birinchi variantdan farqi,
yuqori asoslikdagi
eritma solingandan keyin, natriy sul’fit eritmasi emas, balki 50
daqiqa oralig‘i bilan uch marta natriy karbonat solinadi.
Oshlashning tugashi pishish harorati bilan aniqlanadi va u ham
90
0
S dan kam bo‘lmasligi kerak. Oshlashdan keyin bu variant
bo‘yicha yotqizish shart emas.
Qoramollar terisidan poyabzalning ustki qismi uchun, astarli
va astarsiz elastik
charmlar ishlab chiqarishda, xrom usuli bilan
oshlashda quyidagi variant o‘tkaziladi.
Pikellash jarayonidan so‘ng, barabanga teri to‘qimasining
og‘irligiga nisbatan 0,3%dan 0,5 %gacha xrompik eritmasi solinadi.
Aylanib turgan barabanga 20 daqiqadan keyin xrom oksidiga
nisbatan 1,1–1,3% miqdorida 20–24% asoslikdagi xrom oshlovchi
birikmalar solinadi.
2–2,5 soat baraban aylantiriladi va 1,1–1,3 % miqdorida xrom
oksidi hisobida 38–42% asoslikdagi xrom oshlovchi birikmalari
solinadi. Keyin teri to‘qimasining bo‘yalishi tekshiriladi.
Agar teri
to‘qimasi butun qalinligi bo‘ylab bo‘yalgan bo‘lsa, barabanga
kristall holatidagi natriy giposul’fiti, teri to‘qimasining massasiga
179
nisbatan 2 % olti valentli xromni uch valentli xromga qaytarish
uchun solinadi.
Oshlashdan so‘ng oshlaganlikni tekshirish uchun namuna
olinadi, terining tortilishi ruxsat etilmaydi. Oshlashdan so‘ng
terini
yotqizish shart emas, yarimmahsulot 55–60% namlikgacha valikli
mashinalarda siqiladi.
Yagona uslubga asosan, xrom usuli bilan oshlashni 18–22
0
С
haroratda
boshlash
ruxsat
etiladi,
oshlash
jarayonida
yarimmahsulotning baraban devorlariga urilishidan harorat oshadi.
Bunda xrom birikmalari bilan kollagenning bog‘lanishi oshadi va
oshlash muddati qisqaradi. Oshlashning birinchi daqiqalarida birdan
haroratni
oshirish kerak emas, chunki bunda charmning yuza
qatlami tortilib qoladi.
Keyingi yillarda oshlashning oxirida haroratni oshirish ishlab
chiqarish uslubidan foydalanilayapti. Bu usulda haroratni 40
0
S
gacha oshirish ruxsat etiladi, bunday holatda xrom birikmalari
charm qatlamlariga tekis yoyilishini hamda ularning bog‘lanishini
tezlashtiradi, bu esa o‘z navbatida oshlashdan so‘ng
yotqizish
muddatini qisqartiradi.