O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro muhandislik-texnologiya instituti temirova m. I., Musayev s. S




Download 1,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/133
Sana09.12.2023
Hajmi1,97 Mb.
#114619
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   133
Bog'liq
CHARM VA MO’YNA TEXNOLOGIYASI

 
8.3. Neytrallash 
Oshlangan, yotqizib xordiq berilgan, namligi siqilgan va 
qirtishlangan 
charmlar 
neytrallash 
jarayoniga 
uzatiladi. 
Neytrallashning maqsadi oshlangan charmlarning nordonligini 
pasaytirish, bunda bog‘langan xrom birikmalarining tarkibi ham 
o‘zgarishi mumkin. Neytrallashni xrom usuli bilan oshlashdan 
ajratib bo‘lmaydi va buni oshlashning oxiri deb qarash kerak. 
Xrom charmlari oshlashdan so‘ng, o‘z tarkibiga neytral 
tuzlarni (NaCI, Na
2
SO
4
) kompleks birikma holatidagi xrom tuzlarini 
va kislotalarni saqlaydi. 


190 
Neytral tuzlar charmning g‘ovaklariga, struktura oralig‘ida 
eritma holatida, xrom fiksatsiya holatida joylashgan bo‘ladi.
Xrom tuzlari, charmda fiksatsiya holatida va uning bir qismi 
erkin holatda eritma ko‘rinishda dermaga shimilgan bo‘lib, uning 
kontsentratsiyasi, 
ishlov 
berilgan 
xrom 
tuzlari 
eritmasi 
kontsentratsiyasiga bog‘liq. 
Kislota charmga eritma holatida dermaga shimilgan bo‘ladi. 
Ishlov berilgan suyuqlikdagi kislota kontsentratsiyasi shimilgan 
kislota kontsentratsiyasiga teng. Kislota oshlovchilar tomonidan 
tegilmagan kollagenning asos guruhi bilan bog‘lanadi va fiksatsiya 
bo‘ladi: 
 






X
H
N
Б
HX
NH
Б
3
2
 
Bundan tashqari, kislota kollagen bilan bog‘langan va 
bog‘lanmagan xrom komplekslari bilan bog‘lanadi, ya’ni B [Cr X] 
bog‘langan holatda yoki ionli ko‘rinishda koordinatsion sferaning 
tashqi sferasida, ya’ni B-[...Cr]X bog‘langan holatda bo‘ladi. 
Tarkibida neytral tuzlar, erkin holatdagi kislota va xrom tuzlari 
bo‘lgan charmlar kelgusi jarayonlarga quyidagi sabablarga binoan 
uzatilmaydi.
1. Charmda bo‘lgan neytral tuzlar quritish jarayonida, charm 
yuzasiga migratsiya bo‘lib, oq dog‘lar hosil qiladi. 
2. Bog‘lanmagan xrom tuzlari yog‘lash jarayonida charm 
yuzasiga xrom sovunlari hosil qiladi va bunday sovunlar charm 
yuzasini yopishqoq qilib, pardozlashni qiyinlashtiradi. 
3. Xrom bilan oshlangan charmlar tarkibida erkin holatdagi 
kislotalarning bo‘lishi yog‘lash jarayoniga ta’sir etib, undagi yog‘li 
emulsiyalarni tarkibiy qismlarga ajralib ketishga olib keladi. 
Ajralgan yog‘lar charm yuzasiga va ag‘darma tomoniga chiqib, 
pardozlash jarayonlarini qiyinlashtiradi va ular derma qatlamiga 
notekis yoyiladi. 
4. Juda nordon charm bo‘yashga yaroqsiz, chunki bunda 
bo‘yash yuzaki va notekis o‘tadi. 
Bu kamchiliklarni bartaraf etish uchun, neytrallash jarayoni 
o‘tkazilib, charm tarkibidagi neytral tuzlar erkin holatdagi xrom 
tuzlardan tozalanib, dermaga aniq qiymati berilib, bo‘yash va 
moylashni normal o‘tkazish ta’minlanadi. 


191 
Neytrallash 
jarayonini 
o‘tkazishda 
ishqoriy 
eritmalar 
ishlatiladi. Ular erkin va bog‘langan holatdagi kislotani neytrallab, 
charmga kerakli darajada nordonlik berishi kerak. Dermadagi erkin 
holatdagi va kollagenni amin guruhi bilan bog‘langan kislotani 
ajratib chiqarib, xrom kompleks bilan bog‘langan kislotaga ta’sir 
etmaslik kerak ya’ni charm tarkibidagi hamma kislotani emas, balki 
bir qismini neytrallash zarur bo‘ladi. 
Neytrallashda charm strukturasida quyidagi o‘zgarishlar yuz 
beradi: 
– kollagenga joylashgan xrom komplekslar tuzilishi o‘zgaradi; 
– xrom kompleks bilan bog‘langan kollagen aktiv markazlari 
o‘rtasidagi mustahkamlik o‘zgaradi; 
– charm xossalari o‘zgarishi mumkin (tayyor mahsulotda 
namoyon bo‘ladi). 
Neytrallashda eritmalari pH>7 bo‘lgan barcha moddalar 
ishlatiladi, pH>9 bo‘lgan eritmalar dermani oshsizlashga olib 
keladi.
Odatda, neytrallashda kuchsiz ishqoriy reagentlar, kuchli 
ishqorlar va kuchsiz kislota tuzlari qo‘llaniladi. 
Neytrallashni tartibga solish uchun bufer aralashmalardan 
foydalanish taklif qilinadi. Masalan, pH 7–8 bo‘lgan ammiak va 
ammoniyli tuz aralashmasi kislota ajralib chiqadi. Bunda xrom 
komplekslari o‘zgarmay turaveradi. Odatda, neytrallash jarayonida 
charmdan hamma kislota ham ajralib chiqmaydi, balki u charmning 
tashqi qatlamlaridan asosan ajralib chiqadi. 
Neytrallashda dikarbonat, formiat, tetraborat, natriy fosfat, 
ammoniy karbonat reagentlari qo‘llaniladi. Natriy bikarbonat va 
formiatni qo‘llash eng yaxshi natijalarni beradi. Neytrallash uchun 
SPS, BNS, №2 sintetik oshlovchilarni qo‘llash mumkin. 
Neytrallash 
jarayoni 
amalda 
qirtishlangan 
charmlarni 
barabanda 30–40

S haroratli oqar suvda 30–40 daqiqa yuvishdan 
boshlanadi. Bunda erkin holatdagi kislota, neytral tuzlar va 
bog‘lanmagan 
xrom 
birikmalarning 
bir 
qismi 
yuviladi. 
Neytrallashdan 
oldin 
yuvish 
o‘tkazilmasa, 
charm 
bilan 
bog‘lanmagan xrom tuzlari ishqor eritmalari yordamida cho‘kmaga 
tushiriladi. Bu cho‘kma charmning yuza qatlamlarida qolib ketib, 
uning sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.


192 
Charmda qolgan neytral tuzlar esa uni quritishdan so‘ng charm 
yuzasida tuzlar kristallanib, oq dog‘lar hosil qiladi.
10 yoki 20 karrali suvda eritilgan neytrallovchi agent
apparatga 2 yoki 3 marta 10 daqiqa interval bilan quyiladi. Bunda 
S.K=2–2,5, harorat 30–40
0
С, neytrallash jarayoni muddati 40–60 
daqiqani tashkil etadi. Neytrallashdan so‘ng yarimmahsulotning pH 
4,5–5,5 oralig‘ida bo‘lishi talab qilinadi. Bu qiymatni aniqlash 
uchun charmning dumg‘aza qismidan kesilgan joyga yashil 
bromkrezol indikatori ta’sir ettiriladi. Charmning yuza va baxtarma 
tomonidan 60 %i ko‘k rangda bo‘yalishigacha ruxsat etiladi.
Neytrallashdan so‘ng 30–40
0
С haroratli suvda 30–40 daqiqa 
charmlar yuviladi.

Download 1,97 Mb.
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   133




Download 1,97 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro muhandislik-texnologiya instituti temirova m. I., Musayev s. S

Download 1,97 Mb.
Pdf ko'rish