189
Qorako‘l terilarni oshlash asosligi 15–20% bo‘lgan xrom
birikmalari eritmasida olib boriladi. Terining pishish harorati 65–
68
0
С
ga etganda oshlash tugaydi, pishish harorati past bo‘lsada,
mo‘ynaning
tayyor
holatda
yumshoqligi,
cho‘ziluvchanligi
saqlanadi, shu sababli xrom usuli bilan oshlash qorako‘l terilari
uchun olib borilyapti. Lekin DDAM smolalar bilan oshlash
mumkin, bunda mo‘ynaning pishish harorati 70
0
С bo‘lib, u
yumshoq, maydoni keng chiqadi.
Xrom usuli bilan oshlashda xrom birikmalarining 60–70%
eritmada qoladi, ularni 5 martagacha, kontsentratsiyasini
tartibga
keltirib, oshlashda qaytib ishlatish mumkin.
Qo‘y po‘stinini oshlashda asosan bir vannali oshlash usuli
qo‘llaniladi. Qo‘y po‘stin charm va mo‘yna xususiyatlariga ega
bo‘lishi kerak, shu sababli, oshlashda
yuqori asoslikdagi katta
kontsentratsiyali xrom oshlovchi birikmalari ishlatiladi.
Oshlash uchun pikellangan mo‘ynalar yotqiziladi, keyin
barkaslarga solinadi. Pishish harorati 72
0
С ga etganda oshlash
tugaydi, sinash uchun terini bo‘yin qismidan namuna olinadi.
Oshlashdan so‘ng, yarimmahsulotlar
barkasdan chiqariladi,
stellajlarda yoyilib, 6–15 soat yotqiziladi. Keyin yoyish
mashinalarida (terilar) qo‘y po‘stinlarining o‘ralgan junlari bo‘lgani
taraladi, sortlanadi, qora va rangli bo‘yashga ajratiladi.
Qo‘y po‘stin uchun pikellash, oshlash hozirda birgalikda olib
boriladi. Bunda kislota va osh tuzi
eritmasiga xrom ekstrakti
qo‘shiladi. Asoslik 40 %, muddati–18 coat, qo‘y po‘stin teri
to‘qimasining pishish harorati jarayon oxirida 78
0
С bo‘lishi kerak.