193
Bog‘lanishlarning susayishi bilan birga derma xossalari ham
o‘zgaradi.
– pishish harorat pasayadi;
– bo‘kish darajasi oshadi;
–charmdan xrom tuzlarining chiqib ketishiga imkon
tug‘iladi.
pH ning turli qiymatlarida charmning
pishish haroratining va
uning bo‘kishining o‘zgarishi quyidagi grafiklarda ko‘rsatilgan:
20 - rasm 21 -rasm
Xrom tuzlari nafaqat kislota va ishqorlar, balki neytral tuzlar
yordamida ham oshsizlanadi. Bunda kollagen strukturasida
joylashib olgan xrom komplekslarining ichki sferasidan –COOH
guruhni siqib chiqarish qobiliyatiga
nafaqat -OH guruh balki,
ishlatilgan tuzlarning kislota qoldiqlari ham ega.
Kislota qoldiqlari har xil oshsizlash xususiyatiga ega. Masalan,
rN=8 qiymatda turli xil neytrallovchi agentlar xrom charmlarini
pishish haroratini pasaytirish tezligi bo‘yicha quyidagi ketma-
ketlikka joylashadilar:
(NH
4
)HCO
3
< NaHCO
3
< Na
2
CO
3
< Na
3
PO
4
< Na
2
B
4
O
7
< NaOH
Nordon muhitda (pH 2 dan pastda)
xrom komplekslari bilan
kollagen bog‘lanishini N
+
ionlaridan tashqari xrom (III) valentligiga
yaqin bo‘lgan kislotalar qoldig‘i ham buzadi, masalan, N
2
SO
4
. Bu
kislota HCl kislotaga qaraganda ko‘proq xrom komplekslari bilan
kollagen o‘rtasidagi bog‘lanishni buzishga olib keladi.
194
Oshsizlash uchun tuz va kislotalarni olsak, ularning oshsizlash
unumini xrom kompleks ichki sferasidagi
oqsilning karboksil
guruhining almashinishi bilan tushuntirish mumkin bo‘ladi.
Faqatgina yagona kislota qoldig‘i borki, bu kislotaning
ortiqchaligi nafaqat xrom charmlarining buzilishiga,
balki uning
haroratga chidamliligini oshishiga olib keladigan kislota – azot
kislotasi hisoblanadi.
14-jadval