181
Keyingi yillarda to‘liq kulsizlantirilgan va yumshatilgan teri
to‘qimasi dixrom kislota bilan natriy xloridi ishtirokida ishlov
berilayapti, so‘ng asosligi 18–22 %li xrom ekstrakti bilan oshlanadi.
Bu eritmaga xromni qaytarish va oshlovchi eritmaning asosligini
oshirish uchun natriy sul’fiti qo‘shiladi. Oshlash 5–6 soatda tugaydi.
Pikelsiz oshlashning perspektiv usullaridan teri to‘qimasini
yumshatishdan keyin kationli ditsiandiamid
smola bilan ishlov
berishdir. Smolani yumshatilgan teri to‘qimasiga kiritilishi uning
kislota
sig‘imini
kamaytiradi,
dermaning
g‘ovakligi
va
o‘tkazuvchanligi oshadi. Dermaga xrom birikmalari osongina
diffuziyalanadi, zarra o‘lchami, ularning qovushqoqlik qobiliyati
ham o‘zgarmaydi. Oshlashni 40–42% asoslikdagi eritmada boshlash
mumkin. Teri to‘qimasining pH qiymati oshlashdan oldin pH=5 dan
baland, shunga muvofiq,
oshlash tezligi birdan oshib, muddati
qisqaradi.
Mo‘yna ishlab chiqarishda bir vannali oshlash
Mo‘yna yarimmahsulotini oshlashdan charmni oshlashning bir
necha farqlari mavjud. Ma’lumki, mo‘yna terilari yuqori darajada
yumshoqlik va plastiklikka ega bo‘lishi kerak. Oshlashdan keyin,
terilar qisman qayishqoqlikka ega bo‘lishi mumkin, mo‘ynani
oshlash jarayonida esa, uning plastiklik
xususiyatlari saqlagan
bo‘lishi talab qilinadi. Shuning uchun bu terilar pikellash jarayonida
kislota bilan yaxshi to‘yintiriladi. Bunday pikellashda terilar
plastiklik va cho‘ziluvchanlikka ega bo‘ladi. Biroq, mo‘ynani
oshlashda, kontsentrlangan sul’fat kislota eritmasida ishlov berilib,
pikellangan terilarning xrom birikmalari bilan bog‘lanishi
sekinlashadi, chunki bunda oqsil kislota bilan juda to‘yingan
bo‘ladi. Odatda, bunday holatda, pikellangan terilar oshlashdan
oldin natriy karbonati yoki giposul’fiti bilan neytrallanadi.
Giposul’fit
bilan neytrallashda, tekis neytrallanish va teri to‘qimasi
yuqori plastiklik xususiyatiga ega bo‘ladi.
Giposul’fit bilan ishlov berishda S
2
O
3
2-
ionlarning bir qismi,
xrom ichki sferasiga kirib, niqoblangan komplekslar hosil qiladi.
Mo‘ynani oshlashda epidermisdan oshlovchilarning dermaga
o‘tishi qiyinligini hisobga olish kerak. Dermaga, oshlovchi, terining
to‘rli qatlamidan kiradi. Bu esa xrom birikmalarini teri qatlamlari
bo‘ylab notekis yoyilishiga, plastiklikni, yirtilishga mustahkamligini
182
kamaytirishga, maydoni bo‘ylab tortilishiga olib kelishi mumkin.
Bulardan tashqari soch bilan oshlovchini o‘zaro bog‘lanish
xususiyatlarini
hisobga olish kerak, chunki mo‘yna sifatini
belgilovchi soch qoplamini tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishi mumkin.
Eslatib o‘tilgan mo‘yna xususiyatlarini saqlash maqsadida
oshlashni asosligi kichik bo‘lgan eritmada, xrom eritmalarining past
kontsentratsiyasida olib boriladi. Odatda, dermaning pishish harorati
70–75
0
S yetganda mo‘ynani oshlash tugatiladi.
Xrom birikmalari bilan mo‘ynani oshlashda, uni oshlash
xususiyatini oshirish maqsadida, yakka uslubga asosan urotropindan
foydalanish nazarda tutilgan. Oshlash jarayonida hosil bo‘lgan xrom
urotropin komplekslar kollagen bilan jadalroq bog‘lanib, teri
to‘qimasini issiqlikka chidamligini oshiradi.
Qo‘y
mo‘ynasining
teri
to‘qimasi
yuqori
mexanik
mustahkamlikka ega bo‘ladi. Sochni yaxshilash
jarayonidan keyin
yuza qatlamni mustahkamligi pasayadi. Pikellash va xrom bilan
oshlashni, ditsiandiamid smola bilan ishlov berishga almashtirilsa
qo‘y mo‘ynasini yuza qatlamining sinishi tezda pasayadi, bu esa o‘z
navbatida uning navini oshiradi va yarimmahsulotdan foydalanish
foizi oshadi.
Qorako‘l, merlushka terilarini oshlash 15–20% asoslikdagi
xrom birikmalari eritmasida olib boriladi.
Oshlashning oxirida
pishish harorati 65–68
0
S. Qorako‘l terilarni oshlash asosligi past
eritmada olib borilsa ham tayyor yarimmahsulot yetarli yumshoqlik
va cho‘ziluvchanlikka ega bo‘lmaydi. Shu sababli qorako‘lni
oshlashning boshqa usullarini ishlab chiqish davom etayapti.
Perspektiv usullardan pikellash va xrom birikmalari bilan oshlashni
ditsiandiamid smolasi bilan ishlov berishga almashtirish mumkin.
Bunday ishlov berishda terilar yumshoq bo‘lib maydoni oshadi,
pishish harorati 70
0
S atrofida bo‘ladi.
Ko‘rib chiqilgan usullardan tashqari uslub bo‘yicha oshlash va
pikellash jarayonini qo‘shib o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
Bu usul bilan oshlashdan keyin ishlov berilgan oshlovchi
eritmada 60–70 % miqdorda xrom birikmalari bo‘ladi, shu sababli
kelgusida eritmalardan qayta foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Odatda, ishlatilgan eritmalar
xrom bilan oshlashdan keyin
kamida 5 marta foydalaniladi, kontsentratsiyasi talabga qarab
oshiriladi.