Bog'liq 13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C
Yog’ochning tovlanishi (yaltiroqligi). Yog’och
nurlarning
yo’nalishi va zichligiga bog’liq holda tovlanadi. Yog’ochning
tovlanishini sun’iy ravishda o’zgartirish uchun loklash, politurlash va
mumlash mumkin.
Yog’ochning teksturasi (tabiiy guli).Randalash, yo’nish
protsessida yog’och tolalari, o’zak nurlari va yillik halqalarni kesish
natijasida yog’ochning teksturasi namoyon buladi. Shuni qayd qilish
kerakki, yog’och materiallarning zichligi qanchalik yuqori bo’lsa,
ularning teksturasi (tabiiy guli) ko’pincha bir xil ko’rinishda bo’ladi.
Lekin turli bargli daraxtlarning tuzilishi bir-biridan farq qilganligi
sababli ularning teksturasi ham har xil ko’rinishda bo’ladi.
Yog’ochning
teksturasi yillik halqalarining eniga, ertangi va kechki
yogochlik qismining ranglaridagi farqiga, tolalarning yirik, mayinligi va
yo’nalishiga ham bog’liq bo’ladi. Yog’ochni
kesish yo’nalishi
teksturaning o’zgarishida katta rol o’ynaydi. Masalan, radial va
tangensial yo’nalish bo’yicha tilingan taxtalarni randalash natijasida
hosil bo’ladigan tekstura turlicha ko’rinishda bo’ladi, radial
yo’nalish bo’yicha, tekstura parallel to’g’ri chiziqlardan iborat
bo’lsa, tangensial yo’nalish bo’yicha esa burchak yoki konus
shaklidagi teksturalar mavjud bo’ladi. O’zak nurlari va yillik
halqalari aniq ko’rinmaydigan yog’ochlarning teksturalari uncha aniq
va chiroyli ko’rinmaydi.
O’zak nurlari va yillik halqalari aniq bilinadigan yog’ochlarning
tabiiy gullari juda chiroyli bo’ladi. Teksturalari chiroyli bo’lgan
yog’ochlardan mebel korxonalarida pardoz materiali sifatida,
qoplovchi material-shpon tayyorlashda keng foydalaniladi. Yong’oq,
nok, chinor, shumtol, eman kabi yogochlar radial va tangental
yo’nalishda tilinganda chiroyli ko’rinish (gul) lar hosil bo’ladi.
28
Yog’ochlarda sun’iy gullar ham hosil qilinadi. Buning uchun
tolalarning yo’nalishiga parallel qilib yoki ma’lum burchak ostida
bo’yoqlar surtiladi.