26
burama mixni to’g’ri
ishlatish, ya’ni uni albatta yog’ochga burab
kiritish lozim. Yog’ochning zichligi qanchalik yuqori bo’lsa, uning
metall mixlarni tutib qolish sifati shunchalik yuqori bo’ladi.
Yog’ochning tashqi kuchlar ta’siriga qarshilik ko’rsata olishi
yoki
buzilmaslik qobiliyati, uning mexanik xossasi deyiladi.
Yog’ochlarning puxtaligi, qattiqligi, egiluvchanligi,
qovushqoqligi,
mo’rtligi, yoriluvchanligi va mixlanuvchanligi ularning mexanikaviy
xossalarini tashkil etadi.
Yog’ochning tashqi kuchlar ta’sirida buzilmasdan va mumkin
qadar shaklini o’zgartirmasdan qarshilik ko’rsata olish qobiliyati
yog’ochning puxtaligi deb ataladi. Yog’ochlarning
pishiqligi,
egiluvchanligi tekshiriladi. Yog’ochning o’zidan qattiq jism botishiga
qarshilik ko’rsata olishi qattiqlik deb ataladi. Qattiqlik yog’ochning
turiga, zichligiga va namligiga bog’liq bo’ladi. Yog’ochning
qattiqligini arralash, randalash, o’yish-teshish, mixlash jarayonlarida
aniqlash mumkin.