36
ishlov beriladi. Yog’ochlarga moyli antiseptiklarni purkash, kukunini
sepish yo’li bilan ishlov berish mumkin. Antiseptiklarning ta’sirini
oshirish uchun shimitish yo’li bilan ham ishlov beriladi. Bu usulda
antiseptiklanadigan yog’och 90-95 % li antiseptik eritmada botirilib
bir necha soat ushlab turiladi. So’ngra issiq vannadan olinib, sovuq
antiseptik vannaga tushiriladi.
2-
rasm. Yog’ochlarni yog’ochga ishlov berish korxonalarida
saqlanishi.
Yog’ochlarni sirtdan himoyalash maqsadida tayyor yog’och
buyum va konstruktsiyalar oliflanadi, moyli bo’yoqlar bilan bo’yaladi,
loklanadi va politurlanadi. Quruq yog’ochlar oliflanadi, bo’yaladi,
loklanadi va politurlanadi. Nam yog’ochlar oliflansa, bo’yalsa,
loklansa uning sirtida yupqa parda hosil bo’ladi va namlikning
bug’lanishiga yo’l qo’ymaydi. Natijada yog’och chirib buziladi,
bundan tashqari, yog’och qurib yoriladi va himoya pardaning
yirtilishiga olib keladi. Quruq yog’ochlar lak va bo’yoq pardalari bilan
qoplansa, hosil bo’lgan parda yog’ochni namlik va haroratning
o’zgarishi natijasida ro’y beradigan buzilishlardan saqlashga yordam
beradi.