37
Shuning uchun daraxtni xizmat muddatini uzaytirish maqsadida u
shimdiriladi. Yog’och shimdirilganda
uni xizmat qilish muddatini
ishlatilish sohasi bo’yicha 3 martadan 10 martagacha oshirish
mumkin. Saqlanishi lozim bo’lgan yog’och materiallar - bu shpallar,
ustunlar,
kema va gidrotexnik inshootlar, ko’prik va port inshootlari,
damba va boshqalrdir. Ayniqsa konlardagi yog’och konstruktsiyalar
yuqori harorat va namlik ta’sirida tez ishdan chiqadi. Yog’ochni
zambrug’lar va bakteriyalar ta’siridan himoyalovchi vositalar sifatida
organiq va noorganiq moddalar - antiseptiklardan foydalaniladi.
Antiseptiklar zaharlovchi xususiyatga ega bo’lib,
bunda uni
ta’siri zamburug’ va bakteriyalarni zararsizlantirishi, hamda inson va
hayvonlarga ta’sir qilmasligi lozim. Ular yog’ochni ishdan
chiqarmasliklari va yog’ochga tegib turgan materiallarga ham ta’sir
qilmasliklari, uzoq vaqt davomida suvda yuvilmasliklari kerak.
Antiseptiklar arzon va tez shimiluvchan bo’lishlari lozim.
Antiseptiklarga quyidagilar misol bo’la oladi
Natriy ftor
NaF
Natriy xlor
NaCl
Sink xlor
ZnCl
2
Mis sulfat
CuSO
4
.
5H
2
O
Simob xlor
HgCl
2
3.4. Olovbardosh yog’och ishlab chiqarish
Yog’ochdan energetik maqsadda foydalanilganda uni yonishi va
issiqlik ajratishi ahamiyatga ega bo’lsa, boshqa holatlarda bu katta
zarar keltirishi mumkin. Masalan qurilishda yoki pardozlovchi
material sifatida ishlatilinadigan yog’och yong’indan
xavfsiz
bo’lmog’i lozim.
Yog’ochni yonishdan himoyalash uchun shunday sharoit
yaratilishi kerakki bunda yog’och havo bilan bog’lanmasin. Bu
maqsadda yog’ochni shimdirishda qo’llaniladigan moddalar yog’och
qizdirilganda bug’lanib yoki parchalanishlari yoki yonmaydigan gazli
parda hosil qilib, yog’ochni o’rab olishlari kerak.
Shuningdek
qizdirilganda oson yumshab yog’ochni havo o’tkazmaydigan qatlam
bilan qoplab oluvchi moddalardan ham foydalanilsa bo’ladi.
Yog’ochni kimyoviy tuzilishini o’zgartirish orqali ham uni yonish
38
qobilyatini
kamaytirish mumkin, masalan atsetillab. Ba’zan yog’och
shimdirilmay, u olovdan himoyalovchi bo’yovchi moddalar bilan
qoplanadi. Bu usullarni birortasi ham yog’ochga beton yoki tosh kabi
mutlaqo yonmaslik xossasini bermaydi,
lekin ishlov berilgan
yog’ochlar oddiy yog’ochga nisbatan ancha xavfsizdir.