41
Fizik xususiyatlar: zichligi, suyuqlanuvchanligi, issiqdan
kengayuvchanligi, issiqlik o’tkazuvchanligi, elektr o’tkazuvchanligi.
Mexanik
xususiyatlar:
mustahkamlik,
cho’ziluvchanlik,
siqiluvchanlik, egiluvchanlik, buraluvchanlik, qovushqoqlik, bikrlik,
qattiqlik.
Texnologik xususiyatlar: bolg’alanuvchanlik, kirishuvchanlik,
suyuq
holatda
oquvchanlik,
payvandlanuvchanlik,
kesib
ishlanuvchanlik. Odatda sanoatda metallar sof holatda emas, balki
qotishma ko’rinishida ishlatiladi. Cho’yan, po’lat, bronza, latun,
dyuralyuminiylar eng ko’p ishlatiladigan metall qotishmalari
hisoblanadi. Sanoatda metall buyumlar prokatlash hamda quyma
usulida ishlab chiqariladi. Metall va metall qotishmalarini qizdirib
yoki sovuq holida prokatlash, ya’ni qarama-qarshi aylanuvchi valiklar
orasidan ezib o’tkazib olish usulida olinadi. Prokatlash usulida tunuka,
burchaklik, sim kabi turli ko’ndalang kesimga ega shakllardagi metall
qotishmalar tayyorlanadi. Quyma usulida murakkab shakldagi
buyumlar va detallar olinadi. O’quv ustaxonasida sizlar asosan tunuka
va simlar xossalari bilan tanishasiz va ish ko’rasiz. Metalldan buyum
tayyorlovchi ustalar chilangar deb yuritiladi. Ular metall va uning
qotishmalari xususiyatlarini bilishi, asbob-ukunalar hamda stanoklarni
ishlatish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak. Metallga qo’lda va
mexanik usulda ishlov berish chilangarlik ustaxonasida amalga
oshiriladi.