46
tantal, niobiy, sirkoniy, tarqoq metallar (talliy, galliy, germaniy, indiy,
reniy, gafniy, rubidiy, seziy), siyrak yer metallar (lantan va
lantanoidlar), radioaktiv metallar (poloniy, radiy, aktiniy, toriy, uran
va transuran metallar) kiradi. Rangli metallning ko’pchiligi
tabiatda
sof holda uchraydi.
4.6. Metallga ishlov berishda o’lchov rejalash asboblari.
Chilangarlik nazorat-o’lchov va rejalash asboblari turlari va
tuzilishi
O’lchash va rejalash asboblari
- turli kattalik parametrlarni
o’lchab va nazorat qilib turishda ishlatiladigan vositalar hisoblanib,
taqqoslovchi va ko’rsatuvchi turlari bor. Taqqoslovchi qo’lda o’lchash
asboblari o’lchanayotgan kattalikni mavjud
kattalik yoki namunaga
nisbatan aniqlaydi. Ko’rsatuvchi qo’lda o’lchash asboblari esa
o’lchanayotgan kattalikni hech qanday namuna yoki qo’shimcha
asbobsiz, bevosita o’lchab, uning qiymatini o’z shkalasi
ko’rsatkichlarida ko’rsatadi. Ko’rsatuvchi qo’lda o’lchash asboblari
o’z navbatida, vizual (ya’ni bevosita ko’rsatuvchi, mos,
ampermetr,
voltmetr, taxometr, termometr, soat, tarozi va boshqa) va o’zi
yozadigan (barometr, ossillograf, bosim indikatora va boshqa)
turlarga bo’linadi. Bular o’lchanayotgan kattalikning ma’lum vaqt
davomida birin ketin olinayotgan qiymatlarini maxsus lentaga egri
chiziq yoki nuqtalar tarzida yozib boradi. Integrallovchi (jamlovchi)
asboblar ko’rsatuvchi qo’lda o’lchash
asboblarining alohida bir
guruhini tashkil qiladi. Bular o’lchanayotgan kattalikning ma’lum vaqt
davomidagi qiymatlari yig’indisini ko’rsatadi (masalan, elektr
schyotchik, spidometr va boshqalar). Ishlash prinsipiga ko’ra, qo’lda
o’lchash asboblari qo’l va avtomatik turlarga bo’linadi. Qo’lda
o’lchash asboblari chizg’ichlar, kalibrlar, shtangensirkullar, reysmus
va boshqa. Avtomatik qo’lda o’lchash
asboblarining rostlovchi va
o’lchov xillari bor. Rostlovchi avtomatik qo’lda o’lchash asboblari
o’lchanadigan kattalikning ma’lum qiymatiga rostlab qo’yiladi; bu
kattalik shu qiymatidai og’ishi bilan maxsus moslama (masalan, rele,
viklyuchatellar va boshqa) ishga tushib, kattalik yana belgilangan
qiymatiga qaytadi. Avtomatik o’lchovchi qo’lda o’lchash asboblari
o’lchanayotgan kattalik ma’lum qiymatidan o’tgan
paytlarda emas,
balki shu qiymatga yerishgan paytlarda, ya’ni davriy ravishda ishga
47
tushadi va o’zidan o’tayotgan narsani o’lchab turadi (masalan,
sochiluvchan yoki suyuq jismlarni bir me’yorda o’lchaydigan
avtomatik tarozilar va boshqa). Mashinasozlikda, asosan, detallarning
chiziqli va burchakli o’lchamlarini, qattiqligi, elastikligi va boshqa
mexanik
xususiyatlarini, shuningdek detallarning sifatini aniqlash
uchun mo’ljallangan qo’lda o’lchash asboblari qo’llaniladi. Bular
shtrixli asboblar (masshtabli chizg’ich, shtangensirkul, mikrometr va
boshqa) richagli indikatorli asboblar (indikator, nutromer va boshqa),
burchak va konus o’lchash asboblari (guniya va boshqa) va
kalibrlardir. Aniq o’lchash uchun chekli o’lchash
asboblari va optik
o’lchov asboblari ishlatiladi. Metalldan buyumlar yasashda uning
detallari o’lchab va rejalab olinadi. Bunda millimetrli lineyka,
chizg’ich, kronsirkul, shtangensirkul kabi o’lchash va rejalash
asboblaridan foydalaniladi.