Qora mеtаllаr va qоtishmаlаrining mехаnik хоssаlаri




Download 4,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/189
Sana30.01.2024
Hajmi4,62 Mb.
#148361
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   189
Bog'liq
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C

4.3. Qora mеtаllаr va qоtishmаlаrining mехаnik хоssаlаri. 
Tabiat va turmushda uchraydigan metallar qora va rangli 
metallarga bo’linadi. Qora metallarga cho’yan va po’lat kiradi. Ular 
temir va uglerodning qotishmasidan iborat bo’ladi. Toza temirdan 
kamdan-kam foydalaniladi. List metallar 0,5 dan 2 mm gacha 
qalinlikdagi yupqa metallardan iboratdir. Metall listlari oq va qora 
bo’lib, buning sababi ularning yupqa qalin qoplami bo’lishi va 
bo’lmasligidir. Qora metall listidan texnik maqsadlarda foydalaniladi. 
Yupqa oq metallar esa ko’proq uy-ro’zg’or buyumlari uchun 


43 
ishlatiladi. Qora metallarning asosini temir tashkil qilganligi uchun 
temir elementi va rudasi haqida qisqacha ma’lumot keltiramiz. Temir-
qadimdan ishlatilib kelingan, lekin uning keng ko’lamda qo’llanilishi 
keyinroq boshlanadi, chunki temir tabiatda erkin holda kam uchraydi. 
Texnikaning ma’lum darajada rivojlanishi tufayligina uni rudalardan 
ajratib olishga yo’l ochildi.
2-rasm. Qora metal namunalari. 
4.4. Qora metallarning olinishi va ularning turlari 
Tabiatda uchraydigan tog’ jinslaridan paydo bo’lgan temir qazib 
olingandan og’ir sanoat sohasida rudani qayta ishlash yo’llari bilan 
qora metallar olinadi. Qora metall - Ruda konlariga temir, marganets, 
xrom, titan va vannadiy konlari kiradi. Eng yirik konlarning zapasi bir 
necha mlrd. t ga, ruda tarkibidagi metall miqdori esa bir necha o’n 
prosentga yetadi. Temir rudasi konlari yirik konlar hisoblanib, turli 
sharoitlarda hosil bo’ladi. Ular orasida kembriy davridan oldin paydo 
bo’lgan temirli kvarsitlarning gematit va magnetitdan nborat 
metamorfogen konlari muhim ahamiyatga ega.
Qora metallar - temir va uning qotishmalarini sanoatda atalishi; 
uglerodli temir qotishmalari - po’lat va cho’yan, shuningdek ferro 
qotishmalar keng tarqalgan. Rudalardan metallni sof holda ajratib 
olish ishi texnikada qaytarish, termik parchalash, almashinish 
prossesslash 
natijasida 
metallurgiyaning 
turli 
tarmoqlari 


44 
(pirometallurgiya, gidrometallurgiya va elektro metallurgiya)da 
amalga oshiriladi. Nihoyatda toza metal olish uchun moddalarni 
vakuumda haydash metodidan ham foydalaniladi. Keyingi yillarda 
zonalar bo’ylab suyuqlantirish metodi ko’p qo’llanilmoqda. Bu metod 
yod moddaning suyuq metallda yaxshiroq, qattiq metallda yomonroq 
yeyilishga asoslangan. Zonalar bo’ylab suyuqlantirish metodi asosida 
(elektron-nur lampalar bilan qizdirib) niobiy, tantal, volfram va 
boshqa M. yot moddalardan tozalanadi. Metall toza holda kamdan-
kam ishlatiladi. Ko’pincha qotishma holida qo’llaniladi. Masalan, 
cho’yan, po’lat, jez, bronza, konstantan, melxior, nixrom va boshqa 
Atmosfera sharoitida metall yemiriladi (korroziyaga uchraydi). Metall 
buyumlarni yemirilishdan saqlash alohida ahamiyatga ega. Maxsus 
zanglamaydigan po’latlarning yaratilishi bu masalani hal qilishga 
yordam beradi. Metall turmushda, ishlab chiqarishda, qurilishda, 
kosmonavtika, kemasozlik, mashinasozlik, samolyotsozlikda va 
boshqa ko’p sohalarda ishlatiladi. Ishlatilishi kerak bo’lgan qora 
metallar temir rudani suyuqlantirishga tayyorlash, asosan maydalash 
(pechga tiqish), g’alvirdan o’tkazish (elash), rudani yuvish, bekorchi 
jinslardan apparat yordamida tozalab boyitish (elektro magnit usuli), 
rudani qizdirish, Aglomerilasiyalash (Aglomerilasiya mashinasida 
bo’laklash), o’tralash (har hil shaxtadan) bo’lganligi uchun kimyoviy 
tarkibi normallash kabi operatsiyalar orqali qayta ishlanib talab 
darajasida qora metall qotishmalari (cho’yan va po’lat) olinar ekan. 
Kulrang cho’yan donsimon tuzilishga ega. Uni qirquvchi instrumenti 
bilan oson ishlov berish mumkin, suyuq holatda yaxshi quyiladi. 
Undan dastgohlarning staninasi, shkivlar va boshqa narsalar quyiladi. 
Kulrang cho’yanning asosiy kamchiligi - tezsinuvchanligi, shuning 
uchun undan zarbaga dosh beradigan, cho’ziladigan, egiladigan 
detallarni quyib bo’lmaydi. Oq cho’yan o’ta qattiqligi, sinuvchanligi, 
va qirqish qiyinligi bilan farqlanadi. U po’lat olish uchun ishlatiladi. 
Po’lat tarkibida uglerod (2 % gacha) va boshqa kimyoviy clcmcullar 
bor. Po’lat marten, konverter va elektr pechlarda oq cho’yanning 
tarkibidagi uglcrodni yondirish yo’li bilan olinadi. Po’latni kislorod 
konverterda eritib olish eng tejamkor usul hisoblanadi. Eng keng 
tarqalgan usuli esa bu marten pech orqali quyishdir. Konstruksion 
sifatli po’latlar tarkibida fosfor yoki oltingugurt oz qo’shimcha 
miqdorda bo’ladi. Ulardan qattiq kuch ta’sirida chidaydigan detal va 
konstruksiyalar tayyorlanadi (shesterniya, tros simian, ko’prik va 


45 
kranlaming konstruksiya elementlari). Instrumental po’latlarda 
uglerod miqdori 0,7% dan oshiqroq bo’ladi. Konstruksion po’latlarga 
qaraganda instrumental po’latlar qattiqroq, mustahkamroq va 
chidamliroq bo’ladi. Ulardan asosan o’lchaydigan, qirqadigan va 
montaj instrumentlar tayyorlanadi. Legirlangan po’latlar tarkibida, 
kerak bo’lgan xossasiga qarab quyidagi elementlar qo’shimcha 
bo’lishi mumkin: nikel, xrom, volfram, kobalt, vannadiy, molibden, 
marganets, kremniy. 

Download 4,62 Mb.
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   189




Download 4,62 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Qora mеtаllаr va qоtishmаlаrining mехаnik хоssаlаri

Download 4,62 Mb.
Pdf ko'rish