42
1-
rasm. Metall namunalari.
Agar po’lat plastinka ustiga qo’yilgan kernerga bolg’a bilan
urilsa, plastinkada kichkinagina chuqurcha hosil bo’ladi. Bordi-yu, bu
ish mis plastinka bilan qilinsa, chuqurcha kattaroq bo’ladi. Bundan
po’lat misga nisbatan qattiqligini anglash mumkin. Agar metall tashqi
kuch ta’sirida o’z shaklini o’zgartirsa-yu sinmasa, uni plastik metall
deyiladi. Metallning mana shu xossasidan uni tekislashda, bukishda,
yoyishda va shtampovkalashda keng foydalaniladi. Metallning kuch
ta’siridan keyin yana o’z holatiga qaytishi uning egiluvchanligini
bildiradi. Po’latdan va misdan tayyorlangan prujinalarni bir paytda
tortib va qo’yib yuborib ko’ring. Bunda po’lat prujina yana o’z
holatiga kelishini, mis prujina esa cho’zilganicha qolishini ko’rasiz.
Demak, po’lat misga nisbatan bukiluvchan ekan.
Qayishqoqlik - metallning ortib boradigan kuchlarga qarshilik
ko’rsatish qobiliyatidir. Masalan, cho’yan plitaga bolga bilan urilsa, u
sinadi. Cho’yan mo’rt metalldir.