34
Taxtalarni yog’in - sochin va quyosh ta’siridan
saqlash
maqsadida shtabellarning usti, sifati past taxtalar bilan so’ngra nishab
qilib yopiladi. Yorilishning oldini olish maqsadida taxtalarning
ko’ndalang kesimiga ohak, loy, maxsus eritma chaplanadi yoki yelim
surtib qog’oz yoki material yopishtiriladi. Shuningdek, taxtalarni
taxlashda yuqori qavatdagi taxtalar
pastgi qavatdagilarga soya
beradigan qilib taxlanadi. Tabiiy quritish materialining qalinligi,
yog’ochning turi, namligi, harorati, yil fasllariga qarab 7 kundan 75
kungacha, ba’zan yil bo’yi davom etadi. Yog’ochlarni tabiiy holda
quritish eng sodda, oson va arzon usuldir. Lekin kamchiligi shundaki,
quritish
vaqti uzoq davom etadi, namligi 16 - 18 % gacha kamayadi
xolos. Bu esa duradgorlikda ishlatiladigan taxta materiallarga
qo’yiladigan talablarga javob bermaydi. Duradgorlikda namligi 8 - 12
% bo’lgan yog’ochlar ishlatiladi.
Yog’ochlarni sun’iy quritish maxsus quritish kameralarida olib
boriladi. Bu usulda quritiladigan taxtalar
kameraga terib taxlanadi va
issiq havo yuboriladi.
Kamerada quritishning tabiiy quritishga nisbatan bir qator
afzalliklari bor:
1) Kamerada quritish tabiiy quritishga qaraganda qisqa vaqt
ichida olib boriladi va keng maydonlarda bo’lishini talab etmaydi;
2) Yog’ochni xohlagan namlikkacha quritish mumkin;
3) Kamerada harakatning yuqori bo’lishi
tufayli chirituvchi
zamburug’larning faoliyati to’xtatiladi;
4) Quritishni aniq boshqarish mumkin bo’lgani uchun chatnash,
yorilish va tob tashlashning oldini olish mumkin;
5) Haroratning
yuqori
bo’lishi
natijasida
igna
bargli
Yog’ochlarning smolasi qotib qolib,
u keyinchalik buyum sirtiga
chiqmaydi.
Sun’iy quritishning kamchiligi ko’p miqdorda yoqilg’i va
kamera qurilmasi uchun ko’p mablag’ hamda material sarflanishidir.
Ho’l yog’ochning qurish tezligi avvalambor haroratga, havo
namligiga bog’liq. Qanchalik harorat yuqori va havo namligi past
bo’lsa, shunchalik yog’och tez quriydi. Yog’ochning qurishidan oldin
uning ustki qismidagi suv parchalanadi, yog’ochning o’rtasida hali
namlik mavjud bo’lib, u vaqt o’tishi bilan
ichkaridan ustki qismga
qarab harakatlanadi. Havo namligi bilan yog’och namligi
muvozanatga
kelguncha
yog’ochning qurishi davom etadi.
35
Yog’ochning qurishi yana uning anotomik ko’rinishiga ham bog’liq.
Yog’ochning qattiq navlari yumshog’iga nisbatan sekinroq quriydi.
Qurish yog’och tolasining bo’yi bo’yicha tezroq boradi. Daraxt
po’stlog’i uni qurishini sekinlashtiradi, shuning uchun po’stlog’idan
tozalangan yog’och tezroq quriydi. Yog’och to 19 - 23% namlikkacha
tez quriydi. Bu holat barcha ozod suv bug’langanda
va gigroskopik
suvni parchalanishi boshlanganda vujudga keladi. Yog’ochdagi
namlik miqdorini, undagi gigroskopik suv miqdoriga to’g’ri keladigan
miqdori tolaning to’yinganlik nuqtasi deyiladi. Yog’ochni qurish
davrida uning hajmi kamayadi. Bu jarayon gigroskopik suvni chiqib
ketishi vaqtidan boshlanadi va bu jarayon yog’ochni qurib kamayishi
deyiladi. qurish jarayonida yog’och hajmi 12 % ga kamayadi.
Yog’ochning qurib kamayish qiymati (hajm jihatdan) ko’ndalang
o’lcham bo’yicha bo’yiga nisbatan katta bo’ladi. Agar yog’ochning
qurib kichrayishi bo’yiga 0,1 - 0,3% ni tashkil etsa,
bu qiymat
ko’ndalang bo’yicha 3 - 10% ga teng.