30
yog’ochning sifatini belgilashda undan tayyorlanadigan buyum
kattaligiga mos bo’lgan sog’lom qismi bor yoki yo’qligini aniqlashdan
iborat. Yog’ochning ko’ndalang va bo’ylama qismlarini kuzatish
orqali uning ichki qismlari chirimaganligi,
boshqa turdagi
zararlanishga uchramaganligi hamda rangi va guldorligi aniqlanadi.
Sinab ko’rish usuli bilan yog’ochning qattiq-yumshoqligi,
zichligi hamda turli tashqi ta’sirlarga chidamliligi aniqlanadi.
Yog’ochning qattiqligi unga o’zidan qattiq buyumlarning uchini,
tig’ini, qirrasini botirib ko’rish orqali aniqlanadi.
Yog’ochning qancha og’irlikni egilmasdan ko’tarib tura olishi
tajriba yo’li bilan hamda tegishli hisob-kitoblar orqali aniqlanadi.
Bunday
tajribalar binolarni, imoratlarni qurish uchun qanday
yo’g’onlikdagi va uzunlikdagi yog’ochni ishlatish kerakligini
aniqlashda yordam beradi.
Yog’ochning sifati uning zax va namlikka,
suvda va zararli
mikroorganizmlarga hamda yog’ochni kemiruvchi qurtlarga
chidamlilik darajasi bilan ham belgilanadi. Yog’ochning shunday
zararli ta’sirlarga chidamliligini oshirish uchun unga turli kimyoviy
hamda tabiiy moddalar shimdiriladi, loklanadi, bo’yaladi.