II. Bob. Tabiiy geografiya fani ob’ekti va predmetini o’rganishning amaliy ahamiyati
II.1. Tabiiy geografiya fani ob’ekti va predmetining umumta’lim maktablari darsliklarida yoritilishi (V sinf misolida)
Erning shakli va kattaligi to’g`risidagi ma’lumotlar V sinf darsligida bir necha (1-3) mavzular mazmunida o’z aksini topgan.
P.Gulomov, R.Qurbonniyozovlarning Tabiiy Geografiya ( boshlang’ich kursi). O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`lim vazirligi umumiy o`rta ta`lim maktablarining 5-sinf uchun darsligida kirish qismi quyidagi savol-javoblar bilan boshlanadi.
1. Geografiya nimani o`rganadi?
- Geografiya va uning tarmoqlari haqida tushuncha. Geografiya juda qadimgi fan.
-Qadimgi yunon olimi Eratosfen kitob yozib, uni geografiya deb atagan.
Yunoncha “ge”-Er, “grafo”-yozaman degan ma`noni bildiradi., “Geografiya” “Erni tasvirlab yozaman”, “Erning tasviri” degan ma`nolarni anglatadi. Geografiya Er yuzining tabiati, aholisi va uning xo`jaligini o`rganadigan fandir. Geografiyani o`rganadigan kishilarni geograflar deb ataymiz. Uzoq vaqtgacha Geograflar Er yuzasi tabiatini, aholisi va ayrim mamlakatlarning xo`jaligini tasvirlab yozish bilan shug`ullanib kelishdi. Geograf-sayyohlar yangi Erlarni, dengiz va okeanlarni kashf qilishdi. Biroq Er yuzini tasvirlash, kattaligini aniqlash , xaritasini tuzish uchun bir necha ming yillar kerak bo`ladi. Geografiya fani rivojlanib borgan sari unda ikkita asosiy yo`nalish: tabiiy geografiya va iqtisodiy geografiya vujudga keldi.
|