2. Tabiiy geografiyani o`rganishning ahamiyati qanday?
Tabiiy geografiya Er yuzi tabiatining holati, uning o`zgarishi, ro`y beradigan tabiiy hodisalarni, tabiattdan foydalanilganda nimalarga e`tibor berish zarurligini o`rganadi. Inson yashashi uchun zarur bo`lgan hamma narsani - havo va suvni, oziq – ovqat va foydali qazilmalarni tabiatdan oladi. U uy – joylar quradi, konlarni ochadi, zavodlar shaharlar bunyod etadi, g`alla, paxta va boshqa ekinlar ekadi, chorva mollarini boqadi. Tabiat boyliklardan unumli foydalanish, uni avaylab asrash uchun esa, albatta, geografiya juda yaxshi bilish zarur. Tabiiy geografiya Er yuzi yoki uning biror joyi tabiatiga ta`rif berish bilan chegaralanmaydi. Tabiiy geografiya joy tabiatining nima uchun xima-xil ekanligi sabablarini tushuntiradi. Masalan, cho`l zonalarida yog`ingarchilikning kam, tog`lik hududlarda esa aksincha ko`p bo`lishini; to`g`lar ustida jazirama yozda ham qor erimay yotishini; ekvatorda yil bo`yi ob-havo bir xil issiq bo`lishi mo`tadil mintaqada esa to`rtta fasl aniq almashinib turishini tushuntirib beradi. Shuning dek tabiat “kanbag`allashib” ketmasligi, ifloslanmasligi Erlarni sho`r bosib unumdorligi pasaymasligi, daryolar qurib qolmasligi uchun tabiatdan, uning boyliklaridan qanday foydalanish kerak, qanday ishlarni amalga oshirish zarur, degan savollarga ham javob topasiz.
3. “Tabiiy geografiya boshlang`ich kursi”da nimalar o`rganiladi?
Siz Er yuzi tabiatining asosiy umumiy qonuniyatlarini bilib olasiz, tabiatni, unda ro`y beruvchi hodisalarni eng oddiy kuzatih usullarini o`rganasiz. Mazkur darslik bir qancha bo`limlardan iborat. Har bir bo`limdan muayyan bilimlarni egallaysiz. Joy plani va xarita bo`limini o`qib, plan va xaritada Er yuzasining katta qisimlari qanday qilib tasvirlanishini bilib olasiz va ulardan qanday foydalanish mumkin, degan savolga javob beradigan bo`lasiz.
|