|
PAZANDACHILIK ISHLARINI BAJARISHDA XAVFSIZLIK TEXNIKASI QOIDALARI
|
bet | 14/49 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 153,27 Kb. | | #247736 |
Bog'liq O’zbek milliy taomlaridan suyuq ovqatlar tayyorlash texnologiyas-www.hozir.orgPAZANDACHILIK ISHLARINI BAJARISHDA XAVFSIZLIK TEXNIKASI QOIDALARI
GAZ PLITALARIDAN FOYDALANISHDA:
1. Plitadan foydalanishdan ilgari xonani yaxshilab shamollatish kerek. Gorelka va duxobka shkafi krani yopiqligiga ishonch hosil qilgach,uni ochish.
2. Gorelka alangasi moviy rangda bo’lihi va bir maromda yonishi lozim.Agar sariq rangda bo’lsa, gorelkani qaytadan rostlash kerak.
3. Duxobka shkafi gorelkasini yoqishdan oldin uni 2 – 3 minut shamolatish kerak.
ELEKTR PLITASIDAN FOYDALANISH:
1. Ishga tushurushdan oldin elektir tarmog’iga ulanish o’tkazgichlari sozligini ko’zdan kechirish sipiral pilitka keramikasi ustida chiqib qolmaganligi tekshirib,plitkani o’tga chidamli taglikka o’rnatish kerak.
2. Pilitkani ishga tushurishda shtebsil vilkasi uyaga oxirigacha kirishi kerak.
3. Elektro plitkada ovqat tayorlashda faqat emalangan idishdan foydalanish lozim.
KESUVCHI ASBOBLAR BILAN ISHLAGANDA:
1. Juda extiyot bo’lib ishlash. Kartoshkani ariqchali pichoq bilan baliqni qirq’ich bilan tozalash,go’shtni qiymalagichda turtgich bilan kiritish kerak.Pichoq va sanchiqni tutqich tomoni bilan uzatish kerak.
2. Non va boshqa maxsulotlarni kesishda maxsus doskadan foydalanish va kesish qoidalariga amal qilish kerak.
3. Qirg’chdan foydalanganda ehtiyot bo’lishi kerak.
SUYUQLIKLAR (SUV,YOG’ VA B.) BILAN ISHLAGANDA:
1. Qaynayotgan suyuqlik idish chekkasidan to’kilib ketmasligini nazorat qilish.Suyuqlik juda kuchli qaynab ketsa,olovni pasaytirish.
2. Issiq idish qopqog’ini tutgich latta bilan ushlash va o’zidan nariga tomon ochish.
3. Tovani yog’och tutgichdan ushlagan holda avval past olovga qo’yish va zaruriy bo’lganda olovni ko’tarish lozim.
Birinch bob xulosasi.
Mehnat ta’limi bo’yicha Davlat ta’limi standarti pazandachilik yo’nalishida talabalar oziq – ovqat mahsulotlariga ishlov berish oshpazlik va qandolatchilik asoslari, oziq – ovqat mahsulotlarining inson hayotidagi o’rni, hususiyatlari, to’yimliligi, turlari, ovqatlanish me’orlari va tarkibi, taomlarning turlari, milliy taom va boshqa millat taomlari, oziq – ovqat sanoati ishlab chiqaradigan mahsulotlar turlari to’g’risida chuqur bilimlarni berishi talab qilinadi. Har qanday masalliqni lazzatli va foydali taomga aylantirish pazandaning mahoratiga bog’liqdir. Taom tayyorlash jarayoni ham ilmga asoslangan bir san’atdir.
Ovqat tayyorlash jarayoni fani – oziq – ovqat tovarshunosligi, ovqatlanish fiziologiyasi, ovqatlanish sanitariyasi va gigiyenasi ovqatlanishni tashkil etish, ovqat tayyorlash asbob va jihozlari kabi fanlar bilan bog’liq holda o’rgatiladi.
|
| |