O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti Mehnat ta’limi kafedrasi Amrullayeva Mohinur Fayzullayevna




Download 153,27 Kb.
bet15/49
Sana21.05.2024
Hajmi153,27 Kb.
#247736
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   49
Bog'liq
O’zbek milliy taomlaridan suyuq ovqatlar tayyorlash texnologiyas-www.hozir.org

II.BOB. ASOSIY QISM.

2.1. SUYUQ TAOMLAR.
Suyuq taomlar tushki ovqatlanishning asosiy qismi hisoblanadi. Ular ikki qismdan, suyuq va quyuq garnir qismidan tashkil topadi. Qaynatma quruq sho'rva, sut, yorma yoki sabzavot meva qaynatilgan suv, kvas va boshqalar suyuq qism hisoblanadi. Tushki taomning suyuq qismida ekstraktiv va mineral moddalar, organik birikmalar bo'lib, ular taomni mazali va xushxo'r qiladi, ishtahani ochib so'lak bezlaridan suyuqlik ishlab chiqarilishiga sabab bo'ladi. Taomning quyuq qismi sifatida har xil mahsulotlar: sabzavotlar, qo'ziqorin, yorma, dukkakli va makaron mahsulotlari, baliq, go'sht, parranda va boshqalar ishlatiladi. Taomning quyuq qismida oqsil, yog', uglevod, mineral moddalar, darmondorilar bo'ladi. Suyuq taomning ozuqalik ahamiyati uncha yuqori bo'lmay, 1 litr qaynatma quruq sho'rva 15—20 kaloriyaga egadir. Biroq taomning quyuq qismi bo'lganligi sababli, suyuq taomlarning ko'pi yuqori darajali ozuqalik ahamiyatiga ega.
Suyuq taom turlari har xil bo'ladi. Tarqatishdagi harorat darajasiga qarab, sovuq va issiq taom, issiqlarining harorati 75°C dan kam bo'lmasligi, sovuqlarining harorati 14°C dan yuqori bo'lmasligi kerak. Tayyorlanish usuliga qarab gazak, pyure tiniq va boshqa ko'rinishdagi turlarda bo'ladi.
Tarkibidagi suyuqligiga qarab: qaynatma quruq sho'rva sabzavot yoki yorma qaynatmasida, sutda, non kvasida, sut mahsulotida tayyorlangan bo'ladi.

Issiq suyuq taomlar suyuq taom tayyorlash sexida sovuqlari esa sovuq taom tayyorlash sexida tayyorlanadi. Suyuq taomlar statsionar yoki plita ustiga qo'yiladigan qozonlarda, kastryulkada, suyuq taomga mo'ljallangan tovoqchalarda tayyorlanadi. Undan tashqari, suyuq taom tayyorlashda tovalar, soteyniklar, temir tovalar, chovli, g'alvir, kapgir, cho'mich, muhrlangan taxtakachlar, turli pichoqlardan foydalaniladi. Pazandaning ish joyida stol tarozilari, taxtakachlar, pichoqlar; ziravorlar solingan idishlar va ishlovdan o'tgan mahsulotlar (sho'r bodring, jazlangan sabzavot, ko'kat va hokazolar) bo'lishi lozim.




Download 153,27 Kb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   49




Download 153,27 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti Mehnat ta’limi kafedrasi Amrullayeva Mohinur Fayzullayevna

Download 153,27 Kb.