• Kartoshka va karamli borsh.
  • «Ukrain»cha borsh
  • Flotcha borsh.
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti Mehnat ta’limi kafedrasi Amrullayeva Mohinur Fayzullayevna




    Download 153,27 Kb.
    bet23/49
    Sana21.05.2024
    Hajmi153,27 Kb.
    #247736
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   49
    Bog'liq
    O’zbek milliy taomlaridan suyuq ovqatlar tayyorlash texnologiyas-www.hozir.org

    «Moskva»cha borsh. Go'sht qaynatmasida mol go'shti suyaklari qaynatilib suziladi va yuqoridagi usulda borsh tayyorlanadi. Pishirilgan mol go'shti, sosiska borshga solinadigan go'sht mahsulotlaridir. Taom iste'mol uchun tarqatilayotganda chuqur likobchaga tayyorlangan go'sht mahsulotidan bir bo'lakdan solinib, ustidan borsh quyilib, uning ustiga qaymoq, oshko'k solib, alohida kichik likobchada esa suzmali vatrushka beriladi.

    Kartoshka va karamli borsh. Qaynab turgan qaynatmaga to'g'ralgan karam solinadi. Qaynab chiqqach, to'rtburchakli uzun kesilgan kartoshka, jazlangan sabzavot solinib 10—15 minut qaynatiladi. So'ng dimlangan yoki qaynatilgan qizilcha solinib, taom tayyor holga kelguncha qaynatiladi. Iste'molga tayyor bo'lishidan 5—10 minut avval ta'bga ko'ra tuz, ziravor, shakar solinadi. Qovurilib suv yoki qaynatmada aralashtirilgan un ham solish mumkin.
    Qizilcha 200 g, yangi karam 200 g yoki tuzlangan karam 86 g, kartoshka 107 g, sabzi 50 g, petrushka (ildizi) 13 g, boshpiyoz 48 g, tomat pyuresi 30 g, pazandachilik yog'i 20 g, shakar 10%, 3% li sirka 16 g, qaynatma 800 g.


    «Ukrain»cha borsh qaynab turgan qaynatmaga somoncha shaklida kesilgan karam solib qaynash darajasiga yetkaziladi, pallacha yoki to'rtburchakli uzun kesilgan kartoshka solinib, 10—15 minut qaynatiladi, so'ng jazlangan sabzavot, dimlangan qizilcha solinadi va qaynatiladi. Somoncha shaklida kesilgan shirin qalampir, qovurilib qaynatma yoki suvda aralashtirilgan un, tuz, ziravor, shakar qo'shib tayyor holga kelguncha qaynatiladi. Tarqatishdan avval borshga cho'chqa yog'ining sarimsoqpiyoz bilan ezilgani solib aralashtirilishi lozim. Agar borshch tuzlangan karamdan tayyorlanadigan bo'lsa, uni kartoshka pishishga yaqinlashgandan so'ng solish lozim.
    Tarqatishda chuqur likobchaga go'sht solinib, borsh suziladi, ustidan qaymoq, oshko'k sepilib, pompushka esa alohida likobchada beriladi.


    Flotcha borsh. Suyak qaynatmasida molning to'sh yoki boshqa bo'lak go'shti qaynatiladi. Karam to'rtburchak, qolgan sabzavotlar tilim-tilim, kartoshka esa kubik shaklida kesiladi. Bu borsh kartoshka va karamli borshga o'xshash tayyorlanadi.
    Tarqatishda chuqur likobchaga 1—2 bo'lak pishirib kesilgan, dudlangan cho'chqa go'shti, ustidan flotcha borshch suzilib, qaymoq va oshko'k qo'shiladi, alohida holda pompushka yoki grechixa bo'tqasi berilishi mumkin.



    Download 153,27 Kb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   49




    Download 153,27 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti Mehnat ta’limi kafedrasi Amrullayeva Mohinur Fayzullayevna

    Download 153,27 Kb.