|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti Mehnat ta’limi kafedrasi Amrullayeva Mohinur Fayzullayevna
|
bet | 19/49 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 153,27 Kb. | | #247736 |
Bog'liq O’zbek milliy taomlaridan suyuq ovqatlar tayyorlash texnologiyas-www.hozir.orgGo'shtli suvak qaynatmasi. Bunday qaynatma tayyorlash uchun 1,5—2 kilogramm vazndagi to'sh, qo'l, qo'l osti, qovurg'a go'shti ishlatiladi.
Ishlovdan o'tib tayyorlangan suyak sovuq suvga solinib, 2—3 soat ko'pik va yog'lari suzib turilgan holda past olovda qaynatiladi. So'ngra go'sht bo'laklari solinib, olov ko'tarilib, tezda qaynash darajasiga yetkaziladi, ustidagi ko'piklari olinib past olovda 1,5—2 soat qaynatiladi. Taom tayyor bo'lishidan 30—40 minut avval me'yorini mo'ljallab yog'siz jazlangan ko'kat ildizi, sabzi, piyoz va taom xushxo'rligini oshiruvchi ko'katlar solinadi. Sho'rva pishib yetilgach go'shti olinib, qaynatma elakdan o'tkazib suziladi.
Bunday qaynatmani yana boshqa usulda ham tayyorlash mumkin. Buning uchun tayyorlangan suyak va go'sht mahsulotlari qozonga solinib, ustidan sovuq suv quyiladi, olovni baland ko'tarib qaynatiladi. Qaynagach, olov pasaytirilib, vaqti-vaqti bilan ustidagi ko'pik olib turiladi. Qozondagi mahsulot 1,5—2 soat qaynatilib, go'shti olinadi. Suyak esa yana qaynatiladi. Taom tayyor bo'lishdan 30—40 minut avval yog'siz jazlangan ko'kat ildizi, sabzi, piyoz va taom xushxo'rligini oshiruvchi ko'katlar solinadi. Tayyor qaynatma elakdan o'tkazib suziladi.
Parranda go'shtidan tayyorlangan qaynatma quruq sho'rva. Parranda go'shtidan qaynatma quruq sho'rva tayyorlash uchun butun parranda go'shti, parranda kalla—pochalaridan, yurak, oshqozon, bo'yin umurtqasi, bosh, qanot, bo'yin go'shti va suyaklaridan foydalaniladi. Butun parrandaning oyoq qanotlari, bo'yin ko'rinishi ixchamlashtirib pishirishga tayyorlanadi, suyaklari chopilib yuviladi. Tayyorlangan mahsulot ustiga sovuq suv quyilib qaynatiladi, qaynab chiqqach, olov pasaytirilib, vaqti-vaqti bilan ustidagi ko'pik va suzib chiqqan yog'i olib turiladi. Qozondagi masalliq 20—30 minut qaynagandan so'ng yog'siz jazlangan ko'kat ildizi, piyoz solinadi. Parrandaning turi va yoshiga qarab qaynash jarayoni 1 soatdan 2 soatgacha davom etadi.
Taom tayyor bo'lgach, uni elakda suzib olinadi. Agar qaynatma tayyorlashda butun parranda go'shti, uning kalla-pochalari, suyaklari birga ishlatilsa, dastlab suyak va kalla-pochalar qaynatib pishiriladi, butun parranda go'shti esa uning pishib yetilish vaqti hisobga olinib, keyin solinadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti Mehnat ta’limi kafedrasi Amrullayeva Mohinur Fayzullayevna
|