|
Yorma, dukkakli va makaron mahsulotlaridan tayyorlanadigan sho'rvalar
|
bet | 27/49 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 153,27 Kb. | | #247736 |
Bog'liq O’zbek milliy taomlaridan suyuq ovqatlar tayyorlash texnologiyas-www.hozir.orgYorma, dukkakli va makaron mahsulotlaridan tayyorlanadigan sho'rvalar.
Bu guruhdagi sho'rvalar uchun so'k, arpa, guruch, manna, suli kabi yormalar, no'xat, loviya, yasmiq kabi dukkaklilar, rojki, ugra, vermishel, har xil shakldagi mayda makaron mahsulotlari ishlatiladi. Bu sho'rvalar suyak, suyakli go'sht, parranda go'shti qaynatmasida, qo'ziqorin pishirilgan suvlarda tayyorlanadi.
Yormali sho'rva. Qaynab turgan qaynatmaga tayyorlangan yorma solingach, mayda kubik shaklida to'g'ralgan jazlangan sabzavot solinadi. Qaynatib, taom tayyor bo'lishi oldidan tuz, ziravor qo'shiladi. Jazlangan tomat pyuresi yoki pallacha qilib to'g'ralgan yangi pomidor ham solish mumkin.
Tarqatishda chuqur likobchaga go'sht yoki parranda go'shti bo'lagidan solinib, sho'rva suziladi, ustidan ko'kat solinadi.
Xarcho. Bu suyuq taom gruzin milliy taomi hisoblanadi. U bir necha xil usulda tayyorlanishi mumkin. Quyidagisi eng ko'p yoyilgani. Mol yoki qo'y go'shtining to'sh qismi (suyagi bilan) 25—30 g hisobida kubik chopiladi. Qozonga solinib, ustidan sovuq suv quyiladi, tez qaynashi uchun olov ko'tariladi. Suv yuziga chiqqan ko'piklari olib turiladi. Qaynab chiqqach, go'shti yumshab pishguncha past olovda qaynatib, suyuqligi suzib olinadi. Tomat jazlanadi,bosh piyoz mayda to'g'ralib tayyorlangandan so'ng jazlanadi. Qalampir shirin, maydalab to'g'raladi. Elakda suzilgan qaynatmaga go'sht bo'laklari solinadi, sho'rva qaynagach, saralab yuvilgan guruch solinib, jazlangan piyoz qo'shib qaynatib, taom tayyor bo'lishdan avval jazlangan tomat pyuresi, sardagi, ko'kat, chopib ezilgan sarimsoqpiyoz qo'shiladi.
Tarqatishda likobchaga xarcho suzilib, ustidan petrushka yoki kashnich ko'kati qo'shib beriladi. Agar xarcho ko'p miqdorda tayyorlansa, go'sht qozonda taom tayyor bo'lgunga qadar pishirilib, tarqatishda likobchaga solib beriladi.
Dukkakli mahsulot solingan sho'rva. Go'sht mahsuloti va dudlangan to'sh go'shti suyagidan qaynatma tayyorlanadi. Dukkakli mahsulotlar saralanib, yuvib, sovuq suvda ivitilgandan so'ng shu suvda past olovda tuz solinmay, yumshaguncha pishiriladi. Ko'kat ildizi, piyoz mayda kubik shaklida to'g'ralib, jazlanadi. Qaynab turgan qaynatmaga tayyorlangan dukkakli mahsulot solinib qaynatiladi, taom tayyor bo'lishidan oldin jazlangan sabzavot, piyoz, tuz va ziravor solinadi. Tarqatishda likobchaga sho'rva suzib, ustidan ko'kat solinadi. Qotirilgan burda non alohida beriladi. Uni tayyorlash uchun suvi qochgan oq bo'lka non qobig'i tozalanib, mayda kubik shaklida to'g'raladi, duxovkaga qo'yib quritiladi. Dukkakli mahsulot solingan sho'rvaga tomat pyuresi qo'shib tayyorlash ham mumkin.
Loviya, tozalangan no'xat yoki yasmiq 141 g, sabzi 50 g, petrushka (ildizi) 13 g, yog' 20 g yoki dudlangan cho'chqa go'shi 80 g, qaynatma 800 g.
|
| |