• «DaIa shorvasi».
  • Dukkakli mahsulotlar solingan kartoshkali shorva.
  • Kartoshkali makaron mahsulotlari solingan shorva.
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti Mehnat ta’limi kafedrasi Amrullayeva Mohinur Fayzullayevna




    Download 153,27 Kb.
    bet26/49
    Sana21.05.2024
    Hajmi153,27 Kb.
    #247736
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   49
    Bog'liq
    O’zbek milliy taomlaridan suyuq ovqatlar tayyorlash texnologiyas-www.hozir.org

    Kartoshka va yormali sho'rva. Kartoshka katta kubik, sabzi, petrushka, boshpiyoz — mayda kubik shaklida to'g'raladi. Ko'kat ildizi va piyoz jazlanadi. Vorma (mannadan tashqari) saralanib, yuvilib, issiq suvda ivitiladi, arpa yormasi yarim tayyor holgacha qaynatib olinadi, manna yormasi elanadi.
    Qaynab turgan qaynatmaga tayyorlangan yorma solinib, 10 minut qaynatiladi, so'ng kartoshka, jazlangan sabzavot solib yana qaynatiladi. Sho'rva tayyor bo'lishidan 5—10 minut avval tuz, ziravor solinadi. Manna yormasini esa sho'rva tayyor bo'lishidan 10 minut avval oz-ozdan naycha usulida solib pishiriladi. Sho'rva likobchaga suzilib, ustiga ko'kat solinadi.
    Kartoshka 427 g, yorma (arpa, suli, guruch yoki so'k) 40 g yoki manna 30 g, sabzi 50 g, petrushka (ildizi) 13 g, bosh piyoz 48 g, yog' 10 g, qaynatma 750 g.
    «DaIa sho'rvasi». Cho'chqa yog'i kubik shaklida kesilib qovuriladi, undan chiqqan yog'da mayda kubik shaklida to'g'ralgan piyoz jazlanadi. Kartoshka ham kubik shaklida to'g'raladi. Qaynab turgan qaynatma yoki suvga cho'chqa yog'i va erigan yog'da jazlangan piyoz, ishlovdan o'tgan so'k yormasi solinib, 10—15 minut qaynatiladi. So'ng kartoshka solinadi, tuz, ziravor qo'shib taom tayyor holga kelguncha past olovda qaynatiladi.
    Tarqatishda chuqur likobchaga sho'rva suzilib, ustidan ko'kat solib beriladi.


    Dukkakli mahsulotlar solingan kartoshkali sho'rva. No'xat, loviya, yasmiq saralanib, yuviladi, o'z vazniga nisbatan 2—3 barobar ko'p sovuq suvda 2—3 soat ivitiladi. So'ngra ivitilgan suvida tuz qo'shilmay, past olovda, usti berkitilgan holda yumshaguncha qaynatiladi. Kartoshka yirik kubik shaklida to'g'raladi. Qaynab turgan qaynatmaga pishirilgan dukkakli mahsulot solinib, qaynatiladi. Sho'rva qaynab chiqqach, kartoshka, jazlangan sabzavotlar solinadi. Taom tayyor bo'lishdan avval tuz, ziravor qo'shib maromiga yetkazib pishiriladi. Tarqatishda chuqur likobchaga go'sht bo'lagi solinib sho'rva suziladi, ustidan ko'kat solib beriladi.

    Kartoshkali makaron mahsulotlari solingan sho'rva. Makaron saralanib, uzunligi 3—4 sm qilib bo'linadi. Ugrali, vermishel, makaronli sho'rva uchun kartoshka to'rt burchakli uzun yoki pallacha shaklida to'g'raladi. Sho'rvaga har xil shakldagi makaron solinadi. Sabzi, petrushka ildizi makaronli sho'rva uchun to'rt burchakli uzun ugrali yoki vermishelli sho'rva uchun somoncha, har xil shakldagi makaron mahsuloti uchun parrak-parrak piyoz halqa shaklida to'g'raladi. Sho'rva tovuk, kalla-pocha mahsuloti, parranda, mol go'shti, go'sht konservasi, qo'ziqorin mahsulotlari bilan tayyorlanadi.
    Qaynab turgan qaynatmaga makaron yoki ugra solinib, 10—15 minut qaynatiladi, so'ng kartoshka, jazlangan sabzavot, tuz, ziravor, jazlangan tomat pyuresi solinib, taom tayyor bo'lgunga qadar pishiriladi. Sho'rvani tomat pyuresi qo'shmay tayyorlasa ham bo'ladi. Agar sho'rva vermishel, har xil shakldagi mayda makaron mahsulotlari solib tayyorlanadigan bo'lsa, ular taom tayyor bo'lishidan 10—15 minut avval, ya'ni jazlangan sabzavotlardan so'ng qozonga solinib, tayyor holga keltiriladi. Tarqatishda chuqur likobchaga go'sht, tovuq bo'lagi yoki kalla-pocha solinib, ustidan sho'rva suzib, ko'kat solib beriladi.



    Download 153,27 Kb.
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   49




    Download 153,27 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti Mehnat ta’limi kafedrasi Amrullayeva Mohinur Fayzullayevna

    Download 153,27 Kb.