|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti Mehnat ta’limi kafedrasi Amrullayeva Mohinur Fayzullayevna
|
bet | 22/49 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 153,27 Kb. | | #247736 |
Bog'liq O’zbek milliy taomlaridan suyuq ovqatlar tayyorlash texnologiyas-www.hozir.orgBorshlar
Borsh deb tarkibida qizilcha bo'lgan suyuq taom turiga aytiladi. Borsh ukrain milliy taomi bo'lib, go'sht, suyak, qo'ziqorin ba'zida parranda qaynatmalaridan va go'shtsiz tayyorlanishi mumkin.
Tarkibidagi mahsuloti, tayyorlanish usuli, mazasiga qarab borshlar turlicha bo'ladi. Qizilchadan tashqari borsh tayyorlashda sabzi, petrushka, selderey, tomat yoki pomidor, piyoz, sirka, shakar, ko'pincha oq o'zakli karam ishlatiladi va turlariga qarab kartoshka, loviya, garmdori va boshqa mahsulotlar qo'shiladi. Qizilcha flotcha va sibircha borsh uchun tilim-tilim, qolganlariga somoncha shaklida kesib solinadi. Qizilchani dimlab, jazlab, pishirib va yopib borsh tayyorlashda foydalanish mumkin.
Dimlash uchun to'g'ralgan qizilcha qozonga miqdoriga nisbatan 15—20% suv yoki qaynatma bilan birga solinib, yog', tomat pyure, sirka, shakar qo'shilib, vaqti-vaqti bilan aralashtirilgan, usti berk holda 1—1,5 soat davomida dimlanadi. Qizilchaga sirka qo'shilmay dimlansa, u tez yumshoq holga keladi, ammo o'z rangini tez yo'qotadi. Shu sababli qizilchani dimlash jarayonida masalliq tayyor bo'lishidan 10 minut avval sirka va tomat pyuresini ko'shish maqsadga muvofiqdir. Agar to'q qizil rangdagi qizilcha bo'lsa, sirka qo'shilmay dimlash mumkin. Ba'zida qizilcha jazlangan sabzavot, karam bilan ham dimlanadi.
Jazlash uchun to'g'ralgan qizilcha, sabzi, piyoz qizdirilgan yog'da yumshoq holga kelguncha vaqti-vaqti bilan aralashtirib jazlanadi va sirka, tomat pyuresi, shakar qo'shilib, 10—15 minut davomida issiq ishlov beriladi. Bu usulning ahamiyati shuki, vaqt tejaladi, bo'yovchi ranglar saqlanadi, mahsulotning xushxo'rligi oshadi. Bu usulda jazlashda yog' miqdori ko'proq sarf bo'ladi.
Qizilchani qaynatish uchun tozalanib sirka qo'shilgan yoki tozalanmay yaxshilab yuvilgan holda sirkasiz suvda pishirish mumkin. Po'sti bilan pishirilgan qizilcha po'sti tozalanib, somoncha yoki tilim-tilim shaklda kesilib, jazlangan sabzavot tomat pyuresi bilan birga borshga solinadi.
Borsh tayyorlashda tarkibida qizilcha, sabzi, piyoz, petrushka, yog', un, shakar, sirka, zira bo'lgan «borsh ziravorlari»dan ham foydalanish mumkin. Ziravorlar 1 porsiyaga 75 gramm hisobida borsh tayyor bo'lishidan 10—12 minut avval solinadi.
Borsh tayyorlashda ishlatiladigan yangi karam somoncha shaklida, flotcha va sibircha borsh uchun esa to'rtburchak shaklida kesiladi. Sho'r karam esa avval dimlanadi. Kartoshka to'g'ri to'rt burchakli uzun shaklda, flotcha va sibircha borsh uchun esa katta kubik shaklida kesiladi, Sabzi, piyoz-somoncha shaklida, flotcha, sibircha borsh uchun esa tilim-tilim shaklida to’g'ralib jazlanadi. Borsh tayyorlashda qaysi mahsulotni qozonga qachon va qanday ketma-ketlikda solinishi, tayyor holga agar borsh tayyorlash uchun tuzlangan karam ishlatilsa, uni dimlangan qizilcha bilan birga borsh tayyorlanayotganda solinadi. Borshga qovurilgan unni qaynatmada yoki suvda aralashtirib solish mumkin.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti Mehnat ta’limi kafedrasi Amrullayeva Mohinur Fayzullayevna
|