|
Sabzavot solingan sutli suyuq taom
|
bet | 30/49 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 153,27 Kb. | | #247736 |
Bog'liq O’zbek milliy taomlaridan suyuq ovqatlar tayyorlash texnologiyas-www.hozir.orgSabzavot solingan sutli suyuq taom. Sabzi pallacha to'rt burchakli uzun yoki kubik shaklida to'g'ralib, sariyog' yoki margarinda yuzaki jazlanadi. Gulkaramning gulchalari ajratiladi, oq o'zakli karam shashka, kartoshka pallacha yoki kubik shaklida to'g'raladi. Ko'k loviya qo'zog'i bilan kvadrat yoki romb shaklida kesilib, tuzsiz suvda alohida pishirib olinadi. Qaynab turgan tuzli suvga jazlangan sabzi solinib, qaynatiladi, so'ng kartoshka, gulkaram yoki oq o'zakli karam solinib, yarim tayyor holga kelguncha pishiriladi. So'ng unga qaynab turgan sut solinib, maromiga Pyure suyuq oshini tayyorlash uchun ishlatiladigan mahsulotlar turli issiq ishlovlardan o'tkaziladi. Pishiriladi, dimlab yumshoq holga keltiriladi, so'ng ezuvchi mashina yoki elak yordamida ezib tayyorlanadi. Vomon eziladigan mahsulotlar, avval go'sht qiymalagichda maydalanib, so'ng ezuvchi mashina yordamida ezilishi kerak. Ezilgan mahsulotlarni suyuqlik, oq sardak bilan aralashtirishdan maqsad, mayda mahsulotlarning cho'kma hosil qilmay, bir xil quyuqlikdagi holatini saqlab qolishdan iborat.
Pyure suyuq oshlari vegetarian usulda, suyak parranda go'shti qaynatmasida, sabzavot yoki yorma qaynatilgan suvda, sutda tayyorlanadi. Oq sardak tayyorlash uchun un yog'siz yoki yog' bilan rangi o'zgartirmay jazlanadi, sovutilib, qaynatma yoki mahsulot qaynatilgan suvda aralashtiriladi. Ba'zida pyure suyuq oshlar un qo'shilmay tayyorlanishi mumkin. Bunda un o'rniga guruch yoki pishirib ezilgan arpa yormasi qo'shiladi. Pyure suyuq oshlarini mazali, xushxo'r qilib tayyorlash uchun ularga sariyog', qaynoq sut lezon qo'shiladi. Sariyog', sut lezon qo'shilgan suyuq oshni 70°C dan yuqori darajada isitish mumkin emas, chunki taomdagi oqsil moddasi 70°C dan yuqori darajada qumoq-qumoq bo'lib ajralib qolishi mumkin.
Taomni tarqatishda likobchaga pishirilgan mahsulotdan porsiyasiga 15—20 gramm hisobida solinadi. Alohida idishda mayda kubik shaklida kesilib, quritilgan oq bo'lka non, jo'xori yoki bug'doy, bodroqlori, gumma tortiladi.
Sabzavotli pyuresimon suyuq taomlar
Bunday pyure suyuq oshlari kartoshka, sabzi, gulkaram, ko'k no'xat, qovoqcha pomidor va boshqa bir xil yoki bir necha xil sabzavotlardan tayyorlanadi.
|
| |