• Gosht mahsulotli pyuresimon suyuq taomlar
  • Guruch yoki arpali pyure suyuq oshi




    Download 153,27 Kb.
    bet33/49
    Sana21.05.2024
    Hajmi153,27 Kb.
    #247736
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   49
    Bog'liq
    O’zbek milliy taomlaridan suyuq ovqatlar tayyorlash texnologiyas-www.hozir.org

    Guruch yoki arpali pyure suyuq oshi. Sabzi, piyoz va petrushka ildizi to'g'ralib sariyog'da yuzaki jazlanadi. Tayyorlangan yorma qaynab turgan qaynatma yoki suvga (1 kg yormaga 5 1 suyuqlik solinadi) solinib, sariyog' qo'shilib, qopqog'i yopilgan holda, past olovda yarim tayyor holgacha pishirilgandan so'ng, jazlangan sabzavot qo'shiladi, yumshoq ezilarli darajaga kelguncha qaynatiladi va o'z suyuqligi bilan elak yoki ezuvchi mashinada eziladi. Ezilgan mahsulot, oq sardak o'z qaynatmasida aralashtirib qaynash darajasiga yetkaziladi, lezon, sariyog' qo'shib tayyor holga keltiriladi. Suyuq oshga oq sardak qo'shmay tayyorlash ham mumkin. Alohida qaynatmada yumshoq pishirilgan guruch yoki arpa yormasi tayyorlanadi. Tarqatishda chuqur likobchaga pishirilgan yorma, yormali pyure suyuq oshi suzilib, alohida likobchada qotirilgan non tortiladi.
    Dukkak mahsulotli pyure suyuq oshi. Saralab tozalangan no'xat yoki loviya yuvilib, 2—3 soat ivitiladi, so'ng no'xat yoki loviya yuzasini 1—2 sm ko'mib turadigan qilib qaynatma yoki suv quyiladi va ular yumshaguncha tuz solmay pishiriladi. Qaynash natijasida suvi kamayib qolsa, zarur miqdorda qaynoq suv solib turiladi, So'ng jazlangan sabzi, petrushka, piyoz solinib taom tayyor bo'lgungacha pishiriladi. Pishgan mahsulot eziladi, oq sardak tuz solib qaynatiladi. Iste'molga tayyor bo'lgan taom sariyog', qaynoq sut yoki qaymoq qo'shib aralashtiriladi.
    Tarqatishda chuqur likobchaga suyuq osh suzilib, alohida likobchada qotirilgan non beriladi. Bu suyuq osh dudlangan cho'chqa to'shi yoki biqin go'shtidan tayyorlanishi mumkin. Dudlangan cho'chqa go'shti mayda kubik shaklida to'g'ralib, oz suvda qaynatilib, suyuqligi suzilib, no'xat yumshoq holga kelgandan so'ng suyuqligi qo'shiladi, go'shti esa tarqatishda likobchaga solib beriladi.
    Go'sht mahsulotli pyuresimon suyuq taomlar
    Go'sht mahsulotli pyure suyuq oshlari parranda, quyon, mol yoki buzoq jigarlaridan tayyorlanadi. Parranda avval pishiriladi, jigar esa qovuriladi.


    Parranda pyure suyuq taomi. Bog'langan parranda go'shti pishgunicha qaynatiladi. Pishirish jarayonida petrushka ildizi, sabzi, piyoz solinadi. Pishgach suyuqligidan suzilib, sovutiladi, go'shti suyagidan ajratiladi. Suyakdan ajratilgan lahm go'sht bo'laklarga bo'linib go'sht qiymalovchi yoki ezuvchi mashinadan o'tkazilib, qaynatma bilan aralashtiriladi. Tayyorlangan parranda go'shti yog'och ocqlov yordamida oz-ozdan sovuq qaynatma qo'shib eziladi va aralashtiriladi, so'ng elakdan suzib o'tkaziladi. Ezilgan mahsulotga oq sardak, tuz solib qaynatiladi. Iste'molga tayyor bo'lgan suyuq oshga lezon qo'shib aralashtiriladi.
    Tarqatishda likobchaga somoncha shaklida kesilgan parrandaning pishirilgan file go'shti solinib, ustidan parranda pyure suyuq oshi suzilib, alohida likobchada qotirilgan non tortiladi.
    Jigarli pyure suyuq oshi. Ishlovdan o'tgan jigar bo'lakka bo'linadi, sariyog'da yuzaki jazlanib, jazlangan sabzi, petrushka ildizi, piyoz qo'shilib, biroz qayhatma yordamida yumshoq holga kelguncha dimlanadi va mashina yoki elak yordamida eziladi. Ezilgan mahsulotga oq sardak, qaynatma, tuz qo'shib, qaynatiladi. biroz sovutilib lezon va sariyog' solinadi.
    Tarqatishda suyuq osh likobchaga suziladi, alohida likobchada qotirilgan non tortiladi.
    Mol jigari 120 g yoki qo'y, cho'chqa, buzoq, jigari 114 g yoki tovuq, kurka, o'rdak, g'oz jigari 100 g (chiqitqisiz), sabzi 50 g, petmshka (ildizi) 27 g, bosh piyoz 48 g, bug'doy uni 40 g, sariyog' 40 g, sut 150 g, tuxum 1/4 dona, qaynatma yoki suv 800 g.

    Download 153,27 Kb.
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   49




    Download 153,27 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Guruch yoki arpali pyure suyuq oshi

    Download 153,27 Kb.