O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti Mehnat ta’limi kafedrasi Amrullayeva Mohinur Fayzullayevna




Download 153,27 Kb.
bet41/49
Sana21.05.2024
Hajmi153,27 Kb.
#247736
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   49
Bog'liq
O’zbek milliy taomlaridan suyuq ovqatlar tayyorlash texnologiyas-www.hozir.org

Darsning borishi
Tashkiliy qism: Salomlashish, navbatchi tayinlash, davomatni olish
O’tgan mavzuni so’rash:
Yangi mavzu bayoni:
Reja:1Jihozlar va ulardan foydalanish haqida umumiy ma’lumot.
2.Zamonaviy oshxona jihozlari.

Jihozlar va ulardan foydalanish haqida umumiy tushuncha.
Pazandachilikda uy sharoitida ishlatiladigan texnologik jarayonlarni bajaruvchi jihozlar quyidagi jihozlar quyidagi turlarga bo’linadi:
1.Taom va pazandachilik mahsulotlarni pishirishda va isitishda ishlatiladigan jihozlar:gaz yoki elektr plita va duxovkalari ,elektr tovalar,elektr suv qaynatgich,mikroto’lqinli pech,toster,tuxum qaynatgich va boshqalar.
2.Oziq-ovqat mahsulotlariga mexanik ishlov beradigan jihozlar:go’sht qiymalagich,sabzavot tozalagich va to’g’rash moslamasi,sharbat siqgich va boshqalar.
3.Oziq-ovqat mahsulotlariga nomexanik ishlov beradigan jihozlar:idish-tovoqlarni saqlaydigan shkaflar,stellar,taxtakachlar,pichoqlar,bolg’achalar,idish-tovoqlar va oshxona anjomlari.
4.Dasturxon tuzash uchun zarur bo’lgan jihozlar,asbob-anjomlar:stol-stullar,oshxona servislari va asbob-anjomlari,dasturxon va sochiqlar.
Oshxonada ishlatiladigan jihozlar,asbob va idish-tovoqlar harorat o’zgarishiga,yuvuvchi moddalarga,dezinfeksiya vositalarga chidamli bo’lishi,sirti silliq,tiniq bo’lishi lozim.Oshxonada ishlatiladigan nomexanik jihozlarga stollar,idish-tovoqlar,mahsulotlar yuvadigan vannalar va boshqalar kiradi.Stollar usti suv o’tkazmaydigan materiallar bilan qoplanadi.
Idishlarni issiq suvga biroz iste’mol sodasi,yuvish vositalari solib,tegishli moslamalar yordamida yuviladi.
Taomlarni tayyorlashda turli o’lchamdagi qozonlar va tovalardan,kastrulka hamda sirlangan tog’orachalardan foydalaniladi.Mahsulotlargaa ishlov berish uchun esa o’ziga xos bo’lgan maxsus moslamalardan,asboblardan foydalaniladi.Bunday moslamalarga,taxtakachlar,taxta o’qlovlar,juva,g’alvir,elak,ko’pirtirgich,turli xil kattalikdagi tog’orachalar,shakldor keskich,shirinlik qoliplari kirib,hozirgi davrda bunday moslamalarning zamonaviy turlari ham ishlatilmoqda:turli idish-tovoqlar,qosqonlar,kastrulkalar,chovgum,salatidishlari,suv,qaynatgich,mikravolnovka,zamonaviy choynak,turli o’lchamdagi pichoqlar,sharbat tayyorlagich va hokazolar keltirilgan bo’lib,bularning barchasidan mashg’ulotlarda foydalanilsa, mashg’ulotlar qiziqarli olib boriladi hamda yoshlarni asbob-uskunalar bo’yicha yangiliklar bilan tanishtirib,ulardan foydalanish bo’yicha malakalarni oshiradi.
Taxta bilan ishlashda alohida e’tibor kerak.Xom go’sht kesadigan taxtalar,pichoqlar alohida ajratilib belgilab qo’yiladi,ya’ni “XG”(xom go’sht uchun).Pishgan go’sh, kolbasa,pishloq,non va hokazolarni kesish uchun ham alohida belgilangan taxta va pichoqlar ishlatiladi,ya’ni “XZ”(xom sabzavot)”PG”(pishgan go’sht),” PG”(pishgan sabzavot),”N”(non) va boshqa harflar bilan belgilanadi.



Download 153,27 Kb.
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   49




Download 153,27 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti Mehnat ta’limi kafedrasi Amrullayeva Mohinur Fayzullayevna

Download 153,27 Kb.