• Karam sho’rva
  • Mavzu: Nonushta, peshin, kechki ovqatlanish uchun dasturxon tuzish. Darsning ta’limiy maqsadi
  • Dars shakli
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti Mehnat ta’limi kafedrasi Amrullayeva Mohinur Fayzullayevna




    Download 153,27 Kb.
    bet39/49
    Sana21.05.2024
    Hajmi153,27 Kb.
    #247736
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   49
    Bog'liq
    O’zbek milliy taomlaridan suyuq ovqatlar tayyorlash texnologiyas-www.hozir.org

    Mastava-suyuq taom. Ilgari mastava suzma, qatiqdan olingan zardobga guruchni qaynatib tayyorlangan. Hozirgi davrda esa uni yog’,sabzi, piyoz, pomidor, bulg’or garmdorisi, guruch va boshqa masalliqlardan tayyorlanadi. Qo’y go’shti va yog’ini kubcha shaklda to’g’raysiz. Yog’ini eritib, suzib olasizda, go’shtini solib yaxshilab qovurasiz. Keyin piyoz va pomidor solasiz, masallik qizil tusga kirgandan so’ng kubcha qilib to’g’ralgan sabzi va kartoshkani solib, yana 5-6 minut qovuriladi, so’ngra suv quyilib 20 minut qaynatiladi. Sho’rvasi pishgach, tuz ziravorlar va tayyorlangan guruchni solib qaynatasiz. Mastava kosalarda ustiga kashnich, ko’k piyoz sepib tortiladi.

    Karam sho’rva. Go’shtni tozalab, bo’laklarga bo’lasiz. Yog’ dog’ bo’lgandan keyin go’shtni solib qizartirib qovurasiz. So’ngra piyoz va pomidor solib qovuriladi. Keyin sho’rvaga somoncha shaklda to’g’ralgan sabzi va parrak - parrak qilib to’g’ralgan kartoshkani tashlaysiz. Shundan keyin suv quyib, qalampir, tuz, lavr yaprog’i, mayda qilib to’g’ralgan karam solib qaynatasiz. Tayyor taomni kosalarga suzib betiga murch, osh ko’klardan sepib dasturxonga tortasiz.

    Mavzu: Nonushta, peshin, kechki ovqatlanish uchun dasturxon tuzish.

    Darsning ta’limiy maqsadi: O’quvchilarga dasturxonni nonushtaga, peshinga, kechki ovqatga tayyorlashni o’rgatish va tushuncha berish.

    Darsning tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarga dasturxon tayyorlashda sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilishni o’rgatish.

    Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: Dasturxonni bezatishda kerak bo’ladigan anjomlar haqida tushuncha berish.

    Dars shakli: amaliy.

    Dars jihozi: Dasturxonni bezatishda kerak bo’ladigan anjomlar, plakatlar.

    Darsning borishi.

    Tashkiliy qism:

    Davomatni tekshirish, navbatchi tayinlash, ishni boshlashdan avval mehnat xavfsizligi va sanitariya - y qoidalariga muvofiq ish o’rnini tayyorlash, maxsus kiyimlarni kiyib olish.

    Asosiy qism

    REJA:

    1. Dasturxon bezashda amal qilinadigan qoidalar.

    2. Dasturxon bezatishng tarixi.


    Yakuniy qism.

    Eng to’g’ri dasturxon bezatgan o’quvchilarni baholash darsni mustahkamlash uchun savol — javob qilish. Uyga vazifa berilib, uni bajarish tartibi tushuntiriladi. Ish bajarilgan joylarning tartibga keltirishni kuzatish.
    Nazorat savollari

    1. Dasturxon bezatishda qoshiq, sanchki, pichoq qaysi tarafda


      turishi lozim.
    2. Tushlikka qanaqa dasturxon bezash kerak?


    3. Kechki ovqatning kaloriyasini aniqlang.





    Download 153,27 Kb.
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   49




    Download 153,27 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti Mehnat ta’limi kafedrasi Amrullayeva Mohinur Fayzullayevna

    Download 153,27 Kb.