• 2.4. PISHIRISHGA TAYYOR MAHSULOT VA KONSENTRATDAN TAYYORLANGAN SUYUQ TAOMLAR
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti Mehnat ta’limi kafedrasi Amrullayeva Mohinur Fayzullayevna




    Download 153,27 Kb.
    bet36/49
    Sana21.05.2024
    Hajmi153,27 Kb.
    #247736
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   49
    Bog'liq
    O’zbek milliy taomlaridan suyuq ovqatlar tayyorlash texnologiyas-www.hozir.org

    Qaynatma sho'rva gumma bilan. Xamirturush solib oshirilgan yoki qatlama xamirdan go'sht yoki karam qiymali gumma tayyorlanadi. Tarqatishda qaynatma sho'rva kosaga suziladi, alohida kichik likobchada gumma beriladi.

    Chuchvarali tiniq qaynatma sho'rva. Mol va qo'y go'shti bo'laklarga bo'linib, go'sht qiymalagichdan 2—3 marta o'tkaziladi, mayda to'g'ralgan piyoz, suv, tuz, murch va biroz shakar qo'shib aralashtiriladi. Elangan un, xom tuxum, tuzli suv yordamida oddiy xamir qorilib, tindiriladi, qalinligi 1,5—2,0 mm qilib yoyiladi.
    Xamir chetidan 3—4 sm qoldirib, og'irligi 7—8 gramm hisobida, oralig'i 3—4 sm qilib qiyma qo'yib chiqiladi. Qiyma atrofiga lezon yoki tuxum surtiladi. Yoyilgan xamir chetlari ko'tarilib qiymalar usti berkitiladi. Qiyma atrofi bosilib, xamiri yopishtiriladi va maxsus chuchvara kesuvchi uskuna yordamida yarim oy shaklida kesib olinadi. Ularning vazn oralig'i 12—13 gramm hisobida bo'ladi. Un sepilgan lotoklarga terilib, saqlash yoki muzlatish uchun sovutkichga qo'yiladi.
    Qaynab turgan tuzli suvga chuchvara solinib, bir aralashtiriladi va qaynatib pishiriladi. Suv yuziga suzib chiqqan chuchvara pishgan hisoblanib, ular chovlida suzib olinadi. Tarqatishda chuqur likopchaga yoki kosaga chuchvara, ustidan qaymoq, tiniq qaynatma sho'rvasi suzib beriladi.
    2.4. PISHIRISHGA TAYYOR MAHSULOT VA KONSENTRATDAN TAYYORLANGAN SUYUQ TAOMLAR
    Bu turdagi suyuq oshlarni tayyorlash uchun tayyor konsentrat, sabzavot konservalari, sovutilgan va muzlatilgan pishirishga tayyor mahsulotlar ishlatiladi. Konsentrat va pishirishga tayyor mahsulotdan tayyorlangan suyuq oshlarning sifat darajasi yangi mahsulotdan tayyorlanganiga o'xshash bo'lishi kerak.
    Pishirishga tayyor mahsulotdan tayyorlangan borshch. Qaynab turgan qaynatma yoki suvga karam solinib, qaynash darajasiga yetkaziladi. So'ng kartoshka solib, taom tayyor bo'lishidan 10—12 minut avval borsh dorivorisi solinadi. Tuz, ziravor taom tayyor bo'lishidan oldin solinadi.
    Tarqatishda chuqur likobchaga borsh, ustiga qaymoq va ko'kat solib beriladi. Borsh dorivorisidan kartoshka va karam, loviya, har xil go'sht mahsuloti qo'shib turli borshlarni tayyorlash mumkin.
    Pishirishga tayyor mahsulotdan tayyorlangan shi. Dimlab pishirilgan sho'r karam sovitilgach, qaynab turgan qaynatma yoki suvga solinib, qaynatilib, past olovda 10—15 minut davomida pishiriladi. Agar tez muzlatilgan dimlangan sho'r karam bo'lsa, uni chuqur tovaga solib, ustidan 5—10 sm ko'madigan qilib qaynatma quyiladi. Isitib muzidan tushiriladi va shi tayyorlash uchun ishlatiladi.
    Tarqatishda likobchaga shi suzilib, ustidan qaymoq, ko'kat solib beriladi.
    Konsentratdan tayyorlangan no'xatli suyuq osh. No'xatli suyuq osh uchun mo'ljallangan konsentrat idishidan bo'shatilib, qo'lda uvalab idishga solinadi, ustidan oz-ozdan iliq qaynatma quyilib, yaxshilab aralashtiriladi. So'ng qolgan qaynatma solinib, qaynash darajasiga yetkaziladi, past olovda qaynatilib, iste'molga tayyor holga keltiriladi. Tarqatishda likobchaga suzilib ustidan sariyog' yoki margarin, ko'kat solib, alohida idishda qotirilgan bug'doy noni beriladi.
    Konservalangan dukkakli mahsulotli kartoshka suyuq oshi. Konservali banka yuvilib, artilib, qopqog'i ochiladi. Qaynab turgan qaynatma yoki suvga kubik shaklida to'g'ralgan kartoshka solinib, yarim tayyor holga kelguncha qaynatiladi, jazlangan sabzavot, banka ichidagi konserva solinib, tuz, ziravor qo'shib, iste'molga tayyor holga kelguncha pishiriladi.



    Download 153,27 Kb.
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   49




    Download 153,27 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti Mehnat ta’limi kafedrasi Amrullayeva Mohinur Fayzullayevna

    Download 153,27 Kb.