• Yormali va dukkak mahsulotli puresimon suyuq taomlari
  • Har xil sabzavotli aralashma pyure suyuq oshi




    Download 153,27 Kb.
    bet32/49
    Sana21.05.2024
    Hajmi153,27 Kb.
    #247736
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   49
    Bog'liq
    O’zbek milliy taomlaridan suyuq ovqatlar tayyorlash texnologiyas-www.hozir.org

    Har xil sabzavotli aralashma pyure suyuq oshi. Bosh piyoz somoncha shaklida to'g'ralib, sariyog'da yuzaki jazlanadi. Sabzi, sholg'om to'g'raladi. Sholg'omdagi taxir mazani yo'qotish uchun uni suvda bir qaynatib olinadi. Oq o'zakli karam to'g'ralib, qaynoq suvga botirib olinadi. Kartoshka bo'laklarga bo'linib, yumshoq holga kelguncha alohida qaynatiladi. Sabzi, sholg'omni oz suvda qaynatib yarim tayyor holga keltirilib sariyog', karam, jazlangan piyoz qo'shib, yumshoq holga kelguncha yana qaynatiladi. Tayyor bo'lishidan avval ko'k no'xat va kartoshka qo'shiladi. Pishirib tayyorlangan sabzavotlar o'z suyuqligi bilan eziladi va oq sardak, qaynatma qo'shilgan holda mazasiga qarab tuz qo'shib qaynatiladi. Iste'molga tayyor taomga lezon, sariyog' qo'shib aralashtiriladi.
    Tarqatishda chuqur likobchaga ko'k no'xat va mayda kubik shaklida kesib yumshoq pishirilgan sabzavotlar (sabzi, sholg'om) solinib, sabzavotli pyure suyuq oshi suziladi va alohida likobchada qotirilgan non tortiladi.
    Karam 100 g, kartoshka 120 g, sholg'om 20 g, sabzi 75 g, boshpiyoz 48 g, kokservalangan ko'k no'xat 31 g, bug'doy uni 20 g, sariyog' 20 g, sut 150 g, tuxum 1/4 dona, qaynatma yoki suv 750 g.
    Yormali va dukkak mahsulotli puresimon suyuq taomlari
    Bu suyuq oshlar guruch, arpa, suli, «poltava»cha bug'doy yormalaridan, no'xat, loviya, yasmiq kabi dukkakli mahsulotlardan tayyorlanadi. Yorma yoki dukkaklilar ezilarli darajada pishirilishi va o'z pishirilgan suvi bilan birga ezilishi kerak. Ezilgan mahsulotning bir xil cho'ziluvchan holati ko'p miqdordagi kraxmal hisobiga amalga oshadi. Bu holat o'z quyuq-suyuqligini mustahkam saqlash xususiyatiga ega bo'lganligi sababli, oq sardakni qo'shish zaruriyatini tug'dirmasligi ham mumkin. Yormalarni ezilarli darajagacha pishirish ko'p vaqtni talab qilishi bilan birga, ularni ezishda hammasi bir xil ezilmay, ma'lum darajada ezilmaganlari ham qolishi mumkin. Pishirish jarayonini kuchaytirish uchun yormalarni biroz quritib, yanchilib, un holiga keltirib, o'z vazniga nisbatan ikki barobar ko'p suv yoki qaynatmada bir xil aralashtirib, qaynab turgan suv yoki qaynatmaga quyilib, to'xtovsiz aralashtirilgan holda qaynash darajasiga yetkaziladi va 20—25 minut qaynatib, tuz lezon qo'shib tayyor holga keltiriladi. Dukkak mahsulotli pyure suyuq oshlariga lezon qo'shilmay tayyorlanadi.
    Tarqatishda ozgina ezilmagan yorma qo'shilsa ham bo'ladi.

    Download 153,27 Kb.
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   49




    Download 153,27 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Har xil sabzavotli aralashma pyure suyuq oshi

    Download 153,27 Kb.