• Uslubiy tavsiyanoma.
  • Mazmunnoma Dasturxonni bezatish




    Download 153,27 Kb.
    bet40/49
    Sana21.05.2024
    Hajmi153,27 Kb.
    #247736
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   49
    Bog'liq
    O’zbek milliy taomlaridan suyuq ovqatlar tayyorlash texnologiyas-www.hozir.org

    Mazmunnoma

    Dasturxonni bezatish ham katta san’atdir. Buning uchun ma’lum qoidalarga rioya qilinishi bilan birga kishi uquvli bo’lishi shart. Yaxshi bezatilgan dasturxon nonushtani, peshin va kechki ovqatlarni ko’ngildagidek o’tishga yordam beradi. Dasturxon chiroyli chiqishi uchun tayyorlangan taomlarning xilma-xilligiga, miqdoriga, idish tovoqlarga va ularni joylashtirishga bog’liq.

    Rasm 1. Qoshiq, pichoq, sanchqining dasturxonga joylashtirish tartibi.

    Har bir odamga mo’ljallab bittadan likop, uning chap tomoniga sanchqi o’ng tomoniga esa qoshiq bilan pichoq qo’yiladi. Tushlik dasturxonini bezatishda rasmdagidek oshxona servis va asboblaridan foydalaniladi. Stolda toza yuvilgan, yaxshi dazmollangan dasturxon yoziladi va non, tuz, muruch qo’yiladi.

    Agar tushlik ovqatda salat, suyuq, quyuq va shirali taomlar bo’lsa, har bir xo’randaga mayda, katta likobchalar va sanchqi, qoshiqlar qo’yiladi. Salat va mevalar alohida likobchalarda dasturxonga qo’yiladi. Dasturxonni bezashda likobchaning o’ng tomoniga qoshiq va pichoq, chap tomoniga vilka qo’yiladi. Dasturxondagi umumiy salat va vinegretlar uchun alohida qoshiqlar bo’lishi kerak. Hamma o’ziga kerakligicha oldidagi alohida likobchaga solib iste’mol qiladi. Agar dasturxonga pishloq kolbasa, yaxna go’sht mahsulotlari qo’yilgan bo’lsa, albatta o’zi foydalanayotgan sanchqi bilan oladi va iste’mol qiladi.

    Dasturxonni yig’ishtirishda maxsus likobchadan foydalaniladi. Ovqatlanish paytida dasturxonda ortiqcha idishlar va asboblar bo’lmasligi uchun taomlarning tartibiga karab yig’ishtirib turiladi. Masalan, ovqatlanishdan oldin salat qo’yiladi, so’ng suyuq ovqat kosalarda xar bir kishining yoshiga qarab tortiladi. Ketidan kuyuq ovqat tortiladi. Ovqatlanib bo’lingandan keyin dasturxonning usti yig’ishtiriladi. Ortiqcha narsalar olib qo’yiladi.

    Uslubiy tavsiyanoma.
    Uzoq tariximizdan ma’lumki o’zbek millati dasturxon bezatishni bir katta san’at sifatida qarab kelmoqda ishtahani ochuvchi, oshqozondan shirani ajratuvchi asosiy muhit ekanligi bilan o’rgatiladi. Suyuq taomlar o’tkir ta’mi, xushbo’y hidi, mazasi, tashqi ko’rinishi orqali ishtahani ochishga, kayfiyatni ko’tarishga yordam beradi. Shuning uchun Suyuq taomlar tayyorlashda ularni ta’mini, mazasini maromiga etkazib tayyorlashda zo’r mahorat kerakligini o’quvchilarga tushuntirish kerak. Suyuq taomlar asosi bo’lgan sho’rvalar tayyorlashda qaynatish rejimi vaqtlariga e’tibor berish, qattiq qaynab ketmasligi, rangini tiniq bo’lishi, xushbo’y hid va ta’m beruvchi mahsulotlarni qaynatish oxirida solinishi o’rgatiladi.Sho’rvalarni tiniqlashtirish usuli, mahsulotlarning pishish vaqtiga ko’ra ketma-ketlikda solinishi, sabzavotlarni tabiiy rangni saqlab qolish usullarini, shuningdek, taom tayyorlashda sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy amal qilinishini o’rgatishga katta ahamiyat beriladi. O’zbek milliy taomlarini tayyorlashni o’ziga xos xususiyatlarini, ularni to’yimliligini, ulardan so’ng ikkinchi ovqatni iste’mol qilish shart emasligini, taomlarni dasturxonga tortish tartibini, suyuq taomlar uchun dasturxon tuzash qoidalari o’rgatiladi. Suyuq taom tayyorlashda solinadigan sabzavotlarni to’g’rash shakllari asosiy mahsulot shakli va o’lchamiga mos kelishi, ularni bir vaqtda pishib etishiga qarab ketma-ketlikda solinishi tushuntiriladi. Suyuq taomlar bo’yicha amaliy mashg’ulotda o’rgatish uchun taomlar pishish vaqti Dars vaqtiga mos keladigan qilib tanlanadi. Suyuq taomlarni o’rgatishda quyidagi ko’rgazmalar, tarqatma materiallar tayyorlanadi.
    Plakatlar: "Suyuq taom turlari", "Suyuq taom tayyorlashning umumiy jarayoni", "Suyuq taomlar uchun dasturxon bezash". Albomlar: "Milliy Suyuq taomlar", "Sutli va yaxna sho’rvalar" "Xushxo’r sho’rvalar" Amaliy mashg’ulot o’tkaziladigan har bir taom uchun taom tayyorlash jarayoni ketma-ketligi, mahsulotlar me’yori kartasi, sifatini aniqlash va baholash jadvali tayyorlanadi. O’quvchilar bilimini aniqlash uchun savollar, kartochkalar, testlar tuziladi.
    Dars reja
    Sana:
    Sinf: 6-sinf

    Fan: Mehnat ta’limi


    Mavzu:Pazandachilikda ishlatiladigan texnologik jihozlar va ulardan foydalanish.
    Darsning maqsadi:
    Ta‘limiy maqsadi:O’quvchilarga pazandachilikda ishlatiladigan texnologik jihozlar ya’ni plita,muzlatgich,idish-tovoq,yuvish moslamalari va oshxona stollari haqida tushuncha berish.
    Tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarga oshxonaga ishlaganda texnologik jihozlardan foydalanish va ularning texnik xavfsizlik qoidalari va bilimlarini shakllantirishdan iborat.
    Rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarga pazandachilikda ishlatiladigan texnologik jihozlar va ulardan foydalanish haqida umumiy ma’lumot.
    Dars shakli: nazariy amaliy.
    Dars metodi: ko’rgazmali, og’zaki.
    Darsning jihozlari:albomlar,rasmlar,uy ro’zg’or ensiklopediyasi.
    Foydalanilgan adabiyotlar: 5-sinf mehnat ta’limi ,I.I.Rahmatov,L.D.Normurodova Mehnat ta’limi.



    Download 153,27 Kb.
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   49




    Download 153,27 Kb.